Ajratilgan to‘ldiruvchilar
Ajratilgan to‘ldiruvchilar shakllanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar.
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan, birga va shu kabi ko‘makchilar yordamida shakllanadi.
Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan to‘lidiruvchilar o‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas ko‘ylak juda yarashibdi. (Y.Shukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Otaqo‘ziga, qarshi qaratilgan edi. (O.Yoqubov).
Do'stlaringiz bilan baham: |