10.3. O‘zbekiston madaniy merosida etnografiya, urf – odatlar va
an’analarni
tutgan o‘rni
O‘
zbek xalqi boy tarixiy o‘tmishga ega. uzoq rivojlanish davrida u O‘rta
Osiyoning boshqa xalqlariga o‘xshash, insoniyatga ilm va san’atning buyuk
namoyondalarini berdi. Asrlar davomida boy o‘ziga xos madaniyat yaratildi. O‘rta
Osiyoning ko‘pgina bosqinchiligi natijasida o‘tmish yodgorliklarida turli qadimiy
madaniyatlar-yunon, xind, eron, arab-ta’siri ko‘rinadi. Ammo bu ta’sirlar o‘zbek
madaniyatini boyitib, uning o‘ziga xosligini yo‘qotmadi. O‘zbek xalqining san’ati
o‘
zining badiiy an’analarini, ustalik qonunlarini, ifodalash vositalarini ishlab chiqdi.
Xalq ijodining turli janrlari yaratildi. Bu bir-biriga ta’sir qilish va bir birini boyitish
jarayoni asrlar davomida O‘zbekistonga o‘zining badiiy madaniyatini keyingi
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari (qoyadagi naqshlar, monumental xaykallar,
bareleflar, xaykalchalar va b.), shuningdek bizgacha etib kelgan yozma manbalar
(m.a. 2 asr), o‘zbek xalqining musiqa merosining ashula, raqs va kiyimlar qadimiy
67
manbalariga guvohlik beradi. Ularning O‘rta Osiyo xalqlari hayotidagi muhim roli
haqida m.a. 5 asrda Yunon olimi Gerodot yozib qoldirgan.
Musiqiy san’atning yuqori namunalari og‘zaki xalq sheriy ijodidir. Folklorning
g‘
oyaviy boyligi va janrining turli tumanligi ruhiy va badiiy qimmatidir. Unda xalq
tarixi, hayoti aks ettirilib, eng yaxshi insoniy sifatlar, do‘stlikka, sevgiga sodiqlik
tasdiqlanadi.
Qurg‘oqchilikda dexqonlar «Sus xotin» (yomg‘ir yog‘ishini
so‘rash) ashulasini, kuchli shamol bo‘lganida «Moy-moma» (shamolga murojaat)
ashulasini aytish bilan boradigan udumni bajarishadi. Xalq og‘zaki ijodi doim
rivojlanadi, uning ko‘p asarlari ajdodlarning dunyo qarashi, ijtimoiy, xo‘jalik va
oilaviy turmushini aks ettiradi. Xalq she’riyat ijodining asosiy xususiyati asar yaratish
va ijro etishning ommaviy xarakteridir.
O‘
zbekistonning ma’naviy va madaniy hayoti O‘rta Osiyo xalqlarining hayoti
bilan birlikda shakllandi. Xalqimizda afsonalar, qabila to‘g‘risidagi bitiklar keng
tarqalgan. Jun ishlab chiqishning rivojlanishi kigiz, palas, jundan qilingan gilamlar
va yupqaroq jun matolarining-sidirga, naqshli, suratli-chiqarishni oshishiga olib
keldi. Mahalliy xalqlar kiyimining o‘ziga xosligi, avvaldan iqlim, turmush sharoiti
moslashganligi turistlar uchun juda qiziqarlidir. O‘rta Osiyo xalqlarining raqs
san’ati
, ashula sa’nati ham xorijiy turistlarni befarq qoldirmaydi. Shu sababli milliy
san’atchilik
asosida turli shoular tashkil etish orqali turistlarni yanada jalb qilish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |