14.3-jadval
Samarqand viloyat iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha YaIM tuzilmasi23
Ko‘rsatkichlar
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017
YaIM
113,6 112,9 111,6 108,9 109,8 109,6 108,7 107,4
Shu jumladan:
Tarmoqlarning yalpi
qo‘shilgan qiymati
113,4 112,9 111,5 108,9 109,8 109,6 108,7 107,4
Mahsulotlarga sof
soliqlar
117,1 113,9 115,1 109,9 110,7 110,5 108,8 107,8
Tarmoqlarning yalpi
qo‘shilgan qiymati
113,4 112,9 111,5 108,9 109,8 109,6 108,7 107,4
Qishloq xo‘jaligi
106,9 107,7 106,2 106,7 106,9 107,7 107,3 106,8
Sanoat
(qurilish
sohasi bilan birga)
123,1 113,5 115,7 112,7 112,2 113,2 109,9 107,2
Xizmatlar
115,9 117,6 114,1 108,7 110,5 108,9 108,9 107,5
Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik
ulushi
73,6 76,2 75,9 77,1 77,4 77,9 78,0 79,2
23
Samarqand viloyati hokimyati iqtisodiyot boshqarmasi ma’lumotlari ( TDIU Harakatlar strategiyasi risola
Toshkent 2017).
107
Viloyat yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishda keyingi yillarda xizmatlar
sohasining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lmoqda. Xizmatlar sohasining ulushi
2010- yilda 15,9 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2016- yilga kelib ushbu ko‘rsatkich
8,9 %ga kamaygan. Xizmatlar iqsodiyotiga o‘tish jarayoni zamonaviy milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligining bosh omilidir. Lekin, ushbu jarayon har bir
mamlakatning o‘z ichki imkoniyatlari asosida shakllanib borishi hamda bevosita
iqsodiyotning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
- birinchidan, viloyat aholisi mehnat resurslarining intellektual salohiyatini
oshirish va iste’mol bozorini zamonaviy xizmat turlarining keng arsenali bilan
to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli
xizmatlar turlari bilan to‘ldirmoqda;
- ikkinchidan, xizmatlar sohasi yuqori qo‘shimcha qiymatli tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishning alohida segmentini o‘zida ifodalab, iqtisodiyotni intensiv
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda;
- uchinchidan, xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik faoliyati yuqori kapital
sig‘imini talab qilmaydi. Qolaversa, mahalliy moddiy resurslardan keng foydalanish
orqali xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari kattadir;
- to‘rtinchidan, Samarqand viloyatida dolzarb muammolardan biri bo‘lgan
ishsizlikni oldini olishga qaratilgan islohotlarda xizmatlar sohasining roli g‘oyat
yuksak bo‘lmoqda. Chunki, xizmatlar sohasini kengaytirish orqali viloyatda yangi
ish o‘rinlarini yaratish boshqa sohalarga nisbatan yuqori samara byermoqda.
- beshinchidan, ximatlar sohasining rivojlanishi aholining keng qatlamini
tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish imkoniyati natijasida ularning daromadlarini
oshirish va pirovard natijada aholi turmush farovonligining oshirilishiga olib keladi.
- oltinchidan, mahalliy byudjetga tuShmlarni tushirish manbai sifatida yuqori
imkoniyatlarga ega ekanligi.
@TDIU_ARM
108
2016- yilda YaIM va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida mahsulot ishlab
chiqarish hamda aholi bandligi bo‘yicha davlat va nodavlat sektorlarining nisbati
quyidagicha ifodalanadi, umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |