III BOB. VODOROD
25-§. VODOROD KIMYOVIY ELEMENTI
1. «Yonuvchi havo» kim tomonidan kashf etildi?
A)G.Kavendish B) A.Lavuazye
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
2. Vodorod to‘ldirilgan shar havoga kim tomonidan uchirildi?
A) G.Kavendish B) A.Lavuazye
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
3. «Yonuvchi havo» suv tarkibiga kirishi kim tomonidan aniqlangan?
A) G.Kavendish B) A.Lavuazye
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
4. «Yonuvchi havo»ga «gidrogenium» (Hydrogenium) nomi kim tomonidan berildi?
A) G.Kavendish B) A.Lavuazye
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
5. Quyidagi javoblardan suv yaratuvchi degan ma’noni bildiruvchi so‘zni toping?
A) oksigenium B) gidrogenium
C) natrium D) nitrum
6. Vodorodning 1H1 izotopi kim tomonidan kashf etildi?
A) G.Kavendish B) G.Yuri
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
7. Vodorodning 1D2 izotopi kim tomonidan kashf etildi?
A) G.Kavendish B) G.Yuri
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
8. Vodorodning 1T3 izotopi kim tomonidan kashf etildi?
A) G.Kavendish B) G.Yuri
C) Jak Sharl D) M.Olifamta
9.Vodorodning nisbiy molekular massasi nechaga teng?
A) 2,0156 B) 4,0312
C) 1,0078 D) 0,99
10. Vodorodning nisbiy atom massasi nechaga teng?
A) 2,0156 B) 4,0312 C) 1,0078 D) 0,99
11.Vodorod erkin holda qayerlarda uchraydi?
1) faqat birikmalar holida; 2) erkin holatda juda oz miqdorda; 3) vulqon otilganda boshqa gazlar bilan birgalikda ajraladi; 4) neft qazib olishda boshqa gazlar bilan birgalikda ajraladi; 5) yer silkinishlarida boshqa gazlar bilan birgalikda ajraladi.
A) 2,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1
12. Tabiatda qaysi element eng ko‘p birikma hosil qilgan elementdir?
A) kislorod B) azot
C) vodorod D) uglerod
13. Vodorod Yer po‘stlog‘i, suv va havoning birgalikdagi massasining qancha qismini tashkil etadi?
A) 25% B) 13,5% C) 088% D) 80%
14. Koinotda qaysi element eng ko‘p tarqalgan elementdir?
A) kislorod B) azot C) vodorod D) uglerod
15. Quyosh va boshqa yulduzlar massasining asosiy qismini qaysi element tashkil etadi?
A) kislorod B) azot C) vodorod D) uglerod
16. Koinotdagi nimalarning tarkibida vodorod uchraydi?
A) gazsimon tumanliklar B) yulduzlararo gaz
C) yulduzlar tarkibida
D) berilganlarning barchasi
17. Yulduzlar qa’rida sodir bo‘ladigan qaysi termoyadro reaksiyasidan ajralib chiqadigan energiya ko‘plab yulduzlar va Quyosh uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi?
A) vodorod molekulasining hosil bo‘lishi
B) vodorod atomlarining hosil bo‘lishi
C) vodorod atomlari geliy atomlariga aylanishi
D) vodorod molekulasining suyuqlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |