Uch fazali zanjirlarning quvvati
Manba va iste’molchilarning uch simli yulduz usulda ulash
Generatorning fazalariga ulanadigan qarshiliklar o‘zaro teng (ZAZBZC) va bir xil xarakterga, ya’ni bir xil sig‘im va induktivlikka ega bo‘lsa, bunday yuklama simmetrik hisoblanadi. Simmetrik yuklamada liniya toklarining geometrik yig‘indisi nolga teng, ya’ni
Ī0 ĪA ĪV ĪS 0
25-Rasm. Manba va iste’molchilarni uch simli yulduz usulida ulash.
rasmda ko‘rsatilgan vektor diagrammasidan ko‘rinadiki, simmetrik yuklamada nolinchi simdan tok o‘tmaydi. U holda nolinchi simga ehtiyoj qolmaydi, manba va iste’molchini uch simli yulduz usulida ulash mumkin bo‘ladi. Uch fazali simmetrik iste’molchilarga uch fazali simmetrik yuklamada hosil qiluvchi barcha iste’molchilar misol bo‘ladi.
MS. Uch simli sistemada neytral simni erga ulash nima uchun zarur?
Iste’molchilarni uchburchak usulida ulash
Uch fazali tok faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 1200 siljigan bir xil davrli (yoki bir xil chastotali) uchta tok sistemasi. Generator statori (yakori) chulg‘amlarida induksiyalanadigan uchta EYUK-ni faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 1200 burchakka siljigan sinusoidalar tarzida tasvirlanadi. Bunday sinusoidalarning stator chulg‘amlaridagi EYUK-ning amplituda qiymatini biror masshtabda tasvirlaydigan va bir-biriga nisbatan 1200 burchakka siljigan uchta vektorni aylantirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Uch fazali zanjirlarning uchburchak usulida ulashda birinchi fazaning oxiri ikkinchi fazaning boshi bilan, ikkinchi fazaning oxiri uchinchi fazaning boshi bilan, uchinchi fazaning oxiri birinchi fazaning boshi bilan ulanadi. Fazalarning ulanish tugunlariga liniya simlari ulanadi. 26-rasmdagi sxemadan ko‘rinadiki, iste’molchilar faza qarshiliklari ZAV, ZVS, ZSA har juft A-V, V-S, S-A liniya simlariga ulangan.
26-Rasm.
Iste’molchilarni uchburchak usulida ulash.
liniya va faza kuchlanishlari o‘zaro teng bo‘ladi:
Demak, iste’molchi uchburchak usulda ulanganda uning har bir fazasi manbaning liniya kuchlanishiga ulanar ekan. Bunday ulash sxemasida
UlUf
Iste’molchining faza qarshiliklari yulduz yoki uchburchak usulida ulash liniya kuchlanishining qiymatiga va iste’molchining qanday nominal kuchlanishga mo‘ljallanganiga bog‘liq. Masalan: pasportida «YΔ-380220» yozuvi bo‘lgan uch fazali asinxron dvigatelni liniya kuchlanishi Ul 380 v-li tarmoqqa yulduz usulida, liniya kuchlanishi Ul 220 v-li tarmoqqa esa uchburchak usulida ulash
mumkin. Agar Ul380 v-li tarmoqqa uchburchak usulda ulansa, Unom Ul 380 v bo‘lib, stator chulg‘amlari kuyib ketadi. Agar Ul 220 v-li tarmoqqa yulduz usulda ulansa, Unom Uf 127 v bo‘lib, dvigatel to‘la quvvat bilan ishlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |