Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet76/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

SHE’RIY SISTEMALAR
Tayanch tushunchalar

She’riy sistemalar: Sillabik, metrik, tonik, sillabo-tonik; barmoq, aruz, erkin.
Jahon she’riyatida asosan to‘rtta she’r sistemasi (tizimi) mavjud: sillabik, metrik, tonik, sillabo-tonik.

Sillabik she’r sistemasi bo‘g‘inlar miqdoriga asoslanadi. Unga o‘zbek, turk, ozarbayjon, uyg‘ur, polyak, farang, ispan, rumin xalqlari poeziyasidagi she’r tizimi kiradi.

Metrik she’r sistemasi bo‘g‘inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi va u grek, lotin, arab she’riyatiga xosdir.

Tonik she’r sistemasida urg‘uli hijolar o‘rtasidagi urg‘usiz bo‘g‘in nisbati erkin bo’ladi. Ritm hosil bo‘lishi prinsipiga qarab sillabik-tonik, dolnik, aksentli she’rlarga bo’linadi. Bu rus, ingliz, olmon she’riyatidagi mustaqil tizimdir.

Sillabo-tonik she’r sistemasi bo‘g‘inlarning urg‘uli, urg‘usizligiga, miqdori va tartibiga, izchil takrorlanishiga asoslanadi. Bu she’r sistemasi rus she’riyatining asosiy qismini tashkil qiladi.

Har bir she’riy sistema xalq tilining ichki imkoniyatlari, qudrati bilan yaratiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi — barmoqni milliy she’riy sistema sifatida bunyodga keltiradi.

„Parmoq vazni“ butun turklar uchun-da, biz o‘zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul „parmoq vazni bilan tizimlar, she’rlar yozar edilar“, deb ta’kidlaydi A. Fitrat.

O‘zbek she’riyatida ikkinchi — aruz sistemasi ham bor. A. Fitrat yozganidek, aruz — arablarnikidir. Ulardan forslarga o‘tgan va arab aruzi tuzatilib, kamchiliklari to’ldirilib, arab-fors aruzi holiga keltirilgan. Arab-fors aruzi O‘rta Osiyo xalqlari poeziyasiga ham kirgan. „Qutadg‘u bilig“ (XI asr) o‘zbek she’riyatidagi aruzda yozilgan dastlabki asar sanaladi. I. Sulton aruz va barmoq sistemalari orasida ma’lum birlik mavjud ekanligi (ritmning faqat bo‘g‘inlar miqdorining soni bilangina emas, balki har misraga kirgan bo‘g‘inlarning „sifati“— uzun va qisqaligi bilan tayin etilishi hodisasi)ni ta’kidlaydi va bu fikrni „o‘zbek xalqining poeziyasida ikki ritmik sistemani yaratilish fakti“ bilan izohlaydi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish