Vaksinaterapiya.
Vaksinalar faqat profilaktika maqsadida emas, balki davolash maqsadida xam qo‘llaniladi. Masalan, anatoksinlar, mikrob toksinlaridan vaksinalar qo‘llaniladi.
1. Surunkali kasalliklarda.
2. Retsediv beruvchi infeksiyalarda.
3. Tabbiy immunitetni juda sekinlik bilan hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga.
4. Mustahkam immunitet keltirib chiqarmaydigan infeksiyalarga qo‘llaniladi.
Vaksinoterapiyada standart davolovchi vaksinalar yoki kasaldan ajratib olingan mikrob shtammiga tayyorlangan vaksina (autovaksina) qo‘llaniladi.
Desensibilizatsiya.
esensibilizatsiyaning 2 tipi tafovut qilinadi.
1. Antigenni qayta yuborish natijasida vaqtinchalik kasallik keltirib chiqarish xususiyati pasaytiriladi.
2. Gipersensibilizatsiya-bu yuqori sezuvchanlikni davolash usuli bo‘lib, allergenlarni ko‘p marotaba oshirib boruvchi dozalarda yuborilganda antitela sintezini stimulyasiyasi oshadi. Bu asosan Ig G va IgM sinfiga talluqli bo‘lib Ig E sintezini to‘sib qo‘yadi, chunki bu immunoglobulin allergiyani keltirib chiqaradi.
Immunoprofilaktika.
Immunoprofilaktika-bu yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘lib, buni asosan immunizatsiya yo‘li bilan su’niy maxsus immunitetni hosil qiladi.
Organizmda hosil bo‘ladigan sun’iy immunitet 2-xil bo‘ladi.
1. Aktiv sun’iy immunitet-mikrob antigeni, ya’ni vaksinadan keyin hosil bo‘ladi.
2. Passiv suniy immunitet-organizmga maxsus antitela tutuvchi preparatlar yuborish Bilan (immun zardoblar, gamma globulinolar) sun’iy passiv immunitet hisoblanadi.
Immunoglobulin preparatlari kasal bo‘lib tuzalagandan keyin ,yoki maxsus immunizatsiya qilingan odam va hayvon qon zardobidan olinadi.
Immun zardoblar.
Immunoglobulin zardob profilaktika, davolashda va diagnostikada ishlatiladi.
1. Davolash uchun-zaxmda.
2. Diagnostikada-patogen mikroorganizmlarni identifikatsiyasida.
Zardob bo‘linadi;
1. Toksinga qarshi.
2. Mikrobga qarshi.
Bu zardoblar immunoglobulin ko‘rinishida bo‘ladi. Odam qonidan tayyorlanagan Ig qizamiqqa, poliomielitga, ko‘kyo‘talga, virusli gepatitga, chin-chechak, suv chechak kasalliklariga profilaktika maqsadida ishlatiladi. Bularga –albumin, protein kabilar ishlatiladi. Bular surunkali yiringli kasalliklarda ishlatiladi.
Immun zardobni, ya’ni tarkibida maxsus antitelalar bor zardobni otlarga va boshqa hayvonlarga antigenni ko‘p marta yuborib immunizatsiya qilinadi. Otdan olingan zardob oqsilining tarkibi odam zardobidagi oqsillarga yakin, shu sababli odamlarga yuborilganda allergik reaksiyalar kam beradi. Dastlab hayvonlarga antigenning kam dozasi teri ostiga yuboriladi, keyin asta-sekin dozasi oshirib boriladi. Bezredka usuli.
Davolash va profilaktika uchun ishlatiladigan immun zardoblar tozalangan, konsentratsiya qilingan holda chiqariladi. Ularni sulfat ammoniy bilan fraksiyalarga ajratib, ultratsentrafuga yordamida elektroforez bilan globulinlarni bo‘ktirilgan va keraksiz oqsillardan tozalanadi. Bunday zardoblar sifatli bo‘lib, davolash hamda profilaktika xususiyatlari yaxshi, tarkibida keraksiz okqsillar kam, shu sababli ular organizmga zaxarali va allergik ta’sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |