Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana bin - biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotganida korxona faoliyati yo‘nalishini belgilovchi asosiy qarorlarni qabul etishdek murakkab vazifalarni o‘z zimmasiga olishdir.
Tadbirkor - kommersiya asosida yangi raahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yoki hatto biznesni tashkil etishning yangi shakllarini kundalik hayotga kiritib boradi.
Tadbirkor — tavakkalchilik bilan o‘z ish vaqti, mehnati, ishidagi
obro‘si, shuning bilan birga o'zining shaxsiy va o‘z kompanionlari yoki aksionerlarining sarflagan mablag‘larini garovga qo‘yib ish olib boradi. Tadbirkorga foyda olish kafolati berilmagan. Shuning uchun ham kapitalizm iqtisodiyotida tadbirkorlik qobiliyatiga alohida o‘rin beriladi, u «mehnat» tushunchasiga kirmaydi, chunki uning o‘ziga xos xusu- siyatlari, ahamiyati bor. -
«Mehnat» — kishilami tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi jismoniy va aqliy qobiliyatlaridir. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» mehnat resurslarini tashkil etadi.
Tadbirkor aniq bir ishlab chiqarish faoliyatini tanlab olib, o‘z korxonasini yurgizib yuborgandan so‘ng, uning asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz boshqarishdan iborat bo‘ladi. Bunday holatda tadbirkorning nazarida u hamma yerda zarurga o‘xshaydi, go‘yo u siz hech qanday ish bitmaydi. Lekin, bunday o‘ylash aslo to‘g‘ri emas. Barcha vazifalarni o‘z zimmasiga yuklash noto‘g‘ridir, chunki ishlab chiqarish jarayonida shunday holatlar bo‘ladiki, boshqalar ushbu ishni yaxshiroq bajarishlari mumkin. U tadbirkorlik bilan ish olib borishi kerak. Masalan, xodimlar masalasida, ta’minot masalasida, xarid qilish, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash masalasida tadbirkor, birinchi o‘rinda yaxshi tashabbuschi, tashkilotchidir.
Tadbirkor o‘zining yuqorida zikr etilgan xizmat vazifalarini amalga oshirishda korxonaning ishlab chiqarish jarayoni dasturini tuzish, sistemali boshqarish, iqtisodiy tahlil etish, korxona istiqbolini bashorat etish kabi ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalaniladigan ilg‘or bilimlarni qoMlashi maqsadga muvofiqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o‘z qo‘l ostidagi ishlab chiqarish vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to‘g‘ri javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo‘llarini ishlab chiqishda tadbirkorlarning albatta o‘z dasturi bolishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik boMishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkorlikni amalga oshirish shart-sharoitlari va bosqichlari
Biznes va tadbirkorlikning yuqorida aytilgan mohiyati va xusu- siyatlaridan kelib chiqadiki, biznesning yashashi va rivoj topishi uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:
mulkka egalik qilish va pirovard mahsuldorlikka erishish va shunindek, moddiy ne’matlarga egalik qilish huquqini olish yoki u huquqni boshqalarga o‘tkazish imkoniyati;
nisbatan xo‘jalik subyektlarini mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi, ularning xo'jalik faoliyatida iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; jumladan shartnoma tuzishda, qo'shilishda, faoliyat turini tanlashda, iste’- molchilarni tanlashda;
ayirboshlash shakllarini rivojlantirish, ya’ni tovar-pul muno- sabatlarining muvofiqligi, jumladan mehnatni erkin ravishda ayirboshlash, yollash, boshqachasiga aytsak — bozorga bemalol kirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |