Bilan yordamchisi va bog‘lovchisi singari, juft–juft qo‘llangan uyushuvchilarda har bir juft o‘rtasida keladi: To‘g‘rilik bilan xiyonat, yolg‘onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg‘ubor, ammo almoyi–jalmoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S. Ahmad). Usta Qambar o‘g‘lini urmadi, so‘kmadi, lekin bir–ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov).
Zidlov bog‘lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: O‘ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko‘lni Oyko‘l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo‘lib yotganini sezmabman. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |