Generator va iste’molchi fazalari oxirgi uchlarini tegishlicha 0 va 0' nuqtalarga ulash yulduz usulda ulash deyiladi (23-rasm) va «» belgisi bilan belgilanadi, 0 va 0' nuqtalar generator va iste’molchining nolinchi (yoki neytral) nuqtalari deyiladi. Ana shu nuktalarni birlashtiruvchi sim nolinchi (yoki neytral) sim deyiladi. Manba va iste’molchi bir nomli fazalarining bosh uchlarini birlashtiruvchi simlar liniya simlar deyiladi. Ana shu simlardan o‘tadigan I A, I V, I S, toklar liniya toklari deyiladi va ular Il deb belgilanadi.
23-Rasm. Manba va iste’molchilarni to‘rt
simli
yulduz usulida ulash.
Manba va
iste’molchining bir nomli fazalaridan o‘tadigan IA, IV, IS, toklar faza toklari deyiladi va ular If deb belgilanadi. YUlduz usuli
bilan ulashda manba va iste’molchining bir nomli fazalari ketma-ket ulangani uchun liniya va faza toklari o‘zaro teng bo‘ladi:
IlIf
Ixtiyoriy liniya simi bilan (manba yoki iste’molchining bosh uchi) nolinchi sim orasidagi kuchlanish faza kuchlanishi deyiladi va ular tegishlicha UA, UV, US (yoki Uf) tarzda belgilanadi. Istalgan ikkita liniya simi orasidagi kuchlanish liniya kuchlanishi deyiladi:
Ul Uf
Iste’molchining faza qarshiliklari ZA, ZV, ZS, uch fazali manbaning faza kuchlanishiga ulansa, u xolda iste’molchining xar bir fazasidagi tok va quvvat koeffitsienti quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
IA UA ; IV UB ; IS US ; yoki If UF sos f RF ; sin f XF
ZA ZB ZS ZF ZF ZF
Nolinchi simdan o‘tadigan tok I0 tarzda belgilanadi. Kirxgofning birinchi qonuniga muvofiq nolinchi simdagi tok liniya toklarining geometrik yig‘indisiga teng, ya’ni
Ī0 ĪA ĪV ĪS
24-rasmda aktiv-induktiv xarakterdagi nosimmetrik yuklama uchun kurilgan faza kuchlanishlari va toklarining vektor diagrammasi ko‘rsatilgan.
Avval ixtiyoriy 0 nuqtadan UA, UB, UC faza kuchlanishlarining vektorlari 1200 farq bilan
chiziladi. So‘ngra IA, IB, IC faza toklari kuchlanishlari nisbatan, A, V, S, kechikuvchi burchaklar ostida chizilib, tok I0-ning qiymati aniqlanadi. To‘rt simli sistemada uch fazali zanjirning har bir fazasi mustaqil zanjir hisoblanadi. Faza qarshiliklarining qiymatidan qat’iy nazar uchala faza kuchlanishi o‘zaro teng, ya’ni UAUBUCUf. Biron fazadagi qarshilikning o‘zgarishi shu fazada va nolinchi simdagi tokning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Agar nosimmetrik yuklamada nolinchi sim uzilsa, yuklamasi kichikroq fazaning kuchlanishi nominaldan ortib ketib, shu fazadagi qarshilik qiziydi yoki kuyib
ketadi. YUklamasi kattaroq fazaning kuchlanishi esa nominaldan kamayib, tarmoqdan kamroq quvvat oladi. SHuning uchun nosimmetrik yuklamada faza kuchlanishlarining simmetriyasini saqlash maqsadida nolinchi simga saqlagich qo‘yilmaydi.
Uch fazali notekis yuklamaga, asosan, elektr yoritish asboblari va maishiy iste’molchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |