15. Mavzu. QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI Reja:
15.1. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni
15.2. Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash
15.3. Qishloq turizmini rivojlantirishda Evropa davlatlarining dasturlari
15.1. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni
XX – asrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy – madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab – avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda esa odamlarning (turistlarning) mahalliy aholi bilan tanishuv va muloqatga kirishi, do‘stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo‘lish, qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish, qishloq tabiati bag‘rida dam olish, sport bilan shug‘ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi. So‘ngi yillarda esa qishloq turizmining ko‘p faoliyatligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog‘i deb talqin qiluvchilar ham o‘zlarini haq deb bilishadi. Masalan, ekologik turizm ko‘p hollarda tabiat bag‘rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg‘ab olamiz:
yumshoq turizm (Soft Tourismus);
tog‘ turizmi (Mountain Tourismus);
tabiat turizmi (Nature Tourismus);
yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus);
yashil turizm (Green Tourismus);
sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);
qishloq turizmi (Agro Tourismus);
ekoturizm (Ecotourismus).
Qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi;