Transkripsiya(fonetik yozuv)
Og‘zaki nutqda fonemalarning turlicha o‘zgarishlarini, har xil variantlarda talaffuz etilishini aniq aks ettiradigan yozuv fonetik yozuv yoki transkripsiya (ingl. transcription – qayta yozish degani45) deyiladi. Bu yozuvda harflardan tashqari, maxsus belgilar ham ishlatiladi.
Transkripsadagi ko‘pchilik belgilar alfavitdagi harflardan farq qilmaydi, ayrim o‘rinlarda ba’zi qo‘shimcha belgilar olinadi. Lekin transkripsiyada alfavitda bo‘lmagan ba’zi belgi – harflar ham qo‘llanadi.
Transkripsiyaning asosiy qoidalari va unda ishlatiladigan belgi – harflar quyidagilardan iborat:
1. Transkripsiya qilinadigan tovush yoki nutq parchasi kvadrat qavslarga olinadi: kitob –[kitɔp], telefon – [tilifon].
2. Transkripsiyada nutqiy taktlar bir – biridan bitta vertikal chiziq bilan, jumlalar esa ikkita vertikal chiziq [ // ] bilan ajratiladi. Katta harflar ishlatilmaydi.
3. Ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u belgisi qo‘yiladi, bir bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u qo‘yilmaydi: [paxtá], [paxtakór], [gap].
4. [ɔ] belgisi o unlisini ifodalaydi: [qɔ p], [ɔ zɔ t], [ɔ bɔ t].
5. [o] harf belgisi o‘unlisini ifodalaydi: [ozarɔ], [kon], [sozlar].
6. [ь] belgisi bilan, chigit, kishi kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi hamda tik, bir, chit kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa til oldi unlisini ifodalaydi: bьlan, chьgit, kьshi, tьk, bьr, chьt.
7. [ъ] belgisi qish, g‘isht, xirmon kabi qъsh, g‘ъsht, xъrmon.
8. b, g, d, z, y, k, l, m, n, p, r, s, t, x, q, g‘, h harflari o‘z vazifasida ishlatiladi.
9. [v] belgisi vaza, vazir, zavod kabi so‘zlarda lab-tish undoshini ifodalaydi: vaza, vazi:r, zavot.
10. [w] belgisi vodiy, sovuq, saylov kabi so‘zlarda lab – lab v undoshini ifodalaydi: [wɔdi:],[ sɔwъq],[ saylɔw].
11. [ f ] belgisi fazo, fabrika, fil kabi so‘zlarda lab – tish undoshini ifodalaydi: [fazɔ], [fabrika], [fil].
12. [ f'] belgisi tufli, tuf, uf kabi so'zlarda lab-lab f undoshini ifodalaydi: [tuf’li],[tuf’], [uf’].
13. [ ĵ ] belgisi juda, jazo, jilva kabi so‘zlarda jarangli qorishiq portlovchi undoshini ifodalaydi:[ ĵuda],[ ĵazo], [ĵilva]
14. [ ņ] belgisi ng til orqa burun tovushini ifodalaydi: [oņ], [eņ],[ miņ].
15. [ç] belgisi til oldi jarangsiz qorishiq portlovchi ch undoshini ifodalaydi: [çьdam], [çaros].
16. [ş] belgisi til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi sh undoshni ifodalaydi: [şaşmaqɔm], [şaşka], [şarɔyit].
17. Unli tovushning cho'ziqligi [:] belgisini unlinking o‘ng tomoniga qo‘yilishi bilan ko‘rsatiladi [ilmi:], [me:mor], [a:lo].
18. Undosh tovushning yumshoq talaffuz qilinishi [‛] belgisini undoshning o‘ng tomoniga, teparoqqa qo‘yilishi bilan ko‘rsatiladi: [aprel‛], [iyun‛], [iyul‛].
Do'stlaringiz bilan baham: |