11.2. Markaziy Osiyo mamlakatlarida turizmning rivojlanishi
Ushbu mintaqaning ko‘rsatkichlari jahondagi o‘rtacha o‘sishga nisbatan ancha
tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, turistlar oqimi 5,3 %ga, tushum 6,4 %ga
o‘
sgan. Hududdagi mamlakatlardan Livan (18%), Iordaniya (12 %), Baxreyn (4 %)
oqimning ko‘payish erishdi. Boshqa mamlakatlarga nisbatan rivojlangan Misr
turistlarga servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilash natijasida sayyohlar oqimi 3 %ga
o‘
sishiga erishdi. Hozir butun dunyodan turistlar Misrning qadimiy ehromlarini
71
ko‘rish uchun va afsonaviy Nil daryosi qirg‘oklarida tashkil etilgan qadimgi
yodgorliklarni ziyorat qilishga oshiqmoqdalar.
Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan nazariy va
amaliy fan sifatida o‘qitiladi. U o‘zining ijtimoiy tizimlar (formatsiya) bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega. Turizm umumiy ma’noda
sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. Shu sababdan ular ijtimoiy-turmush va
mehnat jarayonlaridan tarkib topadi. Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o‘quv
va uslubiy qo‘llanmalar juda ko‘p.
Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab
sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo‘llari bayon etilgan.
Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy
hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Eng qadimgi insonlar yashash
uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilganlar. Shu tarzda tog‘lar, daryo
va ko‘llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo‘lga
o‘
rgatib o‘z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manzillari va dam olishga qulay
bo‘lgan joylarda ma’lum bir belgilarni (tur) qo‘yishgan va zarur bo‘lgan paytlarda
ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o‘yinlar tashkil qilib
musobaqalashishgan. Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, ov
va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va
mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto
o‘
troqlashib qolishlariga olib kelgan. Shu tariqa daryolar, ko‘llar, dengizlarda ov
qilish, sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli
foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit’asiga borib qolishi
(kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar,
mamlakatlarga borganligi tarixdan ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari
(asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati
va boshqa jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida
P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘ sharoitlarini chuqur
o‘
rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar. O‘zbekistonda turizmning dastlabki
@TDIU_ARM
72
rivojlanish davri asosan o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930-
yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat,
ya’ni ishchi
-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis etgan.
Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya)
uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish
kabi tadbirlar bilan shug‘ullangan.
Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda
chiqish, chang‘ida yurish, velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil
qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va
mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida
(1941–1945-yillar) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va
mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor berildi. Atroflarni
chamalab (
ориентирование) topish, xaritani o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish
(jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha
davrlarda va hatto keyinchalik ham "Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o‘
rin
oldi.
Urushdan keyingi yillarda (1950–1960-yillar) Markaziy Kasaba
uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida
turistik klublar tashkil etildi. Klublar turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi,
velosi
рed turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil
etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil davomida (1955–1990-
yillar) Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va
hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida
kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va dovonlaridan oshish,
daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning us- tidan o‘tish hamda
belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez
(vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jamoaning
ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha
ko‘rik-tanlov o‘tkazish kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egallagan
edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim muassasalari,
73
ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga
aylandi. Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish
sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar
tog‘ turizmi, velosiрed turizmi kabilar bilan shug‘ullanib, ularda chamalab topish
(
ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Shu asosda
yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (ni- zomlar)
ishlab chiqilib, sport razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport
ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) tasdiqlandi. Belorussiya,
Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hududlariga mos, asosan turizmning tog‘
turizmi, chamalab topish,suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz,
Qirg‘iziston va shu kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish,
qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish
turizmi keng rivojlandi. Jamiyatdagi qayta qurish (1980–1990-yillar) tadbirlari
boshqa sohalar kabi turizm ishlariga, ayniqsa, jamoalarda ommaviy sog‘lomlashtirish
sayohatlarini tashkil qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ya’ni: –
shug‘ullanuvchilarning
erk va istaklarini chegaralash, moddiy-texnik ta’minotni bekor qilish, faollarning
sa’y
-harakatlarini to‘xtatish kabi tadbirlar rasmiy ravishda amalga oshirildi. Buning
oqibatlari hozirgacha turizmning rivojlanish jarayonida seziladi.
Butunjaon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha keyingi
o‘
n yillikda turistik oqimning o‘rtacha yillik o‘sishi Yevropa mintaqasida 3,1 %,
Yakin Sharqda 6,9 %, Janubiy Osiyoda 6,4 %, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida
7,7 %ni tashkil etdi. Bizning respublikamizda ushbu ko‘rsatkich yiliga 15%
darajasida belgilangan, bu esa BTTning Osiyo mintaqasiga oid taxminlaridan ikki
marotaba yuqoridir. Lekin, respublikamiz turmahsulotini jahon talabi darajasiga
keltirish va marketing sohasidagi ba’zi bir kamchiliklarni bartaraf etish uchun
ko‘proq mablag‘ ajratish taqozo qilinadi. Jahon mamlakatlarida turizmga
sarflanayotgan xarajatlarni ko‘rib o‘tganimizda, bu xarajatlar tez orada o‘zini
qoplashining guvohi bo‘lamiz.
@TDIU_ARM
74
Shuni alohida ta’kidlash joizki, u yoki bu mamlakat iqtisodiyotiga qat’iy
valyuta tushumi, ular uchun katta iqtisodiy samara keltiradi. Ayniqsa iqtisodiyoti endi
oyoqqa turayotgan mamlakatlar uchun bu jarayon juda katta ahamiyat kasb etadi.
Turizmdan olinadigan daromadning samaradorligi mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan
hissasi bilan belgilanadi, ammo masalaning ikkinchi tomoni ham borki, turizmni
rivojlantirish uchun davlat oldin xarajat qilishi kerak bo‘ladi. Turizmga davlat
tomonidan sarflangan xarajat vaqti kelib bir qancha muvaffaqiyatlarni olib keladi.
Buning misolida Avstriya, Germaniya va Fransiyalarni ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |