№1 Amaliy mashg’lot mavzusi



Download 204,5 Kb.
bet12/29
Sana24.01.2023
Hajmi204,5 Kb.
#901735
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
ҲАЁТ ФАОЛИЯТИ ХАВФСИЗЛИГИ Amaliy

Mashg’lot mavzusi.


Kuyish,sovuq olish,elektrotravmalar.

Reja:
1.Kuyish haqida tushuncha, darajalari, tibbiy yordam


2. Elektrortavmalarda 1- yordam..
3.Sovuq olish belgilari, darajalari haqida umumiy tushuncha.
4. Sovuq olishda 1- yordam.

Kerakli jihozlar :Bint, spirt, brilliant yashili, paxta, jarrohik qnsqichlari, paxta tamponlari, salfetkalar tayyorlash, tarqatma materiallar.


Kuyish - termik, kimyoviy, elektrik yoki nur ekologiyasining ta'sirida vujudga keladigan shikastlanishdir. Kuyish sabablariga ko’ra: termik kuyish (quyosh nuri, ul'trabinafsha nurlari, ochiq yong’in, yonib turgan gaz, olov, issiq suyuqliklar, suyuq metall sochmalari, bug’ va boshqalardan); ximiyaviy kuyish - bular ba'zi ximiyaviy moddalar ta'sirida (kislota, ishqor, og’ir metallar tuzi, fosfor va boshqalardan kuyish); nurlanishdan kuyish ionlantiruvchi radiatsiya ta'sirida kuyish; elektr tokidan kuyish, chaqmoqdan kuyishlarga bo’linadi. Yumshoq to’qimalar qanchalik chuqur jarohatlanganiga qarab, kuyishning quyidagi darajalari farq qilinadi:


I daraja- yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi.
II daraja- teri yuqori qavatining kuyishi. Teri qizaradi va har xil kattaliklardagi pufakchalar hosil bo’ladi, ularning ichi tiniq yoki xiraroq suyuqlikka to’la bo’ladi.
III daraja - kuyish - terining butun qavatini va qisman teri osti yog’ kletkachasini egallaydi. Bunda to’qimalardagi oqsillarning ivib qolishi natijasida teri po’stloq hosil qilib nekrozlanadi (o’ladi).
IV daraja - chuqur to’qimalarning, ya'ni pay, suyak, mushaklarning kuyishi (to’qimalar nekrozi, ko’mirga aylanishi). Barcha xildagi kuyish qattiq og’riq bilan kechadi: ko’p joy qattiq kuyganda shok paydo bo’lishi mumkin. Kuyishning og’ir-engilligi havfi faqat kuyish darajasiga bog’liq bo’lmasdan, balki kuygan sathning katta-kichikligiga ham bog’liq bo’ladi.
Masalan, badan sathining 1/3 qismi (bolalarda esa hatto 1/4 - 1/8 qismi) kuyishi odam hayoti uchun havfli bo’lishi, badan sathining 1/3 – 1/2 qismidan ko’prog’ining kuyishi, odatda, o’limga sabab bo’lishi aniqlangan.
III darajada agar badanning 10% dan ko’prog’i kuysa, kuyish kasalligi boshlanadi. Bu kasallik nerv sistemasi faoliyatining buzilishi bilan xarakterlidir. Ko’p suyuqlik yo’qotish va kuchli og’riq natijasida shok boshlanadi. Tana harorati 39-40 gradus ga ko’tariladi. Kuygan soha bitishdan to’htaydi, yiringli protsess kuchayadi, umumiy ahvol og’irlashadi, ishtaha yo’qoladi, bemor qusadi, oza boshlaydi va organizmniig umumiy intoksikatsiyasi boshlanadi.
Kuyganda to’g’ri meditsina yordami ko’rsatish uchun kuygan sohani o’lchash muhim ahamiyatga ega.
1. Kaft bilan o’lchash - katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining. - 1 - 2% ni tashkil etadi. Kuygan sohaga sterillangan salfetka yopib o’lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 ga ko’paytiriladi.
2. To’qqizlar qoidasiga muvofiq o’lchash - bosh, bo’yin yuzasi badanning 9% ni, bir qo’l yuzasi 9% ni, tana 36% ni, har bir oyoq yuzasi 18% ni, oraliq va jinsiy organlar 1% ni tashkil etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin.
3. Kishi tanasining umumiy sathi 16000sm2 ga tengdir. Uni hisobga olib Postnikov (1949) kuyish sohasiga steril sellofan qo’yib, kuygan sathni aniqlash sxemasini ishlab chiqqan.
Kuyishda birinchi yordam ko’rsatish umumiy va mahalliy choralardan iborat bo’ladi.
Bu holda asosiy vazifalardan biri zararlanganni yong’indan olib chiqish, yonayotgan sohani o’chirish yoki kuyayotgan kiyimni yechib olishdir. Kiyimni tez o’chirmoq darkor, buning uchun shikastlanganni choyshabga tez o’raladi, yoki bu maqsad uchun qalin matoni ishlatsa ham bo’ladi. Kuygan joydan kiyimlar kesib olinadi, dastlabki 20 daqiqada kuygan sathlar sovuq suv bilan chayiladi, yoki botirib turiladi. Bu yordam ta'sirida og’rik kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt bilan artilishi mumkin. So’ngra kuygan sathni toza choyshab yoki uzunasiga qirqilgan, iloji bo’lsa, dazmollangan kiyim-kechak bilan o’raladi. Quruq, imkon boricha sterillangan bog’lam ishlatilgani ma'qul. Keyingi vaqtlarda birinchi yordam sifatida metall bog’lamlar -metall fol'ga yaxshi yordam bermoqda. Shuningdek maxsus aerozollar (olazol', amprovizol', pantenol, oleol – ko’pik hosil qiluvchi aerozol' Q senovokain Qdioksidin) va og’riq qoldiruvchi moddalar ishlatiladi.
Oyoq-qo’lning ko’p joyi kuyganda, transport shinasi qo’yish shart. Badan sathining ko’p joyi kuyganda bemor sterillangan choyshabga o’raladi. Kislota va ishqor ta'sirida kuyganda teriga tushgan ximiyaviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta'siri ishqorlar bilan (2% li soda eritmasi, sovunli suv, bo’r poroshogi, qizdirilgan magneziya sepmasi), ishqorlar ta'siri esa kislotalar (1 - 2% li sirka va limon kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo’ngach va me'da ximiyaviy moddalardan kuygan birinchi soatlarda me'da ehtiyotlik bilan ko’p miqdordagi suvda yuviladi, agar yuvish mumkin bo’lmasa, kuygan bemorga sut yoki paxta yog’i ichiriladi. Birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin bemor meditsina muassasasiga jo’natiladi.

Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish