Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: yamoq solish qoidasi asosida buyumga yamoq solish ko`nikmasini egallash.
“Servis xizmati” bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar; sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari, pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanish, sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpech, ko`pirtirgichlardan foydalanish qoidalari, turli pishiriqlar tayyorlash va dasturxonga tortish tartib-qoidalari, yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirish; o`zbek milliy (suyuq taomlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari; milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash; tushlik uchun dasturxon tuzash; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash, suyuq va quyuq taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: jun va ipak gazlamalarining xossalarni aniqlash; “Molniya” taqilmasini tikish; oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish; zar ipni o`rash, kartonga naqsh (gul) ni tushirish va qirqish, zamindo`zi va guldo`zi usulida choynak yopqich tikish, nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish; qiz bolalar sumkachasini tikish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Yamoq solish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi va sifatini, hosildorligini aniqlash usullarini, mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlarini, o`simliklarni parvarish qilish va oziqlantirish qoidalarini, o`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullarini bilish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini va ular haqida ma`lumotlarni, yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollarni, ularning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, yer tekislash traktori, kultivatorning turlarini, tuzilishini va vazifalarini bilish; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari: bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar haqida umumiy ma`lumotlarni bilish; chorvachilikka doir boshlang`ich ma`lumotlarni, chorvachilik, otlar, quyonlarni o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini, mahsulot va estetik vazifalariga ko`ra hayvonlarni parvarishlashni, quyonlar, qo`ylar va parrandalarni o`stirish texnologiyasini, hayvonlarga ozuqa tayyorlash va ularni boqishni, ozuqa turlarini, ularning xususiyatlarini va sifatini aniqlash usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini, maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlarni, xona interyeri va jihozlanish dizayniga talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi, sifati va hosildorligini aniqlay olish; o`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullarini egallay olish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollardan ish jarayonida qo`llay olish; mahalliy hududda keng tarqalgan asosiy yo`nalishlar (bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar) faoliyatining ish usullarini egallay olish; chorvachilikda (mahalliy hudud asosida) quyonlar, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayoni, parvarishlash usullarini egallay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy tuproq hosildorligini aniqlash; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini ish faoliyatida qo`llash; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari bo`yicha amaliy ishlarni bajarish; chorvachilik, otlar, quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini boshqarish; ish, mahsulot va hayvonlarni parvarishlashda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish; stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
7-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: rangli metallar va ularning qotishmalarini mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; yupqa tunukalar, simlar turlari, undan yasaladigan detallar; sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish; shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari; nonius bilan hisoblash; o`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish; frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari; charxlash usullari; tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi; metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruktsiyalash elementlari; mahsulot tayyorlashda rang va ranglar uyg`unligini his qilish; xromatik va axromatik ranglar; ranglarning inson psixologiyasiga ta`siri; rang va muhit; rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari; yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar; yog`ochni quritish va saqlash qoidalari; yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar; yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan foydalanish texnologiyasi; tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalarini, tokarlik, stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi; yog`ochga ishlov berish texnologiyasi; uy-ro`zg`or, turmushda va maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari; eskizlar asosida buyumlar tayyorlash; shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar; chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari; buyumlarning tashqi shaklini dizayn talablari asosida o`rganish va baholash; buyum shaklining xarakteristikasi; simmetriya va assimetriya; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlariga bo`yicha ish usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarini ishga tayyorlash. Mazkur yo`nalishlar bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari; sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga ishlov berish asboblari turlari haqida ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish; uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalana olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochlar va ularga ishlov berish materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarini bajarish; konusimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari; yog`och va metalga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil eta olish, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ish jarayoniga tayyorlay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana olish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: chilangarlik va tokarlikda metallarga ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish; uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall buyumlar materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarni bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallarni texnologik xaritalarini; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchilik turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish.
“Servis xizmati” bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati; baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati; go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari, go`shtdan tayyorlanadigan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, go`shtga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; baliqdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, baliqqa birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari, asbob va moslama turlari va ularda ishlash qoidalari, sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, elektrgo`sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi, xavfsizlik texnika talablari, qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, qandolatchilik jihozlaridan foydalanib, ”Chak-chak” tayyorlash; mayda to`g`ralgan go`shtdan “Gulyash”, “Bistrogin” tayyorlab, dasturxonga tortish; karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish; o`zbek milliy taomlardan palov tayyorlash texnologiyasini bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida umumiy ma`lumot, kimyoviy tolalardan tayyorlangan gazlamalar, sun`iy va sintetik gazlamalarning xossalari va ularga qo`yiladigan talablar, kiyim haqida umumiy ma`lumot, kiyimlar assortimenti va o`lchami, kiyim tikishning asosiy bosqichlari, qo`lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari, elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi, maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari, milliy liboslarda ko`ylak va uning turlari haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish va yozish, hisoblash formulasi, ko`ylak asos chizmasini chizish, ko`ylakni va bo`yin o`mizini modellashtirish hamda andoza tayyorlash, andozani gazlamaga joylashtirish va bichish, bichiq bo`laklariga ishlov berish, birinchi kiydirib ko`rish, bo`yin va yeng o`mizlariga ishlov berish, ko`ylak etagini tikish; xalq hunarmandchiligi, “Quroqchilik” haqida umumiy ma`lumot, uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollari; tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash, gazlamalarni ajratish, sifatini aniqlash va shablonlarni qirqib tayyorlash, tanlangan shakllarni shablon asosida tikish, quroqning “Yo`l-yo`l” usulidan foydalanib, ushlagich tikish; quroqning “Paxta” yoki “Parket” usulidan foydalanib, yelpig`ich tikish; “Uycha” (olma yoki qovoq guli) shaklida choynak yopg`ich tikish; tayyorlangan mahsulotga astar tikish, qaviq ishlari, tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish, dizayner-modeler kasbi to`g`risida tushuncha, bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini; kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish; parda haqida ma`lumot, parda tikish uchun gazlama va kerakli xomashyo, jihoz va moslamalar tanlash; parda modeliga qarab gazlamani hisoblash; odiy va murakkab usullarda pardalar tikish texnologiyasi, kichik hajmda parda tikishni bilish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikishni bilish.
“Servis xizmati” bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari; “Mimoza” salatini tayyorlash; go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; go`shga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida taom tayyorlash; asbob va moslama turlari hamda ularda ishlash qoidalari; sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; sabzavot va mevalarni konservalash; qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; ”Chak-chak” pishirig`ini tayyorlash; palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi; “Gulyash”, “Bistrogin” tayyorlab, dasturxonga tortish; karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini bajara olish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o`rganish; tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazishi, issiqdan saqlash xossalari, yonishi; qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar; merejka usulida tikish, tikuv mashinalarini tozalash va moylash; mashinadagi nuqsonlar, paralel zig-zak qator, mayda va yirik baxya qator tikish; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; milliy liboslardan ko`ylakni tikish; tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlay olish; quroqning “Yo`l-yo`l”, “Paxta”, “Parket” usullaridan foydalanib, buyumlar tika olish; bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish, kichik hajmda oddiy va murakkab usullarda pardalar tika olish; to`y va bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yarata olish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tika olish.
“Servis xizmati” bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari. “Mimoza” salatini tayyorlash; go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; go`shga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida taom tayyorlash; asbob va moslama turlaridan foydalanish qoidalari; sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; sabzavot va mevalarni konservalash; qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; ”Chak-chak” pishirig`ini tayyorlash; palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi; “Gulyash”, “Bistrogin” tayyorlab, dasturxonga tortish; Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; kimyoviy tolalarning xususiyatlari, tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazishi, issiqdan saqlash xossalari, yonishi, qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar; merejka usulida tikish, tikuv mashinalarini tozalash va moylash; mashinadagi nuqsonlar, paralel zig-zak qator, mayda va yirik baxya qator tikish; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; milliy liboslardan ko`ylakni tikish; tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash; bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qishloq xo`jalik ekinlarida uchraydigan kasalliklar, zararkunandalarning turlari va ularga qarshi kurashish usullarini, mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarining ro`yxatini tuzishni, ularga qarshi kurashish tadbirlarini bilish; o`g`it solish, urug`larni ekish, hosilni yig`ishtirish, tashish va tozalash mashinalarini, ekinlarni ekish usullarini va ko`chat o`tkazishni, organik va mineral o`g`itlar solish mashinalarining turlarini, o`g`itlashni, donli va moyli ekinlarni, ekinlarni ekishni, sug`orishni va parvarish qilishning ilg`or usullarini, urug`larni ekish seyalkalarining tuzilishini, organik va mineral o`g`itlarni sochuvchi moslamalar va sug`orish mashina agregatlarini, ekinlarga ishlov berish, parvarish qilishni bilish; hayvonlarni boqish va ularni parvarishlashni, quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari, parranda, baliq, ipak qurtini parvarish qilish qoidalarini, qishloq xo`jaligi hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillarni, chorva ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik usullarini, ularning iqtisodiy samaradorligini, ozuqalarni qayta ishlash texnologik jarayonlarini, jonivorlarni boqish ratsionini bilish; traktorlar, mashinalar va ish agregatlarini, traktor va mashinaning elektr ta`minotini, yoritish tizimini, traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari va yo`llarda harakatlanish qoidalarini, traktor va mashinaning boshqaruv qismlari, dvigateli, traktor va mashinalarga texnik qarovlarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj qilish va asboblarni ishga tayyorlash; elektrotexnika ishlari bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish hamda ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish usullaridan foydalana olish; organik va mineral o`g`itlar solish, mashinalarda o`g`itlashning ilg`or usullarini qo`llay olish; urug`lar, ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning ilg`or usullarini amaliyotda qo`llay olish; uy hayvonlarini (quyonlar, qo`ylar, qoramollar, asalari, parranda, baliq, ipak qurti) parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ishga tayyorlay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini, organik va mineral o`g`itlar solish, urug`lar, ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning ilg`or usullarini bajarish, uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimini sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayday ta`mirlash ishlarini bajarish.
8-cinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |