Xotin, uyda mosh, loviya bormi?
Ha.
Go‘sht-chi?
Ozroq bor. '
Unda ishlamasam ham bo'larkan.
Ammo ertaga mosh ham, go'sht ham tugashi mumkin. Unga taklif etilayotgan o‘rinda esa endi boshqa birov bo‘ladi. Qashshoqlik psixo- logiyasi bungacha o'ylash imkonini bermaydi. Asosiysi, qora qozoni qaynab tursa bo'ldi.
0‘ylab ko‘ring, so‘nggi yil davomida ko‘proq pul topish uchun, daromadingizni orttirish uchun nima qildingiz? So‘nggi oy davomida- chi? Men aynan amaliy harakatni nazarda tutayapman, orzularu rejalarni emas. Eslay olmayapsizmi? Mana sizning muammoingiz qayerda! Mana — ichingizdagi sizni tark etishni istamayotgan qashshoqlik.
Siz o‘zingizni boylikdan ayirib turgan to'siqdan hatlab o‘ting. Kimlarga nisbatan ahvolingiz yaxshiligi haqidagi xayollarga chek qo‘ying. Endi sizning shioringiz: «Ulardan nimam kam?» bo‘lmog‘i kerak. Hayot tarzingizni tubdan o‘zgartirishga jazm eting. Yodin- gizdami, bolaligingizda ilk qadamlaringizni qo‘yayotganingizda ko‘p qoqilib, yiqilgandingiz. 0‘shanda biror yeringiz ko‘karishi yoki tili- nishidan qo‘rqmagandingiz-ku.
Aksar boylar hammasini noldan boshlashgan. Ular o‘z maq- sadlariga yetgunlaricha uzoq va qiyin yo'lni bosib o‘tganlar. Ammo ular o‘sha boshlang'ich nuqtadan ilgarilay oldilar va endi cho‘qqida turibdilar.
Bo 'lajak milliarder Rokfellerning ко ‘chadan bir dollar topib olgani haqida yarim afsonaviy bir hikoya bor. U bu dollarni yeb yoki ichib yubormadi, unga oyoq kiyim tozalaydigan cho'tka sotib oldi. Keyin badavlat odamlarning oyoq kiyimlarini tozalay boshladi. Shunday qilib и boshlang'ich kapitalini jamg‘argandi.
Bu tasodifan paydo bo‘lgan pullarni qanday sarflash kerakligi haqida ibratli hikoyadir. Qo‘lingizda kutilmaganda katta mablag‘ paydo bo‘lib qolishi mumkin. Xalqda buni «ahmoq pullar» deyishadi. Asosiysi, ularni to‘g‘ri ishlata biling. Boshlang'ich katta kapitalga ega bo'l- ganlarning ko'pchiligi bugunga kelib hech kim emas. Chunki ular qo'llarida bor imkoniyatni, boshlariga qo'ngan omad qushini uchirib yuborganlar, ya’ni pul sarflashni bilmaganlar.
Sportchi, fotomodel, estrada qo'shiqchilarini oling. Bu kasblarning umri uzoq emas, ammo daromadi katta. Lekin katta daromad olish, bu hali badavlat - turmush kechirishi degani emas. Dunyo tajribasidan ma’lumki, bunday yulduzlarning ko'pchiligi umrlarini ayanchli bir tarzda tugallaydilar. Chunki ular pul sarflashni bilishgan, uni ko'pay- tirishni esa bilishmagan.
Pele bilan bir komandada Garincha ismli futbolchi ham о ‘ynardi. Uning Peledan hech kam joyi yo ‘q, ba ’zi о ‘rinlarda hatto undan ustun ham edi. Ammo Pele futbolni tugatib, nafaqaga chiqqach, pullarini foydali biznesga jalb qildi («Kaffe Pele»ning reklamasini eslaysizmi?) va farog‘atda yashab yuribdi. Garincha esa pullarini ichib tugatdi va umrining oxirini ко ‘chalarda daydib о ‘tkazishga majbur bo ‘Idi.
Teng imkoniyatga ega bo'la turib, ularning biri pul topishni bildi, boshqasi esa faqat sarflashni. Ha, odam qashshoqlik psixologiyasiga ega bo'lsa, hech nima qila olmas ekan. Faqat pul sarflashi mumkin, xolos.
Pullarni saqlab qolish uchun ularga munosabatingizni o'zgar- tirishingiz lozim. Faqat sarflash mumkin emas. Shuningdek, ko'proq olish imkoniyati bo'lgan joyda kamiga qanoat qilmaslik kerak.
Tasawur qiling, yer ostida pul dengizi bor. Undan pul buloqlari oqib chiqmoqda. 0‘zingizning bulog‘ingizni toping va uning yonida quduq hosil qiling. Endi shu tasawumi hayotga tadbiq etib ko‘ring. Shunda ko‘p o‘tmay sizda pul qudug‘i, balki pul ombori ham paydo bo‘ladi.
Menga atrofdagilar yoki hukumat yordam beradi, deb o‘yla- yapsizmi? Bekorga umid qilayapsiz! Pul topish - sizning muammoingiz. Sizning farovon yashashingiz o'zingizdan boshqa hech kimga kerak emas. Ha, boshida yolg‘iz bo‘lasiz. Ammo... kuchingizni to‘plang va oyoqqa turing!
Do'stlaringiz bilan baham: |