1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Aksiologiya-qadriyatlar falsafasi



Download 310,56 Kb.
bet26/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184
Bog'liq
falsafa

31.Aksiologiya-qadriyatlar falsafasi. Tayanch atamalar: Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyat kategoriyasining mazmuni: qadriyatning ijtimoiy mohiyati. Qadriyatlar va baholar. Baholash subyekti. Ehtiyojlar va qadriyatlar. Qadriyatlar to‘g‘risida G ‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. О‘tmishdagi barcha falsafiy ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga katta e’tibor berilib, ular ijtimpiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli,jamiyat ma’naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Faylasuflar qadriyatlar va ularning jamiyat hayoti va taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga ontologik, gnoseologik, evristikva dunyoqarashlik nuqtayi nazaridan yondashib, ijtimoiy-siyosiy,madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini o‘z davri talablari va imkoniyatlari doirasida ochib berishga uringanlar. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining moddiy va ma’naviy boyliklari rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy mahsulidir. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday hodisa o‘tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo‘lganligi sababli ham qadriyat deb ataladi. Qadriyatlarning obyektivva subyektivtomonlari mavjud.Qadriyatlar kishilarning moddiy turmush darajasi, sharoiti,imkoniyatlari asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bu — qadriyatlaming obyektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, moddiy, ma’naviy hodisa bo‘lsa ham ularning ahamiyati va mohiyati kishilarningularga nisbatan bo‘lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunehaning o‘zi ham qadr-qimmat, degan ma’noni bildiradi. Har bir ijtimoiy hodisaga kishilar o‘z dunyoqarashi,taraqqiyot va istiqbol muammolarini hisobga olib yondashadilar va baho beradilar. Qadriyatlarni belgilash turli xildagi manfaatlar bilan ham bog'liqdir. Muayyan qadriyatlarga amal qilishga, ularni baholashga shaxsiy, guruhiy, milliy, umuminsoniy manfaatlar ham bevosita ta’sir etishi shubhasizdir. Bular — qadriyatlarga baho berishning subyektiv omili hisoblanadi. Qadriyatlarga baho berishda jamiyat a’zolarining umumiy ma’naviy kamoloti, ijtimoiy, milliy ongning yetukligi ham katta ahamiyatga ega. Ma’naviy jihatdan yetuk shaxs, jamiyat, milliy, umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini to‘g‘ri baholash imkoniga egadir. Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash, kishilarning istiqbol vazifalarini to‘g‘ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog'liq. Jamiyat a’zolarida yetuk ijtimoiy milliy ong bo‘lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi — qadriyatlarning rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvehi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini oshiruvchi omildir. Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiyva та ’naviyqadriyatlarga bo'linadi. Shuning uchun madaniyat tushunchasiga yaqin, lekin bir ma’noda emas. Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go ‘zalliklari, me ’morlik, san ’atva madaniyat asarlari— barchasi moddiy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Axloq, odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e ’tiqodva boshqalar ma’naviy qadriyatlar hisoblanadi.Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog‘liqdir. 1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog'liq bo‘lgan qadriyatlar. 2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo'ladigan qadriyatlar. 3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko'nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo'ladigan qadriyatlar. 4. Odamlar o'rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjixatlilikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo'layotgan qadriyatlar. 5. Kishilaming yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo'lgan qadriyatlar


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish