Ko‘p insonlarning ongi yoshligidanoq qashshoqlikka tayyorlab boriladi. Maktabda «pul qayerdan paydo bo‘ladi?» degan savolga javob berilmaydi. Shuning uchun bola maktabni pul haqida unga qadam qo‘yganidagi kabi sodda va ko'pincha noto‘g‘ri tasawurlar bilan bitirib ketadi. U butun umr pul haqidagi oddiy, ammo juda muhim tushun- chalardan bexabar yashayverishi mumkin. Oqibatda nima xohlayot- ganini o‘zi ham bilmaydigan noshudga aylanadi-qoladi. Nima xohlashini bilmagan odam, nima qilishni ham bilmaydi. Natijada, boshqalar uchun ishlab o‘taveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |