1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Insоn bilishining mоhiyati. Bilishning оb’еkti vа sub’еkti



Download 310,56 Kb.
bet27/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
Bog'liq
falsafa

32.Insоn bilishining mоhiyati. Bilishning оb’еkti vа sub’еkti. Tayanch atamalar: Bilish tushunchаsi. Bilish vа bilim. Bilishning sub’еkti. Bidishning оb’еkti. Bilish jаrаyonining murаkkаbligi, ziddiyatliligi, chеksizligi. Insonning o'zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga munosabatlaridan biri — bilishdir. Falsafa paydo bo'lgan paytdan boshlab, inson bilishning tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi, uning eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat, degan savollarga javob qidirib va imkon doirasida izolilab keldi. Shu sababli,inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi. Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. ,,Skeptitsizm“ ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib, hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilinmaydigan inson bilimlarining bo'lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta’limot bo‘lgan agnostitsizmvakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan g'oyani ilgari suradilar. Xususan, nemis faylasufi I.Kant esa, insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalanli ,/iarsalar biz uchun “ va ,/iarsalar о ‘zida “ga bo'ladi. Uning qarashicha, „narsalar biz uchun“ni inson bila oladi, „narsalar o ‘zida“ni esa inson bila olmaydi. Kantning „narsalar biz uchun“i, bu — insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. „Narsalar o ‘zida“ esa: erkinlik, o ‘lmaslik, Xudo va shu kabilardir. Ulami inson hech qachon to'liq bila olmaydi. XIX asrning o ‘rtalarida yashab o £tgan faylasuflar insonning dunyoni va o £zini bilishini turlicha tushunib va tushuntirib keldilar. Ularning deyarli ko‘pchiligi „Inson bilishi n i m a degan savolga aniq javob bera olmay, inson „bilish jarayoni"ni bir tomonlama tushuntirdilar. Bilishning yalpi falsafiy nazariyalariga ko‘ra, insonning dunyoni va o ‘zini bilish imkoniyati va darajasi, awalo, ijtimoiy sharoitga, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning ehtiyojlariga, ishlab chiqarish munosabatlarining darajasiga bog‘liqdir. makondagi subyekt va obyekt boshqa vaqt va boshqa makonda subyekt va obyekt munosabatida bo‘lmasligi mumkir^ Insonning bilishi jarayonida subyekt bilishi zarur bo‘lgan obyektini bilib olgach, bu obyekt subyektning bilish doirasidan chiqariladi va u endi bilishning obyekti bo‘lmay qoladi. Insonning bilishi ana shu „subyekt—obyekt—predmet“ munosabatlari asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy-tarixiy jarayondir* Inson bilishining tabiatini ayni shu „subyekt—obyekt—predmet“lar o ‘rtasidagi munosabatlarni o'rganish asosida to‘g‘ri tushunish mumkin. Bunda doimo subyektning faolligi muhim rol o ‘ynaydi. Bilishda subyektning faolligi, uning muayyan maqsadga qaratilgan amaliy-ijtimoiy bilish faoliyatida namoyon bo'ladi.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish