@TDIU_ARM
102
ko‘rsatmoqda. Shningdek, 6 ta ilmiy-tekshirish va loyihalash institutlari, 8 ta oliy
o‘
quv yurti mavjud.
Viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,
savdo, xizmat ko‘rsatish, san’at, sport kabi sohalar izchil rivojlanmoqda.
Viloyat respublikaning yirik sanoat markazlaridan biri bo‘lib, “Samarqand avtomobil
zavodi”, “JV MAN Avto”, “UrgGazKarpet”, “Daka Teks”, “SamAntepGilam”,
“Pulsar Grup”, “Siyob saxovati” kabi 3300 dan ortiq sanoat korxonalari faoliyat
yuritmoqda.
O‘
zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Samarqand
viloyati alohida o‘rin tutadi. Bu fikrning tasdig‘i sifatida albatta ko‘p-ko‘p misollar
keltirish mumkin. Bu hakda gapirganda, avvalo, viloyat iqtisodiyoti 2010- yildan
buyon 1,7 barobar o‘sganini ta’kidlash joiz.
Bugungi kunda jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan
Samarqand avtomobil zavodida o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmokda. Sh
bilan birga, «British
-Amerikan tabacco», «Sam Antep Gilam», «Amin Invest»
qo‘shma korxonalari, «Sharq sanoati» xususiy konserni singari yirik ishlab chiqarish
quvvatlari viloyat sanoati rivojiga muhim hissa qo‘shmokda.
Oxirgi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar
tashkil etilib, ayni paytda ularning soni 259 taga etgani quvonarlidir. Mazkur
korxonalarda yiliga 2,5 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanmoqda.
Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti yahlit iqtisodiy tizimni o‘
zida ifodalab, izchil
iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlik uning elementlari hisoblangan
hududlarning muvozanatli rivojlanishiga mustahkam bog‘liqdir. Shunday hududlarda
biri Samarqand viloyati hisoblanadi. Samarqand viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi, tabiiy geografik joylaShuvi, ulkan tabiiy resurs salohiyati va unumdor
yer resurslari bilan Respublikaning yetakchi hududlari orasida alohida o‘ringa egadir.
Keyingi yillarda viloyatda mahsulot ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanib
bormoqda. Viloyat kesimida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 2010- yilda
3974,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilda 14060,4 mlrd. so‘mni tashkil
qilgan. 2017- yilda 15554,0 mlrd. so‘mga yetkazish prognoz qilingan. 2010- yilda
103
yalpi hududiy mahsulot kishi boshiga 1244,0 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa,
2016- yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3886,6 ming so‘mni tashkil qilgan. 2017- yilgi
prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha 4319,2 ming so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. (1-
jadval).
Zamonaviy sharoitlarda rivojlangan mamlakatlarda kuzatilayotgan global
moliyaviy inqiroz sharoitida ishsizlik muammosi nafaqat ijtimoiy muammolar, balki
yalpi talabning pasayishi bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni ham keskinlaShuviga
olib kelishi mumkin. Shning uchun ham joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda
mahalliy homiyat organlari faoliyatining asosiy vektori, avvalo, aholining bandligini
ta’minlash, ularning turmush farovonligini oshirishga yo‘
naltirilmoqda.
Jadval ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo‘
lsak, band aholining 2010-
yildagi soni 1229,9 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilga kelib ushbu
ko‘rsatkich 1485,1 ming kishini tashkil qilgan.
Viloyat iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy tendensiya, yalpi hududiy
mahsulot tarkibida xizmatlar sohasining rivojlanib borayotganligi hisoblanadi.
Xususan, viloyatda 2010- yilda xizmat ko‘rsatish hajmi 1739,9 mlrd. so‘mni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2016- yilgacha ushbu tendensiyada barqaror o‘sish kuzatilib, ushbu
ko‘rsatkich 6021,0 mlrd. so‘mga etgan. 2017- yilda esa 6489,9 mlrd. so‘mga prognoz
qilingan. Bandlikni ta’minlash bilan bog‘
liq strategik vazifa ijrosida viloyat
iqtisodiyoti tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini jadal
rivojlanib borayotganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yillik o‘sish sur’atini tahlil
qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston respublikasining hududlariga nisbatan o‘rtacha
ko‘rsatkichdan yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishning yillik o‘sish sur’ati
2010- yilda 110,5 %ni, 2011- yilda 111,3 %ni tashkil yetib ushbu yillarda yuqori
o‘sish sur’atlari kuzatilgan. 2016
- yilda zaif o‘qish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa,
2017- yilda YaIMning yillik o‘sish sur’ati 108,5 %ga prognoz qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: