Kasb tanlashga doir reja tuzish



Download 29,76 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi29,76 Kb.
#352067
Bog'liq
1 маьруза


Kasb tanlashga doir reja tuzish.

Reja:



1.Kasbga doir reja, va uni tuzishga qo‘yiladigan talablar.

2. O‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasi va uni tuzish yo‘llari.

Har bir o‘quvchi-yosh o‘z mehnat faoliyatini yaqin kelajakda va uzoq istiqbolda qanday tasavvur etishi va shu orqali o‘z shaxsiy kasbga doir reja tuzib chiqishi kerak va shu reja asosida o‘zining kasbiy kelajagini belgilashi mumkin. Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin uning mazmuni ham, tuzilish yo‘li ham o‘quvchilarning aqlidrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa ko‘p narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarning kasbga doir rejalarida mana shu aytilgan va boshqa ko‘plab omillar to‘liq xisobga olinishi shart. Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad kasbga doir rejaning negizini quyidagilar tashkil etishi kerak, ya’ni unda nima ish bilan shug‘ullanish, kim bo‘lib etishish, umumxalq ishiga qanday hissa qo‘shish, bu ishda kimlarga tenglashish va shu kabilar. Shu bilan birga mazkur maqsadga erishish uchun reja tuzishda har bir o‘quvchi-yosh o‘z imkoniyatlariga: intilishlari, qizikishlari, mayllari va qobiliyatlariga, salomatligiga, shaxsiy va psixologikirodaviy sifatlariga real-to‘g‘ri baho berishi zarur.

Shaxsiy kasbga doir rejalar puxta va har tomonlama o‘ylangan bo‘lishi kerak, ularni tuzish vaqtida har bir o‘quvchi mustaqillik ko‘rsatishi va unga mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Tuzilgan kasbga doir rejaga vaqt-vaqti bilan murojaat qilib o‘z tanlash faoliyati qay darajada amalga oshayotganligini kuzatib tahlil qilib turish kerak bo‘ladi. Qiziqishlar chuqurlashib, kasb to‘g‘risidagi bilimlar ortib, amaliy faoliyat sohasida muayyan tajriba to‘planishiga qarab reja ham o‘zgarib borishi, u ancha real rejaga aylantirilishi mumkin. Kasb tanlash inson, jumladan o‘quvchi -yoshlar xayotida eng qiyin va mas’ulyatli qadam xisoblanadi. Insonning o‘z kelajagini, kelgusi kasbini tanlashi tasodifiy bo‘lmasligi kerak. Bu borada doimo mutaxassislar maslahatlaridan foydalanish kerak. Kasbni xar tomonlama puxta o‘ylab, o‘z qobilyatlari va xaqiqiy imkoniyatlarini to‘liq xisobga olgan xolda, ichki ishonch bilan, chin ko‘ngildan hohlab barcha ko‘rsatgichlardagi “xa” va “yo‘q” tomonlarni xisob qitob qilgan xolda tanlash kerak.

Buning uchun o‘quvchilar o‘z-o‘zini chuqur o‘rganishi zarur. O‘quvchilar o‘z-o‘zini chuqur o‘rganishiga quyidagi talablar qo‘yiladi: - o‘z qiziqishlqrini to‘liq (nima imidj sifatida qiziqish va nima kelgusidagi kasb sifatida qiziqish ekanligini), intilish va o‘z xarakteridagi o‘ziga xos tomonlarini, jismoniy imkoniyatlarini taxlil qilishi va aniqlashi; - o‘zining kuchli va zaif tomonlarini, asosiy va ikkinchi darajali sifatlarini taxlil qilishi va aniqlashi; - o‘z qiziqish va qobilyatlariga mos keluvchi kasblarni aniqlash va ular to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lish maqsadida jurnal maqolalari va adabiyotlarni mutaola qilish; - tahminiy (dastlabki) tanlangan kasb va unga turdosh bo‘lgan kasblarni belgilash;

- tanlangan kasb egalari bilan yaqindan suxbatlashish, bu; - bu kasbda qachon va qaerda o‘z kuch va imkoniyatlarini amaliyotda sinab ko‘rishligini o‘ylash; - tanlagan kasbni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasasi bilan tanishish; - o‘z shaxsiy sifat va imkoniyatlarini o‘zi tanlagan kasbi talablari bilan solishtirib ko‘rish; - uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldida chekinmaslikka qaror qilish, ko‘zlangan maqsadga erishishda qarorida qatiy turish.

Shundan kelib chiqqan xolda o‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasini tuzishda quyidagilarni xisobga olish zarur. 1. Asosiy maqsad (kelajakda kim bo‘lishi, qanday bo‘lishi, nimalarga erishishi, xayot va faoliyati mazmuni na’munasi nima bo‘lishini bilishi). 2. Faoliyatning yaqin kelajakdagi tarkibiy qismlari (zanjiri) va birmuncha alohida aniq maqsadlar(nimaga va qaerda o‘qishni davom ettirishi, malaka oshirish istiqbollari). 3. Yaqin maqsadlarga erishish yo‘li va vositalari (insonlar bilan suhbat, muloqat, o‘z kuchini sinab ko‘rish, mustaqil ta’lim olish, tayyorlov kurslari, ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish). 4. Maqsadga erishishning tashqi shartlari (qiyinchiliqlar, mavjud qarshiliqlar, u yoki bu shaxslarning qrshiliq ko‘rsatishlari). 5. Ichki shartlar(o‘z imkoniyatlari: sog‘ligi, kasb-faoliyatni nazariy yoki amaliy o‘rganish qobilyatlari, o‘z fikrida qatiy turishi, sabr-toqati, shaxsiy fazilatlari, tanlagan kasbi bo‘yicha ishlay olishi). 6. Tanlagan asosiy variant (kasbi)da faoliyat yuritishida salbiy, nomuofiqliq, to‘g‘ri kelmaslik xolatlari yuzaga kelganda maqsadning altirnativ variantlari va unga erishish yo‘llari.

O’qituvchining metodologik faoliyati. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, o’qituvchini xarakterlashda asosiy narsa bu uning faoliyat sohasidagi malakasi. Bu mutaxassisning vujudga keladigan kasbiy muammolarni hal qilish shartlari va texnologiyalari, shuningdek, o’z bilimlarini amalda qo’llash qobiliyati to’g'risida bilishini anglatadi. Kasb-hunar ta’limi o’qituvchisi faoliyati bo’yicha vakolatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: maqsadlarni aniq belgilash; ta’lim, o’qitish va rivojlantirish vazifalarini ularning dialektik o’zaro bog’liqligi va birligida hal qilish; o’quvchilar diqqatini o’rganilayotgan ma’lumotlarga jalb qilish; o’quvchilarning yoshini, individual xususiyatlarini va ularning intellektual rivojlanish darajasini hisobga olgan holda, o’quv jarayonida individual va tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash; pedagogik muammolarni insonparvarlik asosida hal etish; o’quv jarayonida nazariya va amaliyotning uyg’unligi; pedagogik faoliyatda fan va amaliyoti yangiliklaridan malakali foydalanish; nutq madanyatini egallash; o’quv natijalarini tanqidiy baholash; zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ta’limni axborotlashtirish vositalaridan maqsadli foydalanish.

Shaxsiy kasbga doir reja quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: - rejaning aniy va tushunarli bo‘lishi (agar shaxs-o‘quvchi yakkayu-yagona kasb va unga mos keluvchi ta’lim muassasasini tanlasa); - rejaning to‘liq bo‘lishi (kasb tanlashning barcha omillari: qiziqish, intilish, hohish, qobilyat, sog‘lik, ta’lim darajasi va boshqalar to‘liq xisobga olingan xolda); - rejaning turg‘un bo‘lishi (kasbni to‘g‘ri tanlanishi va rejaning amalga oshirilishi ishonchliligi bo‘lgan xolatida) - rejaning xaqiqiyligi (reja va uni amalga oshirishning xaqiqiy ijtimoiy va psixologik ikoniyatlarga asoslangan xolatda); - mantiqiy asoslanilganligi va ichki o‘zaro kelishganlik (insonning intilish, hohish va qobilyatlarining kasbning insonla qo‘yadigan talablarining mos kelish xolatlarida); - rejaning axloqiy o‘zini oqlashi (agar kasbni tanlash mativlari faoliyat mazmuniga bog‘liq bo‘lsa); - rejaning mehnat bazori ehtiyojlariga mos kelishi.

Shaxsiy kasbga doir reja tuzishda quyidagilar zarur: - faoliyatntng qaysi turi qiziqarli bo‘lishini aniqlash, “Odam -tabiat”, “Odam-texnika”, “Odam-odam”, “Odam-belgilar tizimi”, “Odam-badiiy obraz” tipidagi kasblar bo‘yicha ishga hohish qay darajada ekanligini tahlil qila olish, qiziqtirgan kasbni tanlash formulasini tuza olish; - shaxs o‘zi yashayotgan xududdagi mehnat bazorida qaysi kasb egalariga ehtiyoj borligini aniqlashi; - olingan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilishi, kasbiy faoltyatning qaysi sohasida ishlashi mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqarish;

-qiziqtirgan kasbi vakillari bilan suxbatlashish, kasb professiogrammasi, maxsus adabiyotlardan foydalanish, otaonalar bilan maslaxatlashish, shifokordan maslaxatlar olish asosida qiziqtirgan kasbi bilan yaqindan tanishish; - o‘z shaxsiy xususiyatlarini tanlagan kasbining kasb egasiga qo‘yadigan talablariga moslashtirish; - qiziqtirgan kasb mazmuni, mehnat sharoiti, kasbning kelajak istiqbollarini bilish; - kasbni egallashning mavjud yo‘llari bilan tanishish; “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida ta’lim muasasasiga tashrif buyurish; - umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik olishning turli yo‘llari va ularning yutuq hamda kamchiliklarini tahlil qilish.

Kasb tanlashdagi xatoliklar va qiyinchiliklar. 1. Kasb tanlash qoidalarini bilmaslik: - jamoaga qo‘shilgan xolda (o‘rtoqlari, atrofidagilar tanlagan ) kasbni tanlash; - kasb egasi bo‘lgan kishiga qaratilgan munosabatni kasbning o‘ziga ko‘chirish; - o‘quv predmetining kasbga tenglashtiqilishi; - kasbda birdaniga yuqori malakani mo‘ljallash; - kasbni egallash yo‘llarini to‘g‘ri aniqlashni bilmaslik. 2. O‘z-o‘zini bilmaslik(anglamaslik): - o‘z jismoniy xususiyatlari-imkoniyatlarini bilmaslik yoki to‘g‘ri baholay olmaslik; - o‘z psixologik xususiyatlari-imkoniyatlarini bilmaslik yoki to‘g‘ri baholay olmaslik; - o‘z qobilyatlarini kasbning shaxsga qo‘yadigan talablariga moslashtirishni bilmaslik. 3. Kasblar olami (kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni) bilmaslik: - kasbning faqat tashqi yoki xususiy bir tomoniga qiziqish; - kasblar nufuzli va nufuzsiz bo‘ladi degan noto‘g‘ri qarash; - kasbning insonga qo‘yadigan talablarini to‘g‘ri bilmaslik va unga amal qilmaslik; - aniq biror bir kasbning xususiyatlari mehnat sharoitlari to‘g‘risida tasavvurlarning ma’lum darajada eskirganligi.

2. O‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasi va uni tuzish yo‘llari. Sнaxsiy kasbga doir reja tuzish uchun avvalom bor o‘quvchilar bir qancha savollarga javob topishlari maqsadga muaofiq bo‘ladi. Bu savollar asosan mutaxassislar tomonida tav’siya qilinadi. Berilgan barcha savollarga javob berilishi shart. Javoblar imkon darajasida qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Xar bir savolga ikki-uchta so‘z bilan erkin javob berilishi talab qilinadi. Sahsiy kasbga doir reja tuzish maqsadida o‘quvchilar o’zlarida javob topishlari kerak bo‘lgan savollar na’munasini keltiramiz: 1. Xozirgi davrda vijdonar-chindildan, to‘g‘ri ishlash zarur deb o‘ylaysizmi? Nima sababdan? 2. Mustahkam va chuqur kasbiy ta’lim olish zarur deb o‘ylaysizmi, yoki usiz ham yaxshi yashash mumkimi? 3. Xozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi, yanada gullab yashnashi uchun qanaqa kasblar zarur deb o‘ylaysiz?

4. Siz qaysi kasblarni eng nufuzli kasblar deb o‘ylaysiz? Nima sababdan? . Asoslab bering. 5. Siz qanday kasblarni bilasiz? Uch minut davomida nechta kasb nomlarini yoza olasiz? 6. Siz 20 -30 yildan keyin kim bo‘lishni xohlar edingiz? Sizning kasbiy orzuingiz qanday? 7. O‘z kasbiy orzuingizni amalga oshirishning 5 -6 ta bosqichini aytib, izohlab bering. 8. O‘zingiz tanlagan kasbning o‘ziga xos afsal xususiyatlarini qay darajada bilasiz? 9. O‘z tanlagan kasbingizni egallash uchun kelgusida ta’lim olish zarur bo‘ladigan ta’lim muassasasi nomini qo‘rsating.

10. Oldingizga qo‘yilgan maqsadingizga erishishingiz yo‘lida nimalar xalaqit berishi mumkin? 11. O‘z kasbiy orzungizning amalga oshishiga insonlarning qarshiliq ko‘rsatishini, halaqit beruvchi vaziyatlarni engib o‘tish uchun qanday yo‘l tutar edingiz? 12. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda sizning qaysi shaxsiy xususiyatlaringiz yordam beradi? Bu shaxsiy xususiyatlaringizning alohida foydali va zararli qirralarini ko‘rsatib bering va ularni to‘liq izoxlab ko‘rsating. 13. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda muvaffaqiyat-sizlikka erishgan taqdiringizda sizda o‘z kasbiy orzungizning altirnativ varianti mavjudmi? Ular qanday? 14. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirish uchun nimalarni qila boshladingiz?

2. Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir). 3. O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish. 4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish. 5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish. Pedagogik mahoratga erishish usullari: Pedagogik mahoratga erishish usullariga quyidagilar kiradi: 1. Malaka oshirishning turli shakllarida ta’lim olish; 2. Mustaqil ravishda o’z pedagogik bilimlarini oshirish; 3. Ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganish va ulardan foydalanish; 4. Shaxsiy pedagogik tajribani tahlil etish va umumlashtirish; 5. Metodik hay`at, sho’`ba va birlashmalar ishida ishtrok etish; 6. Ochiq darslarga kirish va ularni tahlil etish, o’zaro darslarga kirish; 7. Pedagogik o’qishlar, konferentsiyalar va seminarlar ishida ishtirok etish; 8. Pedagogik murabbiylik; 9. Metodik ishlanmalar tayyorlash va boshqalar.

9. O‘z tanlagan kasbingizni egallash uchun kelgusida ta’lim olish zarur bo‘ladigan ta’lim muassasasi nomini qo‘rsating. 10. Oldingizga qo‘yilgan maqsadingizga erishishingiz yo‘lida nimalar xalaqit berishi mumkin? 11. O‘z kasbiy orzungizning amalga oshishiga insonlarning qarshiliq ko‘rsatishini, halaqit beruvchi vaziyatlarni engib o‘tish uchun qanday yo‘l tutar edingiz? 12. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda sizning qaysi shaxsiy xususiyatlaringiz yordam beradi? Bu shaxsiy xususiyatlaringizning alohida foydali va zararli qirralarini ko‘rsatib bering va ularni to‘liq izoxlab ko‘rsating. 13. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda muvaffaqiyat-sizlikka erishgan taqdiringizda sizda o‘z kasbiy orzungizning altirnativ varianti mavjudmi? Ular qanday? 14. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirish uchun nimalarni qila boshladingiz?
Download 29,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish