13.3. Toshkent turistik mintaqasida ziyorat turizmini rivojlantirish
istiqbollari
Toshkent turistik mintaqasida ziyorat turizmini rivojlantirishda o‘rganishlar
natijasida quyida ayrim obyektlarning hozirgi holati bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Zangi ota ziyoratgohi. Zangi ota tumanida joylashgan “Zangi Ota”
ziyoratgohiga borib sharoitlar bilan tanishildi.
Zangiota ziyoratgohi Toshkent shahri
yaqinidagi Zangiota qishlog‘ida joylashgan muqaddas qadamjo bo‘lib, ulug‘ bobomiz
Amir Temur tomonidan asos solingan. Ziyoratgoh etuk axlok-odob sohibi, xakim va
tabib Zangi ota xazratlariga atab, ular yashab, dafn etilgan joylarida qad rostlagan.
Zangiota ziyoratgohi Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, Madrasa, masjid, Xonaqox
shiypon, minora va xovuzdan iborat.
U yerdagi ayollar tahorat oladigan joyi talabga javob bermaydi, yaxshilash
kerak.
Me’moriy obida viloyat miqiyosidagi madaniy me’ros obyekti sifatida davlat
muhofazasiga olingan. Tashrif davomida obyektning hozirgi kundagi holati
qoniqarsiz bo‘lishiga qaramay u erga hali ham mahalliy ziyoratchilar tashrif
buyurishi aniqlandi.
Ziyoratgoh atrofida ziyoratchi turistlar uchun soyabonli o‘rindiqlar sonini
ko‘paytirish kerak. Shuningdek qo‘shimcha ravishda
ovqat tayyorlash va dam olish
uchun sharoit yaratish lozim.
Qirq qiz bulog‘i (ko‘l ota)
20
Olmaliq shahridan 6 kilometrcha g‘arbda Ko‘l ota qishlog‘i bor. Uning yuqori
tomonidagi tog‘ tagida 40 ta buloq qaynab yotibdi. Suvlarining ta’mi har xil.
Zamonaviy tibbiyot ularning turli dardlarga davo ekanini tasdiqlagan. Bu er hozirgi
20
TDIU
Ўзбекистон Республикаси ҳудудларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланишини комплекс
ўрганиш натижалари бўйича yig’ma tahliliy material. Toshkent 2017
99
paytda ziyoratgohga aylangan. Har kuni O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarning
turli viloyatlaridan yuzlab ziyoratchilar tashrif buyurishadi.
Mahalliy aholining hikoya qilishicha, VIII asrlarda bu joylarda bir podshoh
hukm surgan. Uning yolg‘iz qizi bo‘lgan ekan. Azaldan bu erlar turli qazilma
boyliklari, xususan oltin konlariga boy bo‘lgani uchun bu zaminga ko‘p mamlakatlar
hukmdorlari ko‘z tikkan. Bir kuni yov bostirib keladi. Podshoh lashkarlari bilan
yovga qarshi chiqadi. Biroq yov son-sanoqsiz edi. Engilishini sezgan podshoh qiziga
chopar yuborib, yashirinishni amr etadi. Qiz qirq kanizagi bilan toqqa qochib
ketayotib, dushman lashkarlariga duch keladi. Or-nomusini saqlab qolish uchun
qizlar o‘zlarini chuqurlikdagi ko‘lga otadilar va halok bo‘ladilar.
Oradan yillar o‘tib, ko‘lning quyi qismida Ko‘l ota qishlog‘i bunyodga keladi.
Qishloq aholisi ko‘paygan sayin suvga bo‘lgan talab kuchaya boradi. Bora-bora
ko‘lning suvi kamlik qilib qoladi. Ular ko‘lning ko‘zini ochishga majbur bo‘lishadi.
Biroq suv sathi yildan-yilga pasayib boraveradi. Oradan yana 100 yillar o‘tib,
ko‘lning o‘rnida buloqlar hosil bo‘ladi. Mahalliy aholi bu erga kelib, buloqlarni sanab
ko‘rishsa, jami qirqta ekan. Shunda ular ota-bobolari aytib ketgan hikoyani, ya’ni
ko‘lga o‘zlarini tashlab, halok bo‘lgan qirq qiz rivoyatini eslashadi va unga Qirqqiz
buloq deya nom berishadi. Bu muqaddas maskan ziyoratgohga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |