1-Dars. Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet3/17
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Savol va topshiriqlar:

  1. XX asr o’zbek adabiyoti va madaniyati tarixida Behbudiy qandaybo’rin tutadi?

  2. Behbudiy ma’rifatparvarligi nimada ko’rinadi?

  3. Behbudiy Turkistondagi jadidchilik harakatiga qanday ulush qo’shdi?

  4. Behbudiyning “Padarkush” dramasining yaratilish tarixi va sahnalashtirilishi haqida nimalarni bilasiz?

  5. Dramaning asosiy g’oyasi va ahamiyati nimalardan iborat?

  6. Toshmurod obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?

  7. Asardagi ziyoli obraziorqali muallif nima demoqchi?

3-Dars. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”
Reja:
1. Avloniyning hayoti va ijtimoiy faoliyati

  1. Abdulla Avloniy merosi

3.Avloniy she’rlarida ma’rifat va milliy uyg‘onish g‘oyalari
4.Avloniy dramalari va milliy dramaturgiyaning shakllanishi
Har g’amning poyoni bordur, har alamning oxiri,
Har zimistonning bahori, har xazonning oxiri.
Avloniy (“Sadoiy Turkiston” gazetasi, 1914).
Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Saldan so’ng oila Mirobodga ko’chadi. U eski maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil oladi. Abdulla oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qiladi, qisht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug’ullanadi, “imoratchi usta “ degan nom oladi.
Avloniy she’rlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko’rina boshlaydi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri bo’lgan Avloniy 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida Jadid maktabini 1909-yilda “Jamiyat xayriya” uyishmasini tashkil qildi. 1905-1915 yillarda madbuotdagi qizg’in faoliyati, ko’plab publiksistik ma’qolalari bilan “bir yoqdan milliy islohat uchun ma’fkura hozirlag’on, ikkinchi yoqdan el orasiga o’zgarish tahmini sochg’on” ham Abdulla Avloniy bo’ladi. Avloniy o’zi nashr etgan “Shuxrat”(1907) nomli gazetasi uning faoliyatini shunday baholagan edi. U Turkistonda birinchilardan bo’lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika, fanlari kiritilishiga ta’sir ko’rsatdi. Ta’limni turmush bilan bog’lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o’rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o’tishdagi imtihonini joriy etdi. Talim tizimining duntoviy yo’nalishini kuchaytirishga alohida etibor berdi. Uning “birinchi muallim” (“muallim avval”, 1909). “ikkinchi muallim” (“muallim soni” 1912” nomli darsliklari, “Turkiy guliston yohud ahloq” (1913). “guliston maktab” (1917) , “adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909-1916. 6qism ) kabi qo’llanmalar maktablarda o’qitilgan.
ASARLARI: “Advokatlik osonmi” (1914 qahramonlari: Davronbek, Xudoyberdi, uyini garovga qo’yib, qarz hisobiga uylangan Egamberdi va boshqalar), “pinak” (1916), “biz va siz” (1917), “Partugaliya inqilobi”, “Ikki muhabbat”, “Bo’ron”, kabi pyesalari, “Tulki ila qarg’a” masali “Mardikorlar ashulasi” “vatan” (1916), “Maktab” “bog’cha”, “Yalqov shogird tilidan”, “Tog’lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilara tortuq”, “Ko’klam keldi’.
Teatr va dramaturgiya sohasida ham Avloniy jonbozlik ko’rsatgan. 1913-yilda birinchi o’zbek teatr truppasi “Turon” to’garagini tashkil etdi. U o’z atrofiga Nizomiddin Xojayev birinchi o’zbek rejissori Mannon Uyg’ur, Mirshohid va Mirahmad Miroqilov singari yoshlarni yigib , o’zbek milliy teatriga asos soldi. O’zining Behbudit, Hamza, Qodiriyning hamda ayrim OZARBAYJON dramaturglarining PYESSALARINI shu san’at fidoyilari bilan sahnaga olib chiqdi. O’zi ham kezi kelganda aktorlik ham qildi.
Abdulla Avloniy 1934 YILNING 24 AVGUSTIDA vafot etdi. Uning nomini adabiylashyirish uchun bir qator ishlar qilingan: Mirobotdagi shoir yashagan uyda muzey ochilgan; Toshkent shahrining ko’chalaridan biri Abdulla Avloniy deb ataladi.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari haqida
«Turkiy guliston yoxud axloq» 1913 yilda yozilgan bo‘lib, u axloqiy-ta’limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim o‘lmish nega bemor?» degan ritorik so‘roq qo‘ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «Axloq», «Tarbiya», «Yaxshi xulqlar», «Yomon xulqlar» deb nomlangan qismlarga bo‘linadi.
Asarda diyonat, sa’y va g‘ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyhimmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifoq, ta’ma, xasad, loqaydlik, g‘iybat, xaqorat, uyatsizlik, namimat(chaqimchilik), adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan saodatiga e’tiborsizlik va bepisandlik bilan bog‘langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan.
«Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekub, yigirma qadoq bug‘doy olurlar. Ovrupolilar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar! Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berib, sut oshiymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz!» degan fikrlar ulug‘ adib Abdulla Avloniy asr boshidayoq vatan ravnaqi, xalq saodati va millatga sodiq farzandlar tayyorlash zarurligi xususida nechog‘lik chuqur va teran mushohada yuritganini ko‘rsatib turibdi. Bu - o‘zlikni anglash, o‘z qadrimizga yetish, istiqlolni qo‘lga kiritish uchun aytilgan dadil va jasur fikrlar edi.
Abdulla Avloniy shu asarida: «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatnshng ruhini yo‘qotmakdur», - deb ham qayg‘uradi. Kezi kelganda muallif hadislarga mo‘l-mo‘l murojaat etgan, Qur’oni karimdagi ulug‘ falsafiy kalomlardan unumli foydalangan. Ayniqsa Iskandar, Suqrot, Arastu, Aflotun, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa’diy kabi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq naqllar, ixcham rivoyatlar, hikoyalar asar jozibasiga joziba qo‘shgan.
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yohud axloq” asari o’zbek pedakgo’gikasi va adabiyoti tarixida o’ziga xos o’ringa ega. 1913 yilda yozilgan bu asar jadid maktablari muallimlarining iltimosiga ko’ra yaratilgan bo’lib shakl, mazmun, qurilishga ko’ra fors adabiyoti buyuk namoyondasi SHayx Sadiyning “Gguliston” va Bo’ston” asarlariga monandir. Asarning yozilishi sababini muallifning o’zi shunday izohlaydi:
“…TURKISTON MAKTABLARIDA O’Z SHEVAMIZDA YOZILMISH MUKAMMAL AXLOQ KITOBINING YO’QLIG’I AFRODI MILLATNING SHUNDAY BIR ASARGA TASHNA VA MUHTOJ EKANLIG’I O’ZUM MUALLIMLAR JUMLASIDAN O’LDIG’IMDAN MANGA HAM OCHIQ MA’LUM O’LDI. SHUNING UCHUN KO’P VAQTLAR TAJRIBA SO’NGIDAN ADIBI MUHARAM SHAYX SA’DIY USULIDA YOZMOQNI GARCHI OG’IR BO’LSA HAM O’ZIMGA MUQADDAS BIR VAZIFA ADO QILAROQ BU KAMCHILIKNI ORADAN KO’TARMAKNI MUNOSIB KO’RDIM”
Avloniy aksariyat sharq mutafakkirlari e’tirofiga hamohang ravishda olam yaratilishidan murod inson, u borliqlarning ziynati va tojidan deb biladi. Chunki u taffakur va ko’ngil sohibi. Shunung uchun ham inson o’ziga Olloh tomonidan yuklangan ulug’ vazifalarga munosib yashashi lozim.
Shundan kelib chiqib risolani ikki: “yaxshi xulqlar” va “yomon xulqlar” qisimlarga ajratadi. “yaxshi xulqlar “ qismida 31 fazilatga , “yomon xulqlarda” esa 20 axloqiy illatga alohida boblarda ta’rif beradi. Har bir bobda yaratilayotgan tushunchani payg’ambar hadislari, Arastu, Aflatun, Muhyiddin, Arabiy, Ibn sino, Jallolodin rumiy, Sad’iy kabi allomalarning fikirlari bilan dalillaydi, ibratli so’zlar bilan bezaydi asarda Avloniyning o’zi bildirgab juda ko’;p fikirlar bugungi kunda hikmatga aylanib, xalqimizning ma’naviy olamidan joy logan. Mana ulaning ayrimlari: Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamoy, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falikat masalasidir” “ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidir”;”Din va e’tiqodi salomat bo’lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan, ayira olmas”; Islomiyat butun insoniyatdur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan ibratdur”; “Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan kun ortar”; Sabir shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g’azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu’ga, yomonlikni yaxshilikaaylantirmaka quvvati yetar”. Har bir bobdan shunday ibratli so’zlar topish mumkin. Boblarni muallif ularning manosiga mos, fikirlarni xulosalovchi she’riy parcha bilan yakunlaydi. Asarning tili soda uslubi ravon, fikirlar siqiq, lo’nda, ayni paytda go’zal ifodalarda beriladi. Hayo ta’rifida adib shunday yozadi: “Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma,naviy nurning ziyosiga muhtojdur. Shariyat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamak- g’iybat , hajv, masxara, safsata, so’kuv, kabi odamlarning nafsiga izzatiga tegadurgan adabsiz so’zlarni so’zlamak zo’r hayosizlikdur. Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir…
Hayo, nomus iymona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildur.
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildir”.
Avloniyning fikricha har bir kishi bilm olmog’I, ma’rifatni qalbiga jo qilmog’I, go’zal axloq, ma’naviy fazilatlar bilan bezanmog’I lozimki, bular oxir oqibat milliy o’zlikni tanishga, komil inson sifatlariga erishuvga olib keladi va shunday shaxslar lamol inson sifatlariga erishuvga olib keladi va shunday shaxslar kamol topgan jamiyatda vatan ravnaq topadi, xalq saodatga erishadi.
VATANNI SUYMAK
(“Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan parchalar)
Vatan. Har bir kishining tug’ulib o’sgan shahar va mamlakatni shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ilgan, o’sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi- tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohat – rohat yashamas, maishati talx bo’lub , har vaqt dilining bir go’shasida o’z vataning muhabbati turar.
Bobolarimiz: “kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l”, - demishlar.
Men ayblik emas, ey vatanim, tog’larim,
Bevaqt tashlab ketim, oto, bog’larim.
Hijron qilodur meni judolug’,
Do’ndi g’ama ro’z – u shab – u chog’larim
Rasuli akram nabiyyi muharam sollahu alayhi vasallam afandimiz: “hubb ul-vatani min al-iymani- Vatani suymak iymondandur”, demishlar.
Vatan, vatan deya joni, tanimdan o’lsa ravon,
Banga na g’am, qolur avlodima uyu vatanim.
G’ubora do’nsa, g’amim yo’q vujud zeri vahm,
Choraki o’z vatanim xokidur go’r-u kafanim.
Tug’ub o’sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok
O’lursa, aslina roje’ bo’lurmi man g’amnak.
Shundan kelib chiqib risolani ikki: “yaxshi xulqlar” va “yomon xulqlar” qisimlarga ajratadi. “yaxshi xulqlar “ qismida 31 fazilatga , “yomon xulqlarda” esa 20 axloqiy illatga alohida boblarda ta’rif beradi. Har bir bobda yaratilayotgan tushunchani payg’ambar hadislari, Arastu, Aflatun, Muhyiddin, Arabiy, Ibn sino, Jallolodin rumiy, Sad’iy kabi allomalarning fikirlari bilan dalillaydi, ibratli so’zlar bilan bezaydi asarda Avloniyning o’zi bildirgab juda ko’;p fikirlar bugungi kunda hikmatga aylanib, xalqimizning ma’naviy olamidan joy logan. Mana ulaning ayrimlari: Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamoy, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falikat masalasidir” “ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidir”;”Din va e’tiqodi salomat bo’lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan, ayira olmas”; Islomiyat butun insoniyatdur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan ibratdur”; “Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan kun ortar”; Sabir shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g’azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu’ga, yomonlikni yaxshilikaaylantirmaka quvvati yetar”. Har bir bobdan shunday ibratli so’zlar topish mumkin. Boblarni muallif ularning manosiga mos, fikirlarni xulosalovchi she’riy parcha bilan yakunlaydi. Asarning tili soda uslubi ravon, fikirlar siqiq, lo’nda, ayni paytda go’zal ifodalarda beriladi. Hayo ta’rifida adib shunday yozadi: “Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma,naviy nurning ziyosiga muhtojdur. Shariyat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamak- g’iybat , hajv, masxara, safsata, so’kuv, kabi odamlarning nafsiga izzatiga tegadurgan adabsiz so’zlarni so’zlamak zo’r hayosizlikdur. Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir…
Hayo, nomus iymona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildur.
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildir”.
Avloniyning fikricha har bir kishi bilm olmog’i, ma’rifatni qalbiga jo qilmog’i, go’zal axloq, ma’naviy fazilatlar bilan bezanmog’i lozimki, bular oxir -oqibat milliy o’zlikni tanishga, komil inson sifatlariga erishuvga olib keladi va shunday shaxslar komil inson sifatlariga erishuvga olib keladi va shunday shaxslar kamol topgan jamiyatda vatan ravnaq topadi, xalq saodatga erishadi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish