TEREFTALKISLOTA
n-toluolni oksidlab tereftal kislota olish.
Reaktivlar.
n-Toluil kislota 3g (0,02 mol)
Kaliy permanganat 7,2 g (0,04 mol)
O‘yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi;
xlorid kislota (d=1,19).
Qaytarma sovitkich va tomizgich voronka bilan jihozlangan 300 ml sig‘imli, yumaloq tubli ikki og‘izli kolbada 3 g n-toluil kislota o‘yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasida eritiladi va qaynatib turilgan holda tomizgich voronkadan 7,2 g kaliy permanganatning 150 ml suvdagi eritmasi oz-ozdan quyiladi.
Agar kaliy permanganat eritmasining rangi 4-5 soat qaynatilganda ham yo‘qolmasa, unda tomizgich voronka gaz yuboriluvchi naycha bilan almashtirilib sulfit angidrid yuboriladi, u marganets (IV)-oksid bilan oksidlanib, eruvchan marganits sulfatni hosil qiladi. Sulfit angidrid marganets (IV)- oksid batamom yo‘qolguncha yuboriladi va cho‘kmada tereftal kislotaning mayda kristall oq poroshogi qoladi.
Eritmani spirt tomchilatish bilan ham rangsizlantirish mumkin. Bunda marganets (IV)-oksid Shotta voronkasida filtrlanib, ikki marta 10 ml dan qaynoq suv bilan yuvilib, filtrat qaynaguncha qizdiriladi va tereftal kislota kontsentrlangan xlorid kislota bilan cho‘kmaga tushiriladi.
CHo‘kmaga tushgan tereftal kislotani filtrlab olib, suv bilan yuviladi, so‘ngra quritiladi. U 300°S da ham suyuqlanmay vozgonkaga uchraydi; suvda va spirtda erimaydi. Miqdori 3,3 g atrofida.
TEREFTAL KISLOTA
n-Ksilolni oksidlab tereftal kislota olish.
Reaktivlar
Ksilol 6 ml (0,05 mol)
Kaliy permanganat 17 g (0,11 mol)
Kontsentrlangan xlorid kislota.
Qaytarma sovitkich va mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan yumaloq tubli kolbada 6 ml n-ksilol va 300 ml suv olib suv hammomida qizdiriladi.
Reaktsion kolbadagi suv va ksilolga aralashtirib turilgan holda 17 g kaliy permanganatning rangi o‘chib ketguncha qizdiriladi. So‘ngra cho‘kmaga tushgan marganets (IV)-oksid Byuxner voronkasida filtrlanib ikki marta qaynoq suv bilan yuviladi.
Birlashtirilgan filtratlar suv hammomida 40-50 ml hajmgacha bug‘lantirilib, cho‘kmaga tushgan marganets (IV)-oksid filtrlab olinadi. Cho‘kma ozgina qaynoq suv bilan yuvilib, filtrat 25 ml hajmga kelguncha bug‘lantiriladi va bu eritmaga kontsentrlangan xlorid kislota qo‘shish bilan tereftal kislota cho‘kmaga tushiriladi. Cho‘kmaga tushgan tereftal kislotani Byuxner voronkasida filtrlab olib, muzli suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. Miqdori 5 g atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |