Фойдаланилган адабиётлар
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm
Режа
Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xarakteriyatikasi.
SHigellezlarning morfologiyasi, kultural biologik xossalari.
3. Dizenteriyaning patogenida laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi
Tayanch iboralar:
10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY XARAKTERIYATIKASI.
Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi.
1885 yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi. Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqirilishligi aniqlandi.
1885 yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir go‘shtidan va uni eb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi.
1895 yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898 yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan zaxarlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini ajratib olishdi.
SHunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaxarlanish holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi.
Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular peritrix xivchinlari tufayli xarakatchandir.
Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 370, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi. Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H2S hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi.
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga ega.
Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga, S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen, kultural va biologik xossalariga qarab tuzilgan.
Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga, ayrim kislotalarga chidamli, 60-700 da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi. 400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham buzilmaydi.
Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida, ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi.
Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar ko‘proq kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez ko‘payib shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak traktidan endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. Kasallik faqat zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan ham yuqadi. Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi. Bolalarda salmonellez dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va bakteriemiya holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi.
Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-5 kun davom etadi.
Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi. Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.
Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo, Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.
Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish, glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.
Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z. Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.).
Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan salmonellalardan farq qilmaydi.
YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi mumkin.
Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |