Ajratilgan izohlovchilar
Izohlovchilar ko‘pincha ajratilgan bo‘ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o‘zingiz juda aqlli, o‘zi uzoqni ko‘radigan odamsiz. (S.Soliyev). Ko‘rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o‘zbekcha cho‘kkaydi. (Oybek). Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov).
Ajratilgan hollar
Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo‘ladi:
I. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar.
II. Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan hollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |