1–9 sinflar toshkent 2010


Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak



Download 1,7 Mb.
bet3/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

1-sinf


Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi fani haqida umumiy ma`lumotni bilish. Qog`ozlar va kartonlar haqida umumiy ma`lumotlarni, qog`ozni buklash usullarini, “Qish” manzarasini applikasiya usulida ishlashni, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, quti, shapka, xo`tikcha, stakan, buzoqcha yasashni, turli bayramlar uchun niqoblarni yasashni, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasashni, rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlashni, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga уelimlashni, bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, meva va sabzavot urug`laridan applikasiya usulida yo`lsimon naqsh tuzishni, tikuvchilik haqida ma`lumotni, tikuvchilikda ishlatiladigan asboblarni saqlash, to`g`ri chok tikishni; loy va plastilin bilan ishlashni, plastilindan turli hayvonlar shaklini yasashni bilish; pazandachilik haqida umumiy ma`lumotni; pazandachilik asbob-uskunalari haqida ma`lumotlarni; qishloq xo`jaligi mehnati turlari, o`simliklar va gullarni parvarishlashni bilish; tabiiy materiallar haqida umumiy ma`lumotni, maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlashni, tabiiy, chiqindi materiallardan o`yinchoqlarni hamda turli maketlarni qurish-yasashni bilish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni buklash usulidan foydalanib, quticha; chiqindi materiallar uchun quti, xo`tikcha, soyabonli shapka, stakan, buzoqcha, kitob uchun xat cho`p, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini, turli bayramlar uchun niqoblar, plastilindan mevalar, tort maketini, chiqindi va tabiiy materiallardan turli o`yinchoqlar yasay olish. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikasiya usulida yo`lsimon naqsh tuza olish. Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblardan foydalanib, to`g`ri chok tika olish. Maktab er uchastkasidagi gullarni parvarishlay olish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: ish qurollardan to`g`ri foydalanish. Qish faslini applikasiya usulida ishlash. Archaga osiladigan turli o`yinchoqlarni, rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikasiya usulida yo`lsimon naqsh tuzish. “Navro`z” bayramiga tabriknoma tayyorlash. Plastilindan jo`ja yasash. Qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash.

2-sinf


Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni buklash, qirqish orqali manzarali gullar shaklini, kitobcha uchun muqova tayyorlashni, rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, o`yinchoq quyon, oq qush, baliq, qayiq, pingvin, samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlarni qirqish usullarini, applikasiya usulida naqsh tuzishni, “Bahorgi guldasta” mavzusida kompozitsiya va tabriknomalar tayyorlashni, uchiriladigan qog`oz qush, turli o`yinchoqlar, to`g`ri chokda igna uchun yostiqcha, gul tikishni bilish, plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab loy va plastilindan o`yinchoqlarni, uy jihozlaridan namunalar yasashni bilish; svetofor maketini qurish-yasashni bilish; tabiiy turli sabzavot va mevalarning urug`lardan yo`lsimon va kvadrat ichida applikasiya usulida naqsh tuzishni, mozaika usulida qo`qongul shaklini, tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar, quritilgan barglardan hayvonlar, o`yinchoqlar yasashni bilish; maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarishni bilish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikasiya usulida naqsh yasay olish. Qog`ozdan applikasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Igna uchun yostiqcha tika olish. Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasay olish. Plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, uy jihozlaridan namunalar yasay olish. Tabiiy urug`lardan applikasiya usulida naqsh tuza olish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasay olish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasay olish. Chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash ishlarini bajara olish. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish ko`nikmalarini shakllantirish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikasiya usulida naqsh tuzish. Qog`ozdan applikasiya usulida tabriknoma tayyorlash. To`g`ri chokda igna uchun yostiqcha tikish. Plastilindan uy jihozlarini yasash. Tabiiy urug`lardan applikasiya usulida naqsh tuzish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasash. Chiqindi materiallardan modellar yasash.

3-sinf


Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar yasash usulini, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulini, mozaika usulida archa bezaklarini, lola, qo`ziqorin, sichqon; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini hamda bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, bezak chok turlari, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikishni bilish. To`qish haqida ma`lumotni, to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, to`qishning oddiy usullari, texnik modellash haqida ma`lumot hamda turli harakatli o`yinchoqlar yasashni bilish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasashni, tabiiy xom-ashyolar bilan ishlashni, urug`lardan mozaika yasashni bilish; “Qush bolasi” mavzusida kompozitsiyani, “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasashni bilish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulidan foydalana olish, qog`oz va mozaika usulida archa bezaklarini yasay olish; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini va bayramlarga tabriknomalar tayyorlay olish, bezak chok turlarini tika olish; kartondan guldon, chovgum ushlagich, sodda yumshoq o`yinchoqlar tikish bosqichlarini bajara olish; to`qishning oddiy usullarini bajara olish; turli harakatli o`yinchoqlar modelini yasay olish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasay olish; “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasash ko`nikmalarini egallashi lozim.

Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalarni yasash, mozaika usulida archa bezaklarni yasash; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash. Bayramlarga tabriknomalar tayyorlash. Bezak chok turlarini tikish. To`qishning oddiy usullarini bajarish. Turli harakatli o`yinchoqlar yasash. Plastilin va loydan turli idishlar yasash. Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish