V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
CaCb ning 55,5 % li eritmasining molyar konsentratsiyasi 6 M bo‘lsa, shu eritmaning zichligini aniqlang.
25 % li (p=1,176g/ml) noma’lum modda eritmasining molyar konsentratsiyasi 3 M ga teng bo‘lsa, shu eritmada erigan noma’lum modda- (lar)ni aniqlang.
16 % li (p=1,2g/ml) noma’lum modda eritmasining molyar konsentratsiyasi 4,8 M ga teng bo‘lsa, shu eritmada erigan noma’lum moddani aniqlang.
V Yangi mavzu bayoni
Masala shartida foiz konsentratsiya ma’lum bo‘lib, normal konsentratsiyani (Cn) aniqlash kerak bo‘lsa, foiz konsentratsiyani (C%) eritma zichligiga (p) va 10 ga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan natijani erigan moddaning
ekvivalent massasiga (E) bo‘lamiz.
Cn - normal konsentratsiya;
C% - foiz konsentratsiya;
E - erigan moddaning ekvivalent massasi; p - eritmaning zichligi.
Agar masala shartida normal konsentratsiya ma’lum bo‘lib, foiz konsentratsiyani (C%) aniqlash kerak bo‘lsa, normal konsentratsiyani (Cn) erigan moddaning ekvivalent massasiga (E) ko‘paytirib, hosil bo‘lgan sonni eritma zichligini (p) 10 ga bo‘lgan ko‘paytmasiga bo‘lamiz.
Cn - normal konsentratsiya;
C% - foiz konsentratsiya;
E - erigan moddaning ekvivalent massasi; p- eritmaning zichligi.
Bu formulalar orqali foiz konsentratsiya berilganda molyar konsentratsiyani, molyar konsentratsiya berilganda foiz konsentratsiyani aniqlashimiz mumkin.
Agar masala shartida ham foiz ham normal konsentratsiya berilgan bo‘lsa, yuqoridagi formula orqali shu eritmaning zichligini aniqlashimiz mumkin. Eritma zichligini (p) aniqlash uchun normal konsentratsiyani (Cn) erigan moddaning ekvivalent massasiga (E) ko‘paytirib, hosil bo‘lgan sonni foiz konsentratsiyani (С%) 10 ga bo‘lgan ko‘paytmasiga bo‘lamiz.
Agar masala shartida noma’lum modda eritmasining foiz, normal konsentratsiyalari va eritma zichligi ma’lum bo‘lsa, erigan moddani ekvivalent massasini aniqlashimiz va ekvivalent massasi orqali erigan noma’lum moddani nomini bilib olishimiz mumkin. Erigan moddani ekvivalent massasini (E) aniqlash uchun foiz konsentratsiyani (С%) eritma zichligiga (p) va 10 ga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan natijani erigan moddaning normal konsentratsiyasiga (Cn) bo‘lamiz.
masala: 4 N li (p = 1,306 g/ml) H3PO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang.
Masalaning yechimi: Ushbu masalani normal konsentratsiyadan foiz konsentratsiyaga o‘tish formulasidan fOydalanib oson ishlashimiz mumkin Ushbu masalani foiz konsentratsiyadan normal konsentratsiyaga o‘tish formulasidan foydalanib oson ishlashimiz mumkin:Javob: 3 N
Do'stlaringiz bilan baham: |