BIRINCHI GURUHNING S–ELEMENTLARI.
30-MA’RUZA.
VODOROD-DAVRIY SISTEMANING BIRINCHI ELEMENTI. VODOROD ATOMI TUZILISHINING O’ZIGA XOSLIGI. TABIATDA TARQALISHI. FIZIKAVIY VA KIMYOVIY XOSSALARI.
Davriy jadvalda birinchi element - vodorod (Hydrogenium), suv hosil qiluvchi element bo`lib, atomi eng oddiy elektron tuzilishi - 1s1 ga ega.
Bu element 1776 yilda ingliz olimi G. Kavendish vodorodni kashf etib, uni "yonuvchi havo" deb atagan. Lavuaze 1783 yilda eng birinchi bo`lib suvdan vodorodni olib, suv vodorod va kislorodning birikmasi ekanligini isbotlagan vodorodga "Hydrogenium" nomi berilishini taklif qilgan.
Tabiatdagi vodorod asosan protiy (99,98 %) va deyteriy (0,02 %) dan tashkil topgan. Tritiy esa juda kam miqdorda (10-7 %) uchraydi. Uchinchi izotopi radioaktiv xossaga ega bo`lib, litiyning neytronlar bilan nurlanishi natijasida hosil bo`ladi:
(geliy izotopi)
Umumiy tavsif. Vodorod gazsimon holatda nisbatan aktiv bo`lgani uchun tabiatda juda kam miqdorda (tabiiy gazlar va vulqon gazlari tarkibida) erkin holdagi vodorod uchraydi. U koinot elementlarining asosiy qismini tashkil etadi. Quyoshning qariyib yarmi, yulduzlarning va Yupiter, Saturn sayyoralarining asosiy qismi vodoroddan iborat.
Vodorod suvning 11,11% ni tashkil etadi. O`simlik va hayvon organizmida, neft va gaz tarkibida vodorod asosiy elementlardan biri sifatida mavjud.
Zamonaviy davriy jadvalda vodorod I davr VIIA guruhchada joylashgan. Uning davrdagi qo‘shnisi He, guruhdagi qo‘shnisi esa F dir.
Vodorod birikmalarda metallmaslarga xos –1, metallarga xos +1 oksidlanish darajalarini namoyon etadi.
Olinishi: Vodorodni laboratoriya sharoitida kislotalarga (HNO3 dan tashqari) Zn, Mg metallarini ta`sir ettirib yoki aktiv metallarni suvga ta'sir ettirib olinadi:
Zn + 2HCl ZnCl2 + H2(gaz)
Mg + H2SO4(s) MgSO4 + H2(gaz)
Ca + 2H2O → Ca(OH)2 + H2
Sanoatda vodorod turli usullar bilan olinadi.
a) Suvni elektroliz qilish:
2H2O 2H2(gaz) + O2
Bu jarayon unumini oshirish uchun suvda Na2SO4, KNO3 kabi kuchli elektrolitlar eritilib, elektroliz qilinadi. Bu usuldan foydalanib, laboratoriyada ham vodorod olish mumkin.
b) Suvni konversiyalash (buzish, o`zgartirish): Suv bug`lari cho`g`lanib turgan ko`mir (koks) ustidan o`tkaziladi:
C + H2O CO + H2
Hosil bo`lgan gazlar aralashmasi "suv gazi" deb ataladi.
CO + H2 + H2O CO2 + 2H2
d) Metanni konversiyalash bilan:
CH4 + H2O CO + 3H2
g) Metanni piroliz qilish va chala oksidlash reaksiyasi yordamida:
CH4 C + 2H2
2CH4 C2H2 + 3H2
2CH4 + O2 2CO + 4H2
Vodorodning fizikaviy xossalari: Vodorod ikki atomli molekulyar gazsimon modda. Rangsiz, mazasiz, hidsiz, eng engil (ρ = 0,089 g/l), suvda juda oz eriydi (1 hajm suvda 0,02 hajm vodorod). Issiqlik o‘tkazuvchanligi havodan 6 marta yuqori. Nodir metallar, ayniqsa, palladiyda yaxshi adsorbsiyalanadi (1 hajm Pd da 800 hajmgacha vodorod).
Kimyoviy xossalari: Vodorodning kimyoviy xossasi uning atomidagi 1 ta elektroni borligi va odatdagi sharoitda 2 atomli molekula – H2 hamda uning parchalanish energiyasi 435 kj/mol ekanligi bilan tushuntiriladi.
Atomar holdagi vodorod xona sharoitida juda qisqa vaqt mavjud bo`lib, tezda H2 hosil qiladi:
H + H → H2;
ko`pincha atomar vodorod kislotalarga metall ta`siri, suvning elektrolizi jarayonida hosil bo`ladi.
Molekulyar vodorod havo kislorodi ta`sirida ko`kimtir alanga berib yonadi. 2 hajm vodorod va 1 hajm kislorod gazlari aralashmasi "qaldiroq gaz" deb ataladi:
H2 +½ O2 → H2O; H = –285,5 kJ/mol.
Bu reaksiyadan o`tga chidamli metallarni qirqish va payvandlashda foydalaniladi.
Vodorod gaz holatda birmuncha inert. U ftor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, xlor bilan quyosh ta`sirida, boshqa galogenlar bilan biroz qizdirilganda reaksiyaga kirishib, qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi:
H2 + F2 → 2HF
H2 + Cl2 2HCl
H2 + J2 2HJ
Oltingugurt, fosfor, azot va uglerod ma`lum sharoitda vodorod bilan birikib, tegishli birikmalarni hosil qiladilar. Bu reaksiyalarda ham vodorod +1 oksidlanish darajasiga o`tib, qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi:
H2 + S → H2S
3H2 + N2 ↔ 2NH3
Vodorod qizdirilganda metallar bilan birikadi. Bunda vodorod atomi metall atomidan elektronlarni biriktirib olishi tufayli oksidlovchilik xossasini namoyon qiladi va –1 oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi:
2Na + H2 → 2NaH
Ca + H2 → CaH2
2Al + 3H2 → 2AlH3
Bu birikmalar metall gidridlari deb ataladi va qattiq holda bo`lib, ularda bog`lanish ionli tabiatga ega. Bu moddalar suv bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kirishib, metall gidroksidi va vodorod gazini hosil qiladi:
CaH2 + 2H2O → Ca(OH)2 + 2H2
2NaH + 2H2O → 2NaOH + 2H2
Yuqoridagi metallar va metallmaslarning vodorod atomi bilan ta`sirlashuvi vodorodning bir vaqtda galogenlarga o`xshash gazsimon holatga o`tishi va ular singari oksidlovchilik xossasini namoyon qilib, –1 oksidlanish darajasidagi birikmalari hosil bo`lishini, ikkinchi tomondan ishqoriy metallar singari bitta elektronini oson berib, (qaytaruvchi) +1 oksidlanish darajasidagi birikmalar hosil qilishini ko`rsatadi. Shu sababli, davriy jadvalda vodorod elementi I va VII guruh elementlari qatoriga kiritilgan.
Vodorod gazi kuchli qaytaruvchi modda sifatida ba`zi metallarning oksidlari bilan ta`sirlashib, metallarni ularning oksidlaridan ajratib chiqaradi:
Fe2O3 + 3H2 → 2Fe + 3H2O,
CuO + H2 → Cu + H2O,
WO3 + 3H2 → W + 3H2O.
Vodorodning keng tarqalgan birikmalari qatoriga suv, vodorod peroksidi, organik moddalar, neft mahsulotlari va tabiiy gazlar kiradi.
Vodorodning muhim birikmasi suv hisoblanadi. Suv massa jihatidan 11,11 % vodorod va 88,89 % kisloroddan iborat. Suv molekulasida bog‘ ( HOH) burchagi 104,5o ga teng. Suv molekulasida kuchli qutblangan kovalent bog‘lanish mavjud bo‘lib, buning natijasida zaryadlangan molekulalar o‘rtasida vodorod bog‘lanish vujudga keladi. Shuning uchun boshqa xalkogenlar gidridlari (H2S, H2Se, H2Te) ga nisbatan suyuqlanish harorati yuqori bo‘ladi. Uning suyuqlanish harorati 0oC, qaynash harorati 100oC. 20oC dagi issiqlik sig‘imi 4,18 J/g·K, 0oC dagi issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,598 J/m·sek·K.
Kimyoviy nuqtai nazardan suv ancha aktiv modda. Suv ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, ularning oksidlari, aktiv metallmaslar, kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2Na + 2H2O 2NaOH + H2,
2K + 2H2O 2KOH + H2,
Ca + 2H2O Ca(OH)2 + H2↑
Li2O + H2O 2LiOH,
2H2O + 2F2 4HF + O2 ,
Cl2 + H2O HCl + HClO,
SO3 + H2O H2SO4.
Boshqa metallar bilan yuqori haroratda ta'sirlashib, oksid hosil qiladi.
2Al + 3H2O Al2O3 + 3H2
Ko‘plab tuzlar suvda gidrolizga uchraydi.
Al2S3 + 6H2O 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑
Suv kuchli erituvchi bo‘lib, ko‘plab qutbli moddalar suvda eriydi. oddiy suvda massa jihatdan 0,02 % og‘ir suv D2O (D – deyteriy) bo‘ladi.
Vodorodning yana bir muhim birikmalaridan biri vodorod peroksiddir. Vodorod peroksid H2O2 –0,8oC da suyuqlanadigan va 152oC da qaynaydigan suvga nisbatan quyuq suyuqlik (ρ=1,47 g/ml). oddiy sharoitda H2O2 parchalanadi. Yorug‘lik nuri va katalizatorlar (MnO2, kuchsiz ishqoriy muhit v.b.) ta'sirida parchalanish tezlashadi.
2H2O2 2H2O + O2↑
Vodorod peroksid kuchsiz kislota. Uning tuzlari to‘liq gidrolizga uchraydi.
H2O2 kuchli oksidlovchi ( =1,77 V).
MnSO4 + H2O2 + 2KOH MnO2 + K2SO4 + 2H2O,
H2O2 + 2KJ + H2SO4 K2SO4 + J2 + 2H2O,
2KCrO2 + 3H2O2 + 2KOH 2K2CrO4 + 4H2O,
PbS + 4H2O2 PbSO4 + 4H2O.
Kuchli oksidlovchilar oldida esa qaytaruvchi vazifasini o‘taydi.
2KMnO4 + 5H2O2 + 3H2SO4 5O2 + K2SO4 + 2MnSO4 + 8H2O,
2KMnO4 + 3H2O2 + 4H2O 2MnO2 + 3O2 + 6H2O + 2KOH.
Vodorod peroksid antiseptik va oshlovchi modda sifatida, raketa yoqilg‘isi oksidlovchisi va kislorod manbaasi sifatida ishlatiladi.
Eng yengil metall litiyni 1817 yil shved kimyogari Iogann Avgust LiAl[Si4O10]-petalit mineralidan olgan. Bertselius bu elementga “litiy” nomini taklif qilgan. U mineraldan topilgan birinchi ishqoriy metall. Uning nomi grekchadan kelib chiqqan va “Litos” – tosh ma’nosini anglatadi. Natriy birikmalari insonlarga qadim zamonlardan ma’lum. Natriy xlorid tuz-oziqovqat maxsulotlarining sifatini oshirishda ancha vaqtlardan beri ishlatilib kelinadi. Qadimgi
greklar ichimlik sodasini bilishgan, alximiklarga natriy gidroksid ma’lum bo’lgan. Natriy oddiy modda sifatida 1807 yil Angliyalik olim Gemfri Devi tomonidan ochilgan.
Devi qattiq natriy gidroksidni elektroliz qilib metal holidagi natriyni olgan va uning birikmalarini birinchilardan bo’lib o’rgangan. Devi soda deb nomlagan bo’lsada, aslida ham element nomi grekchada “nitron” – soda ma’nosini anglatadi. (o’yuvchi natriy kaustik soda deb ataladi).
Kaliyni Gemfri Devi natriydan bir oz avvalroq qattiq kaliy gidroksidni elektroliz qilib olgan. Element nomi arabchadan olingan bo’lib, “al kali”-ishqor na’nosini anglatadi;
Devi uni potash deb nomlagan va u nom Angliyada saqlanib qolgan (inglizchada o’yuvchi kaliyo’yuvchi potash). Rubidiy 1861 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert Kirxgof tomonidan ochilgan. Element lipedolit mineralini spectral analiz qilish orqali aniqlangan.
Bu mineral spektrida to’q qizil rang hosil bo’lganligi rubidiy borligidan dalolat beradi. Birinchi marta Robert Vilgelm Bunzen metallsimon rubidiyni olishga erishgan. Uning nomlanishi lotincha “Rubidus” ya’ni to’q qizil degan ma’noni anglatadi.
Seziyni 1860 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert Kirxgoflar spektrlarda ikkita yorqin ko’k chiziq hosil bo’lganligidan aniqlashgan. Uning nomi lotinchadan olingan bo’lib, “sezius” - havorang-ko’k.
D.I.Mendeleyev tomonidan № 87 elementning kashf etilishi oldindan aytib o’tilgan. Radioaktiv element xisoblangan Fransiyni 1939 yil fransuz olimi Margarita Per ochgan. Uning nomi Fransiya davlati hurmatiga qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |