Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
2. O‘xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
3. Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib keladi va bunday qurilma ravishdosh oboroti deb yuritiladi. Ravishdosh oboroti, odatda, ajratilgan bo‘ladi. Masalan: Odamlar, qopdan to‘kilgan yong‘oqday gurr etib, hamma vagonlardan baravariga perronga yopirilishdi. (T.Po‘lat).
Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar ish-harakatning bajarilish holatini, paytini, shartini, sababini va shu kabi ma’nolarni ifoda etadi. Masalan: Bola, olmani yeb bo‘lgach, xalacho‘pni qo‘liga oldi. (A.Muxtor).
Do'stlaringiz bilan baham: |