Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet12/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Xullas, adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlarni ifodalovchi bu shakllar (ularning hammasini qayd qildik, degan xulosadan yiroqmiz) davr taqozosiga ko‘ra rivojlanib, o‘zgarib bordi, ayni paytda, badiiy adabiyotning kamolot sayin rivojiga hamkor bo’ldi.
II. G‘arb mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyoti

G‘arbda adabiyot haqidagi ilmiy ma’lumotlar falsafa fani doirasida maydonga keldi.

Eramizdan oldingi IV asrda yashagan Aristotel (384 — 322) „Poetika“ va „Ritorika“ nomli asarlarida Homer, Sofokl, Evripid, Aristofan kabi san’atkorlarning asarlarini tahlil etdi. Uning “Poetika“ asari birinchi adabiyot nazariyasi kitobi sanaladi. Unda poeziya san’ati xususiyatlari — tasvirlash predmetining xilma-xilligi, aks ettirishning turli usullari, tragediya, komediya, dramaning mohiyati, ularning eposdan farqi, badiiy xarakter, til va fikr, turlar kabi nazariy muammolar izchil tekshiriladi. Ko‘pgina masalalar haqqoniy tarzda tahlil qilinadi. Birgina isbotni ko‘raylik: „Tarixchi va shoir shu bilan tafovutlanadiki, ularning biri haqiqatan bo‘lgan, ikkinchisi esa bo’lishi mumkin bo‘lgan voqea haqida so‘zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko‘proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi“.8 Uning adabiyot haqida ishlab chiqilgan dastlabki qoidalari yetuk ta’limot sifatida XVIII asrning oxirigacha estetik tushunchalarga nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.

G‘arbda Uyg‘onish adabiyotshunosligiga italiyalik insonparvarlar Franchesko Petrarka, Jovani Bokkacholar (XV) asos soldilar. Ular qatorida Aligeri Dante, Erazm Rotterdamskiy kabi ijodkorlar badiiy adabiyotni real hayotni o‘rganish bilan bog‘liqlikda olib borishga intildilar.

XVII asrga kelib klassitsizm qoidalari ishlana boshlandi. Fransuz adibi Nikola Bualo „Poeziya san’ati“ (1674) nomli asarida klassitsizmning makon, zamon va harakat birligi nazariyasiga asos soldi; tabiat go‘zalligidan ilhomlanib, aql-u idrok va yuksak axloqqa mos keluvchi asarlar yaratish tamoyillarini ilgari surdi.

Fransuz Deni Didro („Dramatik poeziya haqida“), nemis Gotxold Lessing („Loakoon yoki tasviriy san’at bilan poeziya chegaralari haqida“)lar realistik dramaturgiya tamoyillarini yaratdilar; voqealar mohiyatini chuqur yoritgan holda realistik tasvirlash qoidasini ilgari surdilar.

XVIII asrda G‘arbda ma’rifatchilik g‘oyalari keng tarqaldi. Nemis yozuvchilari I. Gyote, F. Shiller, adabiyotshunos I. Gerderlar adabiyotga hayotni o‘zgartiruvchi, tushuntiruvchi vositalardan biri deb qaradilar; adabiyotni xalq ruhining in’ikosi tarzida baholadilar.

XIX asrning boshlarida nemis faylasufi G. F. Gegel „Estetikadan leksiyalar“ida adabiyot nazariyasining muhim masalalarini chuqur yoritdi, „Adabiyot obrazlar orqali fikrlash“ san’ati ekanligini ishonchli asosladi.

XIX asr rus revolutsion-demokratlari materialistik adabiyotshunoslikning yuzaga kelishiga katta hissa qo‘shdilar. V. G. Belinskiy (1811 - 1848), A. G. Chernishevskiy (1828 - 1889), N. A. Dobrolyubov (1836 — 1861)lar adabiyotning yuksak g‘oyaviyligi, xalqchilligi, obrazliligi, estetik xarakteri, yaxlitligi, badiiyligi, badiiy asar pafosi kabi ta’limotlarni asosladilar. Ayniqsa, bu sohada V. Belinskiyning „Aleksandr Pushkin asarlari“, „Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi“, „Gogolga xat“, N. Chernishevskiyning „San’atning voqelikka estetik munosabatlari“, N. Dobrolyubovning „Zulmat ichra nur“, „Haqiqiy kun qachon keladi?“ kabi asarlari materialistik estetikani anglashda, realizm va tanqidiy realizm metodlari qonuniyatlarini ilmiy tushunishda bebahodir. V. Belinskiy „G‘oyasiz san’at — murdaning o‘zidir“ desa, N. Chernishevskiy „Eng go‘zal narsa hayotdir“ deb tasdiqladi.

Uning ta’limoti XX asr sovet adabiyoti uchun metodologik asos vazifasini o‘tadi.

XX asrga kelib Sharq-u G‘arb adabiyotshunosligi birlashdi: ularning yutuqlari umumlashtirildi. Natijada adabiyotshunoslikning biz yuqorida ta’kidlagan asosiy va qo‘shimcha sohalari alohida-alohida fan sifatida shakllandi va rivojlandi.

Birgina „Adabiyotshunoslikka kirish“ fanini nazarda tutsak, bu fan qonuniyatlarini bevosita o‘rganuvchi ko‘plab darslik va qo‘llanmalar yaratilganiga voqif bo’lamiz. Bular: Abdurauf Fitratning „Adabiyot qoidalari“ (1926), N. Shukurov, N. Hotamov, Sh. Xolmatov, I. Mahmudovlarning „Adabiyotshunoslikka kirish“ (1979) darsligi, To‘xta Boboyevning „Adabiyotshunoslikka kirish“ o‘quv-metodik qo’llanmasi (1979), E. Xudoyberdiyevning madaniyat va san’at institutlari talabalari uchun „Adabiyotshunoslikka kirish“ (1995) darsligi, Abdulla Ulug‘ovning „Adabiyotshunoslikka kirish“ (2000) o‘quv qo’llanmasi, Hotam Umurovning „Adabiyotshunoslikka kirish“ dasturi, „Test va ko‘rgazmalilik“ metodik qo’llanmasidir.

Biroq istiqlol berayotgan tarixiy o‘zgarishlar barcha ijtimoiy fanlarni, shu jumladan, adabiyotshunoslikning ham mohiyatini qayta idrok etishga chorlamoqda. Milliy Istiqlol mafkurasiga tayangan holda yangicha ilmiy talqin va tahlil qilishni kun tartibiga chiqardi.

Agar biz Prezidentimiz I. A. Karimov yozganidek, „Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo’lishga qodir g‘oyani jamiyat mafkurasi deb bil“9sak, Milliy Istiqlol mafkurasi „xalqni xalq, millatni millat“ qilishga safarbardir. Zero, u mustaqillik va ozodlik, erk va adolat, tinchlik va Vatanga muhabbat, obodonchilik va farovonlik, qadr-qimmat va mehr-u oqibat, go‘zallik va nafosat, sabr-bardosh va mehnatsevarlik, hurfiklilik va diniy bag‘rikenglik, ma’rifat va ma’naviyatparvarlik kabi insoniy xususiyatlarni yuzaga chiqarar. Shuning uchun ham „Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ijtimoiy darajadagi milliy o‘zlikni anglata olishidadir“10.

Mana shu mafkura asosida yotgan ulug‘vor g‘oyalarni, ayniqsa, komil inson g‘oyasini ham milliy, ham umumbashariy mohiyatini ochish, uni obrazli ifodalash — adabiyotning va uning tadqiqi — adabiyotshunoslik ilmining vazifasidir.

Shu asoslar sababidan Milliy Istiqlol mafkurasi adabiyotning partiyaviyligi va sinfiyligi tushunchalarini rad etdi. Adabiyot partiyaga emas, balki komil insonni yaratish uchun xizmat qilishi lozimligini tasdiqladi. Adabiyot barcha insonlarga — boyga ham, o‘rtaholga ham, kambag‘alga ham hayot darsligi vazifasini o‘tashi kerakligini, adabiyotimizni diniy-mistik adabiyot, saroy-feodal adabiyoti, tasavvuf yoxud so‘fizm adabiyoti, o‘zbek jadid adabiyoti kabi bo’laklarga bo’lib, uni regressiv xarakteridagi yo‘nalish deb atashning beburdligini (So‘fi Olloyor, Naqshband, Ahmad Yassaviy, Feruz, Husayn Boyqaro...) tushuntirdi, ularni o‘rganishni yo’lga qo‘ydi. Xalq uchun ular ham darslik ekanini isbotladi.

Badiiy asarning tahlil va talqini har jihatdan yetuk va komil inson tasvirini o‘rganishga qaratilishi adabiyot ilmining mazmunini tamoman o‘zgartirdi.

Shunga o‘xshash yangi asoslar, dalillar „Adabiyotshunoslikka kirish“ning zamonaviy nusxasini yaratishni talab etadi. Biz yaratilgan darslik va qo’llanmalarning mag‘zidan, Izzat Sulton, O. Sharafiddinov, M. Qo‘shjonov, U. Normatov, N. Xudoyberganov, M. Ibrohimov, R. Orzibekov, U. To‘ychiyev kabi o‘zbek olimlarining so‘nggi izlanishlaridan, jahon va qardosh adabiyotshunoslar (R. Uellik, O. Uorren, G. Markevich, N. Pospelov, P. Nikolayevich, I. Volkov, G. Abramovich, R. Musulmoniyon kabi)ning tajribalaridan foydalanamiz.

Milliy Istiqlol mafkurasiga va adabiyotning mohiyatiga mos keladigan ilmni imkonimiz darajasida yaratishga, Siz aziz talabalar bilan birgalashib, ijod etishga kirishamiz.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish