1. 1§. O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari 2§. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari. Ii-bob. «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanish o’ziga xos


§. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari



Download 478 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2020
Hajmi478 Kb.
#33357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar (1)

§. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari.
Fuqarolik jamiyati – insoniyat sivilizasiyasining nodir kashfiyoti. U yuksak madaniyatga asoslangan demokratik taraqqiyotning oliy shakli bo’lib, o’ziga xos ijtimoiy erkin makondir. Bu makonda odamlar bir-biridan va davlatdan mustaqil holda o’zaro hamkorlikda aloqada bo’lishadi.
Fuqarolik jamiyatining asosi bu – tamaddunlashgan, faoliyatda ongli va erkin, to’laqonli huquqqa ega individdir. Demak, jamiyat mohiyati va sifati, eng avvalo, unda yashovchi shaxslarning teran insoniy fazilatlariga – komil madaniyatiga bog’liq. Ana shu tariqa fuqarolik jamiyatining shakllanishi bevosita shaxsning individual ozodligi va erkinligiga, qadr-qimmatiga bog’liq1.
Gap shundaki, jamiyat turli individlarning oddiy majmui, jamoasi emas. Jamiyat – murakkab ijtimoiy organizm. U odamlarning o’zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Uldar hayoti, eng avvalo, ishlab chiqarish, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari va ularning o’zaro almashinuvi bilan bog’liq muayyan mushtarak tashkilot – institutidir.
Jamiyat – oilaviy qavm-qarindoshlik, ijtimoiy guruh va qatlamlar, sinfiy munosabatlar aloqalaridan iborat murakkab dinamik tizimdir.
Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar ustuvor bo’lgan individlar mushtarakligi, birligidir.



  1. .A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. T.: 2010. 100-b

22

Bu munosabatlar ijtimoiy tashkilotlar orkali belgilanadi. Ijtimoiy tashkilolarga nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalar, o’z-o’zini boshqarish organlari tashkil etadi.


Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini – o’zi boshqarish va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlariyu manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyat muhim, asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat tashkilotlarini chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi1.
Mamlakatda XXI asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlarida kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:


  • birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;




  • ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;




  • uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi, yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;




  • to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish;



  1. Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruza. Xalq so’zi, 2002 yil 30 avgust

23


  • beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish;




  • oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiiyatga nisbatan jamiyat

a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.


Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya’ni davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish,
ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini shrganish talab etiladi. Ijtimoiy – siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar guruhlarning siyosiy ehtiyojlari hamda manfaatlarini uyg’unlashtirish,

24


ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchaydi.
Ma’lumki, manfaatlar – individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti – harakatlarini belgilovchilardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs “Hoqimiyatga intilish inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi – shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir”1, deb ko’rsatgan edi. Gegel esa: «Inson o’z ozodligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat – men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimizning subektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bo’lish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishi lozim»2, deb ko’rsatgan edi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjudir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarining ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma’lumotlarni etkazib berib turishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lovozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin ular hukumat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.


  1. Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Фромм Э. Бегство от свободы: Прев.с.анг./ Общ. Ред. И. послесл. П.С.Гуревича – М.: Прогресс, 1989, стр. 16-17.




  1. Гегель Г.В.В. Философия права: - М.: Мысль, 1990, стр. 418.

25


Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim hususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma’lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar guruhlarning maqsadi siyosatga ta’sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a’zolari uchun xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha ma’lumotlarni hal qilishga o’z diqqat – e’tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta’sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli – tumandir. Lekin ularning asosiy funksiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyasiya1 qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlarning turli yo’nalishdagi qarashlari va faktlarini bir tizimga keltiradi, biron – bir tashkilotning bir qolipga solishgan manfaatlar tizimi asosida tashkilot harakat dasturining shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a’zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregasiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni va muhokamalar yordamida turli manfaatdorlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimni o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a’zolarining keng qatlamlari


  1. Artikulyatsiya kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtirish ma’nosida.

26


qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalga qondirishning zaruriy chora – tadbirlari ko’riladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ma’lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularning keng jamoatchilikning xohish – irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi siyosiy qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat subetlarining o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish hamda yaxshilashning obektiv va subektiv imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar subektlar asosan ijtimoiy qatlamlar, individlar tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy qatlamlar sinfiy, kasbiy, etnik, hududiy, demokrafik, mehnat jamoasi ko’rinishlariga ega bo’ladi. Siyosiy manfaatlar xarakteri siyosiy tuzumga nisbatan turlichadir. Siyosiy manfaatlar tuzumni o’zgartirish, uni modernizasiya qilish, shuningdek, mavjud tuzumni barqaror saqlashga yo’naltirilishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan esa manfaatlarning xarakteri progressiv, reaksion va mo’tadil shakllarda ifodalanadi.
Siyosiy manfaatlar xarakterini ifodalash uchun odatda siyosiy yo’nalishlarga nisbatan “ultraso’z”, “so’l”, “so’l mo’tadil”, “mo’tadil”, “o’ng mo’tadil”, “o’ng va ultrao’ng” tushunchalari intiladi. Tashqilotlarga nisbatan esa “davlat”, “siyosiy partiya”, “jamoat tashkilotlari”, “jamoat xarakatlari” va individlar tushunchalari qo’llanadi1.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning hokimiyatga daxldor maqsadlari, parlament vositasida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolari faqat partiyalar bilan hamkorlikda bajarilishi yoki hal bo’lishi mumkin. O’z navbatida, siyosiy


  1. Политология в логических схемах и таблицах. Авт.-сост. В.А.Варывдин. под.ред.А.В.Миронова. М.: Соц.-полит.журн., 1995,стр.55.

27


partiyalarning ham manfaatlarning ham manfaatlari guruhlarisiz saylov kaopaniyalarida muvaffaqiyatga erishish, jamiyatni anglash qiyin kechadi.
Demokratik jamiyatning muhim belgilaridan biri, bu – ko’ppartiyaviylik bilan bir qatorda o’z a’zolarining yuksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar guruhlarining mavjudligi, ularning jamiyat va davlatning barcha institutlari bilan o’zaro teng huquqlilik asosida faol munosabatda bo’lishidir. Siyosiy partiyalar o’z o’rinda nodavlat notijorat tashkilotlarning turli manfaatlarini birlashtiradi, o’zida ifoda etadi. Bu bilan birga, o’z manfaatlari yo’lida bu guruhlardan foydalanish va hamkorlik qiladi.
Nodavlat va jamoat birlashmalarining O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati
O’zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingan dastlabki yillardan boshlab mamlakat prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat, notijorat tashkilotlarini demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e’tibor berib kelmoqda. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov mamlakat taraqqiyoti to’g’risida so’zlar ekan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini quyidagicha ifodalaydi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»1.
Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmui mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan. Ayniqsa, Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida qabul qilingan «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonunning 2-moddasiga binoan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini



  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – Т.: O’zbekiston, 1995, 9-bet.

28


shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari quyidagicha ifodalandi:


  • qonun ustuvorligi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini

ta’minlash;




  • xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash;




  • siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;




  • nodavlat, notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash;




  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustaqkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi

tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish».


Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitusiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va etakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan milliy va sharqona davlat hamda jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an’analarini o’zida mujassamlashtirdi.
Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida uning muhim institutlaridan biri bo’lgan nodavlat, notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. Konstitusiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan

29


bobi respubliqada fuqarolik jamiyati va ko’ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritildi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta’riflana boshlandi. Ayniqsa, konstitusiyaning 58 moddasidagi «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun keng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi»1, 34 moddadagi «O’zbekiston Respublika fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalarida, ommaviy axborotlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas», degan fuqarolik jamiyat mustaqilligini ta’minlashga doir huquqiy prinsipning e’tirof etilishi respublikadagi jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlik mobaynida tajribalaridan va sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini bildiradi. O’zbekistonda saylov tizimi uchun konstitusiyaning «saylov tizimi» deb nomlangan bobidagi 117 moddaga binoan respublika «fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar»2.
Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’lgan saylovlarda siyosiy partiyalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari – vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan parityaviylik tizimini qaror toptirishdir.


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Т.: O’zbekiston, 2000 yil, 16-bet.




  1. O’sha manba. 35-bet.

30


Faqat ko’ppartiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me’yorlarini belgilab bormoqda.
Mamlakatda nodavlat, notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta’minlash, shuningdek ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta’minlash maqsadlarida davlatning «kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi. Unga ko’ra, avvalambor, hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazishga qaratilgan. Mavjud qonun va huquqiy hujatlarini bir tizimga keltirish va ularga qo’shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish lozim1.

Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkindashtirish masalalari mazkur siyosiy dastur qabul qilingandan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan “O’zbek modeli” asosida jamiyatni har tomonlama isloh etishning asosiy yoo’nalishi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga qaratildi. Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy guruhlarning xilma – xil ehtiyojlari va manfaatlarini o’zida ifodalashga, ularni hayotga tadbiq etishga qaratilgandir. O’z o’rnida, nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy institutlar bevosita yoki bilvosita siyosiy hokimiyatning amal qilishga hissa qo’shadi yoki bu jarayonlarda ishtirok etadi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati natijasida jamiyat siyosiy tizimi kengliklarida jamiyatning iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotiga mansub bo’lgan turli – tuman ijtimoiy tabaqalar manfaatlari o’zaro ziddiyatlashuvi natijasida rivojlanish ro’y beradi. Shuningdek, bu jarayonlar turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning o’ziro kelishuvi, hamkorligiga imkoniyatlar yaratadi.





  1. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – Т.: O’zbekiston, 2005 yil, 39-bet.

31


Hozirgi o’tish davri va demokratik mezonlar har bir siyosiy partiyani
mustaqil institut sifatida o’z ijtimoiy bazasi bo’lgan ijtimoiy tabaqalar manfaatlari
va dunyoqarashlariga mos harakat dasturlariga egi bo’lishi, siyosiy plyuralizmni
shakllantirib, turlicha qarashlar raqobati va munosabati asosida fuqarolik jamiyati
shakllanishi uchun zamin tayyorlashini talib etmoqda.
Fuqarolik jamiyati bilan davlat nisbati uzviyligi o’laroq, xalq hayoti va
faoliyati fuqarolik jamiyatiga xos qo’yidagi tizim asosida kechadi:










Davlat va fuqarolik jamiyati




kasaba




Ijodiy




uyushmalari




birlashmalar

Davlat

siyosiy




Diniy

partiyalar va







tashkilotlar




harakatlar
















Nodavlat va

XALQ

Ovqatlanish







tarmog’i




jamoat
















tashkilotlari
















Ta’lim

Davlat







sohasi










hokimiy

Fuqarolarning




Ilm-fan va

ati




madaniyat

o’zini o’zi










sohasi




boshqarish

oila










organlari
















Ommaviy










axborot










vositalari













32





Hozirgi kunda deyarli barcha jamoat tashkilotlari mamlakatni demokratik yo’nalishda rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida qaramoqdalar. Jamoat tashkilotlariga birlashgan fuqarolar ular orqali o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat ishlarini amalga oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda.


Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldiga muayyan maqsad va vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida, jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-o’zidan uning o’zgacha mohiyat kasb etishiga olib keladi. Binobarin, jamoat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda namoyon bo’lishi obyektiv xususiyatga egadir.

33


Download 478 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish