4-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash; qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq o`yinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to`qish, ipdan o`yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasash.
III. O`quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
(5-9 sinflar uchun)
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar metallarning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim, amaliy ko`nikmalarga; ro`zg`orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari hamda kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona intereri va jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xonalar, fan bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
“Servis xizmati” yo`nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Pazandachilik asoslari bo`limi: o`quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o`rni, xususiyatlari, to`yimliligi, turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo`llarini o`rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro`zg`or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg`armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash bo`limi: Turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi yo`nalishi
Qishloq xo`jaligi asoslari bo`limi: o`quvchilar qishloq xo`jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo`jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o`sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo`llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo`yiladigan agrotexnik talablar; o`g`it turlari, o`g`itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug`larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug` va ko`chat ekish usullari hamda mashinalari; g`alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o`lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko`nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari, kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xona va fanlar bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Texnologiya va dizayn yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
“Servis xizmati” yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar pazandachilik va gazlamaga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: O`zbekiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollari. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlari. Issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasi. Dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
5-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi; metalga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari; metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarning tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va freza turlari; vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, metall qalam va boshqalar; metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari; yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash; metall buyumlarni harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish turlari; metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi va dizayn elementlari; metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari; duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar; duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va randalar turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg`alar va ularning turlari; egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi hamda turlari; yog`ochga ishlov berish stanoklari; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik buyumlaridan detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar va boshqa vositalar bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish; duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash; yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish; yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |