Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet123/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

SABOQ, XULOSA VA ORZULAR

1. Davr va g‘oyaning, jamiyat va odamlarning estetik ehtiyojlaridan kelib chiqib, adabiyotshunoslik ilmining bugungi qiyofasini kashf etish qadimdan qolgan an’anadir. Albatta, bu an’ana yangicha ilmiy tafakkurga, navbatdagi bosqich harakatidagi estetika talablariga javob berishi uchun shu sohada hozirgacha erishilgan yutuqlar, tajribalar, saboqlar umumlashtirilishi, sintezlashtirilishi lozim. Va ularning cho‘qqisida turib adabiy-nazariy qarashlarning kashfi, adabiyotning sir-u asrori, adabiy jarayonning rivoji tamoyillari haqida mushohada yuritish maqsadga muvofiqdir.

Muallif ana shu maqsaddan turtki oldi va, asosan, o‘zbek adabiyotshunoslarining, qolaversa, qardosh va jahon adabiyoti olimlarining asarlariga, manbalariga, darsliklariga, qo‘llanmalariga tayanib ushbu tadqiqotni bunyod etdi; bu bunyodkorlikka adabiyotshunoslarning barchasi ham muallif kabi daxldordirlar; har birlarining hissalari bordir. Faqatgina muallifning „ o‘zligi“ - bilganlari, his etganlari, anglaganlari, orzulari, umidlari ularni yaxlitlashtirdi va „Adabiyot qoidalari“ fani (Siz ko‘rib chiqqan) qo’llanmasini yaratdi.

2. Adabiyot — bir butun, yaxlit hodisa; jonli vujud. Uni shunday tarzdagina o‘rganganda, sevganda uning ta’siri beqiyos mo‘jizaga, dono maslahatchiga, insoniy ezgu tuyg‘ularning buyuk tarbiyachisiga aylanadi. Faqatgina ana shu tushuncha, haqiqat borligicha namoyon bo’lishiga to’liq tasavvur bersin degan asosda biz uni qismlarga bo’lib o‘rgandik; har bir badiiy unsurning asosiy vazifasini aniqroq tahlil qilishga intildik. Aslida asar mazmuni va shakli vobasta bo’lganda yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi, ajralganda ikkalasi ham o’ladi, yaratuvchanlik kuchidan tamoman mahrum bo’ladi. Bu haqiqat Mavlono Rumiyda chiroyli ifodasini topgan: „Agar danakni chaqib, mag‘zini eksang, unmaydi. Agar qobigi bilan tuproqqa qadasang-chi, unish hodisasi yuz beradi“. Demak, badiiy mazmun va shakl ham doimo yaxlit bo’lgandagina yangilik beradi, bunyodkor bo’ladi. Shu asosda so‘z san’atini, badiiy asarni, adabiy jarayonni o‘rganishga intildik. Zora, u sizga ham „ o‘zligingizni“ tanishga turtki bersa, bilimingizni boyitsa, baxtingizni butun qilsa, muallif ham baxtingizdan shod bo’lardi.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani komil insonni voyaga yetkazish g‘oyasini yangi mazmun (erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish) bilan boyitdi. „ Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar“ (T., „O‘zbekiston“, 2000) risolasida ta’kidlanganidek, „ Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi yo‘q. Bunday xalq va millat tanazzulga mahkum“.

Ana shunday qayg‘urishning bir kichik ulushi sifatida yuzaga kelgan ushbu qo‘llanma adabiyotshunoslik ilmining umumiy qonunlarini o‘rgatish jarayonida hayotning mohiyatiga — go‘zallikka oshna etadi, go‘zallikni mujassam etuvchi insonlarni sevishga, ardoqlashga, e’zozlashga o‘rgatadi. Shu jarayonda o‘zligini tanib, o‘zgalarga hamdard bo’ladigan kishiga, xalqimiz manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan yetuk insonga aylanadi. Ana shu yetuklikdan tug’iladigan ilmni, odamiylikni ma’naviyatimiz kamoli uchun sarflaydi. Ana shu jarayon ijrosiga oshiqaylik!

Faylasuf shoir Asqad Muxtor aytganlaridek:

Murg‘ak qalbda inson uyg‘onsin,

Ruhim o‘tsin, desang, bolamga,—

Avlodlarda yashamog’ing uchun

Yana el-yurt kerak odamga...

Teringga sig‘magan paytlar bo’ladi,

Omad kelganida, to‘yda, bayramda,

Quvonchlaring o‘rtoqlashish uchun

El-yurt kerak yana odamga...
Mustaqillik bergan omad tufayli yuzaga kelgan „ Adabiyot qoidalari“ sizning hukmingizga havola qilindi. Uni el-u yurt bo’lib baholasangiz, kamchilik va nuqsonlarini ko‘rsatsangiz — aziz do‘stga aylanasiz!

4. „ Adabiyot qoidalari“ ilmining tabiati haqida men aytgan „ qo‘shiqqa“ oshna bo’ldingiz. Bu oshnalikni umrbod do‘stlikka aylantirish ham, undan ertagayoq ajralish ham o‘zingizga — sadoqatingizga, mehringizga, saviyangizga, salohiyatingizga va yana ko‘p narsalarga bog’liq.



Bu ilm bir vaqtlar meni maftun etganidek, sizni ham o‘zining domiga tortsin, uni boyitadigan, to’ldiradigan, rivojlantiradigan darajadagi olim bo’lishingizga sabab bo’lsin; doim o‘zligingizni tanish, komil inson bo’lishingiz yo’lidagi sa’y-harakatingizga Baraka tilab qolamiz.

1 Введение в литературоведение, Mocквa, „Bысшая школa“, 1988, 14- bet.

2 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., „Yangi asr avlodi“, 2001, 131-bet.

3 Botir Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. X — XIX asrlar, T., „ O‘zbekiston“, 1993, 9-bet.

4 Xondamir. Makorim-ul-axloq. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967, 45-46 - betlar.

5 Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986, 21-bet.

6 B. Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. T., „O‘zbekiston“, 1993, 17-bet.

7 Abu Nasr Forobiy. She’r san’ati. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979, 39-bet.

8 Aristotel. Poetika (poeziya san’ati haqida). T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980, 22- bet

9 I. Karimov. Jamiyatimizning mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T., „ O‘zbekiston“, 7- jild, 89- bet.

10 Milliy Istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., „Yangi asr avlodi“, 2001, 93- bet.

11 Gulbadanbegim. Humoyunnoma. O‘zFA nashriyoti, T., 1959, 53-bet.

12 V. G. Belinskiy. Tanlangan asarlar. T., O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1955, 132-133- betlar.

13 Qarang: N. Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T, „ O‘qituvchi“, 1979, 48- bet.

14 Oybek. Adabiyot to‘g‘risida., T., „Fan“, 1985, 32-33- betlar.

15 Muhammad Yusuf. Yolg‘onchi yor. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994, 144- bet.

16 I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. T., „ O‘qituvchi“, 1980, 11- bet.

17 V. G. Belinskiy. Adabiy orzular. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 250-bet.

18 V. G. Belinskiy. Adabiy orzular. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 98-bet.

19 Y. G. Belinskiy. Adabiy orzular. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 101- bet.

20 A. Ulug‘ov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., „Universitet“, 2000, 14- bet.

21 H. Olimjon. MAT, 1-jild, T., „Fan“ 1979, 244-bet.

22 S. Ayniy. Sudxo‘rning o’limi. T., 1978, 176- bet.

23 Л. И. Тимофеев. Основы теории литературы. М., 1959, 53-bet.

24 Qarang: T. Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., „ O‘qituvchi“, 1979, 52-53-betlar.

25 Natan Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. T., „ O‘qituvchi“, 1976, 45-bet.

26 M. Qo‘shjonov. Oybek mahorati. T., „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyoti, 1965, 5-6-betlar.

27 A. Qodiriy. O‘tgan kunlar. T., 1980, 24-25-betlar.

28 A. Qahhor. Sarob. T., 1957, 4 - bet.

29 Oybek. Qutlug’ qon. T., 1980, 39-40- betlar.

30 Окляиский Ю. Рождение книги. М., 1973, 20-bet

31 Медведев П. В лаборатории писателя. М., 1971, 17-bet

32 Цейтлин А. Т. Труд писателя. М., 1971, 33-59-betlar

33 P. Shermuhamedov. Ruhiy dunyo ko‘zgusi. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. T., 1971, 3-bet

34 Qarang: Медведев П. В лаборатории писателя, 108-109-betlar

35 Окляиский Ю. По координатам жизни. (Веседа с Л. М. Леоновым.) Рождение книги. М., 1973, 289-290-betlar

36 Adabiyot nazariyasi. II jild. T., „Fan“, 1979, 96-97- betlar.

37 Oybek. E1 xizmatida. „Adabiyotimiz biografiyasi“. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1973, 152-153-betlar.

38 H. Qodiriy. Otam haqida. T., 1974, 76-77-betlar.

39 Qarang: U. Normatov. Talant tarbiyasi. T., „Yosh gvardiya“, 1980, 47- bet.

40 O‘sha kitob, 82- bet.

41 O‘sha kitob, 101- bet.

42 В. Г. Белинский. Собр. соч. в трёх томах, Т II., М., ГИХЛ, 1948, 188-bet.

43 H. Olimjon. MAT, I jild, T., „Fan“, 1979, 198-bet.

44 P. Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur, T., „ O‘zbekiston“, 1999, 4- bet.

45 B. Belinskiy. Adabiy orzular. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 104-105-betlar.

46 O‘sha asar, 103- bet.

47 A. Muxtor. Uyqu qochganda. T., „Ma’naviyat“, 1997, 19- bet.

48 Qarang: Введение в литературоведение, Mocквa, „Bысшая школa“, 1988, 205- bet; N. Hotamov, B. Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati, T., „O‘qituvchi“, 1979, 302- bet.

49 N. Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., „O‘qituvchi“, 1979, 117-bet.

50 O. Yoqubov. Ulug‘bek xazinasi. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994, 309- bet.

51 N. Rajabov. Ona tili. T., „Fan“ , 1999, 36-56-betlar.

52 Hojiakbar Islom Shayx. Tutash olamlar. T., „Yozuvchi“, 1993, 196- bet.

53 Abdulla Qodiriy. Kichik asarlar. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969, 71- bet.

54 Hotam Umr. Tirik nusxalar va bezovta qatralar. S., „Sug‘diyona“, 1999, 33- bet.

55 A. Qodiriy. O‘tgan kunlar. Mehrobdan chayon. T., 1994, 193- bet.

56 Abdulla Oripov. Ehtiyoj farzandi. T., „Yosh gvardiya“, 1988, 108-bet.

57 Zulfiya. Asarlar. Uch jildlik. Uchinchi jild. Kamalak. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986, 173-bet.

58 O‘zbek tili statistikasi, T., „O‘qituvchi“, 1993, 6-36-betlar.

59 Isomiddin Yormatov. O‘zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O‘quv qo’llanma), —T.: 1994, 132-bet.

60 V. G. Belinskiy. Adabiy orzular. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 107- bet.

61 Oybek. Adabiyot to‘g‘risida. T., „Fan“, 1985, 14- bet.

62 Ummat To‘ychiyev. O‘zbek poeziyasida aruz sistemasi. T., „Fan“, 1985, 212-bet (Bundan so‘ng asarning nomi va sahifalarini ko‘rsatamiz).

63 Ummat To‘ychiyev. O‘zbek poeziyasida barmoq sistemasi, T., „Fan“, 1966, 162- bet.

64 Ularning eng asosiylaridan ba’zilarini eslatamiz:


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish