1.Quyida berilganlarning nechtasi bitishuvli so‘z birikmasiga mansub?
o‘qimay qo‘ydi; indamay o‘tirdi; sog‘inib keldi; ikkilanmay javob berdi; ataylab kelganmiz; ko‘risha ketdi; yig‘lab qoldi
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
2.“Sohibqiron” dramasida kimning otasi Amir Temurga sarboz
bo‘lib, Dehli jangida shahid ketgan edi?
A) Barlos Baxodirning B) Alovuddinning
C) Buqalamunning D) Yasovul Qosimbekning
3.Berilganlardan paronim juftiga ega omonim so‘zlarni
aniqlang. 1) shox; 2) asr; 3) burch; 4) rux; 5) sanat; 6) tus A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 6
4.«Fanorchi ota» hikoyasi (Oybek), «Sariq devni minib» romani (X. To‘xtaboyev), «Zaharli hayot» pyesasi (Hamza)
va «Kuntug‘mish» dostoni o‘rtasidagi umumiylikni aniqlang.
A) salbiy xarakterli bosh qahramonning asar yakunida ijobiy xislatlarni o‘zida namoyish etishi
B) yolg‘on ishlatishning jazosi ko‘rsatilganligi
C) yordan judo bo‘lish epizodining mavjudligi
D) Qosim ismli qahramon mavjudligi
5.To‘ng‘ich bilan o 'rtancha
Shovqin solib, mushtlashib,
Yetishibdi mozorga.
Kelmon-u bel ushlashib.
Ushbu she'riy parchada teng bog‘lanish(lar) qaysi gap
bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qilgan?
A) ega, kesim B) ega, hol, to‘ldiruvchi
C) ega, aniqlovchi, hol D) ega, hol, kesim
6.Quyidagi qaysi gaplarda yordamchi so‘zlar ikki o‘rinda ishtirok etmagan?
A) Dov daraxt, o't-o'lan xuddi yer kabi oltin tus oldi.
B) Men bir narsaga qattiq ishonamanki, hayotimdagi og‘ir va baxtiyor kunlarda doim buvimning ruhi menga madad bo‘lib kelyapti. C) Dunyoda kechayotgan tabiat tanazzulini o‘ylaganimdayoq
dilimdan og‘riqli nido otilib chiqadi-ya!
D) Тalabalik yillarim dugonalarim biznikiga kelishini
buvijonim ham juda yaxshi ko‘rardi
7.Holning uch ma'noviy turi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tuman tarqalguncha yo‘l topolmay qiynaldik, shuning
uchun qishloqqa kechga yaqin kirib bordik.
B) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib. yubordi.
C) Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda ona degan nom.
D) To‘ng‘ich bilan o‘rtancha Shovqin solib, mushtlashib,
Yetishibdi mozorga, Ketmon-u bel ushlashib.
8.Jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni tinch-totuv va osoyishla yashashga, Vatanni yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘iday
asrashga va uni himoya qilishga da’vat etadi.
Berilgan gapda tobe va hokim qismlari fe'l bilan ifodalangan
boshqaruv munosabatli so‘z birikmalari nechta?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3
9.Quyidagi so‘zlarning nechtasi ham bir turkum, ham turli turkum doirasida omonim bo‘la oladi?
Tovon, savdo, o‘t, qon, ot
A) 3tasi B) 4tasi C) 5tasi D) 2tasi
10.Quyidagi qo‘shimchalardan nechtasi omonim qo‘shimcha sanaladi?
-a, -q, -qi, -ar, -ay, -la, -illa, -ma, -y, -ing.
A) 9 tasi B) 8 tasi C) 7 tasi D) 6 tasi
11.Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni belgilang.
1) nomoyish; 2) namoyon; 3) tomosha; 4) madomiki;
5) muhokama; 6) fuqoro
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4
12.Quyida berilgan qaysi so‘zlarning yetakchi morfemasi va
yasalish asosi bir xil shaklda bo‘ladi?
1) salomlash; 2) temirchilik; 3) kulolchilik;
4) ustachilik; 5) atama
A) 1, 3, 4, 5 B) 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 5
13.Ilohi kelmasin senga mahosil,
Qaytayin, bo‘lmadi maqsudim hosil,
Yurarga quvvating, holing qolmasa
Kel, orqamga ko‘tarayin bir fasl.
Bu parchada qaysi asar qahramoni kimga murojaat qilgan?
A) "Rustamxon" dostonida Rustam Oftoboyimga.
B) "Alpomish" dostonida Barchin Hakimbekka
C) "Ravshan" dostonida Zulxumor Ravshanga
D) "Kuntug‘mish" dostonida Kuntug‘mish Xolbekaga.
14.Quyida berilganlardan tobe qismi paronim juftiga ega bo‘lgan so‘z birikmalarini aniqlang.
1) tuzini ko‘rmoq; 2) achinarli hol; 3) yaroqli ashyo;
4) hayot ramzi; 5) novdani egmoq; 6) o‘quvchining burchi
A) 1, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 3
15.Qaysi gapdagi ega tarkibida ham til orqa, ham chuqur til orqa undosh ishtirok etgan?
A) O‘qigan o‘qdan oshar.
B) Hozir zamon o‘qiganniki.
C) Bir yil oldin bu yerda katta yig‘ilish o‘tkazilgan.
D) Buni oldindan bilganing yaxshi
16.Uch o‘rinda omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) -dosh; 2) -oq; 3) -iq; 4) -dir; 5) -ar; 6) -qin; 7) -g‘ich
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 7 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5
17.Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida ko‘chma ma’noli so‘zning hosil bo‘lishi qaysi gapda uchraydi?
A) Nafasi tomog‘ iga tiqilib, gapirishi qiyinlashdi
B) Labing tegsa, hasad qilgum Gilos birlan uzumdan ham. C) Qator-qator o‘tqazilgan yosh va nimjon nihollar endigina yaproq chiqargan edilar.
D) O‘sha qonxo‘rlar meni o‘ldirib ketisha qolsa bo‘lmas ekanmi?
18.Qaysi gapda narsaning o‘lchovini ifodalash uchun qo‘llangan hisob so‘z alohida olinganda predmetlik ma'nosini bildira olmaydi?
A) U darrov hushini yig‘ib oldi, qo‘lini yuvdi-da, bir kosa suv solingan idishni ko‘tarib oshxonadan chiqdi.
B) Shu payt bir bog‘ o‘tinni yelkasiga ortgancha eshikdan akam kirib keldi.
C) Yuz gramm unni idishga solib, ustidan uchta tuxum chaqib soling va ikkovini yaxshilab aralashtiring.
D) Burunga kuniga 3-4 tomchi dori tomizib turish kerak.
19.Odil Yoqubovning mustaqillikdan keyin yozilgan asarlarini
aniqlang. A) “Adolat manzili”, “Muzaffar Temur”, “Bir koshona sirlari”
B) “Chin muhabbat”, “Muqaddas”, “Oq qushlar, oppoq qushlar” C) “Ilk muhabbat”, “Ulug‘bek xazinasi”, “Qanot juft bo‘ladi”
D) “Tilla uzuk”, “Diyonat”, “Billur qandillar”
20.Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar. Men esa yashash uchun ovqatlanaman. (Abu Ali ibn Sino)
Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi bo‘lak vazifasida
kelgan? A) hol, kesim B) ega, aniqlovchi C) faqat kesim
D) ega, kesim
21.Quyida keltirilgan gapdagi ot turkumiga oid so‘zlar
miqdorini aniqlang.
Mehnat bilan topilgan boylik qadrini tushunib yetgan o‘g‘il pulni o‘ylab ishlatadigan, xayrli yo‘llarga sarflaydigan
bo‘ldi. A) 7 B) 5 C) 8 D) 6
22.Yashil rang tiriklik, o‘sish va umid, shuningdek mo‘lko‘lchilik , to‘kinlik hamda rivojlanish ramzidir. Ushbu gapdagi moslashuvli tobe bog‘lanishlar sonini
abiqlang. A) 6 B) 5 C) 7 D) 4
23.Qaysi gaplarda olmosh turkumiga mansub so‘z(lar)
qo‘llangan?
1) Bu gul o‘zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan.
2) Odilning shu tobda ko‘chaga chiqqisi, toza havoda sayr qilgisi keldi.
3) Qachonlardir qarshimdan o‘tsang, seni derdim oddiy yo‘lovchi.
4) Mehnatsevarlik, rostgo‘ylik nima, bilasizmi?
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
24.Berilgan gaplarning nechtasi istak gapga mansub emas?
1. Qani endi, dunyodagi barcha bolalar baxtli bo‘lsa. 2.
Hammamiz o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik. 3.
Millatning dardiga darmon bo‘linglar. 4. Xorijiy tillarni
o‘rganib, chet ellarga o‘qishga borsam.
A) 4tasi B) 3tasi C) 1tasi D) 2tasi
25.Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?
A) tovush tushishi
B) tovush almashinishi
C) tovush almashinishi va tovush tushishi
D) tovush almashinishi, tovush ortishi va tovush tushishi
26.Ana shunday tarixiy vaziyatda mazkur xalqlar zarur vaqtda tikib yashab, zarur paytda yig‘ib, ko‘chiga ortib ketishiga qulay bo‘lgan ko‘chma uylardan foydalanganlar.
Ushbu gapda nechta so‘z tarkibida birgina ko‘makchi
morfema qatnashgan?
A) 11 ta B) 12 ta C) 10 ta D) 9 ta
27.Qaysi javobda uch o‘rinda to‘ldiruvchili boshqaruv
munosabatli so‘z birikmasi mavjud?
A) Ishchan azal tinmay yer chopgan, O‘g‘ir tuygan, sovurgan somon.
B) Parvoz etsam yuksak samoda Zamonaviy laynerda bukun.
C) Yalqov o‘ylab charxpalak topgan, Ijod qilgan shamol
tegirmon.
D) Dangasalar esa o‘y surib, Yotish uchun izlashar chora.
28.Berilgan qaysi qo‘shimchalar so‘z yasashda asosda fonetik
hodisani keltirib chiqaradi?
1) -q; 2) -i; 3) -v; 4) -qi 5) -im; 6) -y; 7) -a; 8) -da
A) 1,3,4,6,7 B) 1,2,3,5,6,7 C) 1,2,3,5,6,7
D) 1,2,3,4,5,6,7,8
29.Biz hayotlik chog‘larida ota-onamizning qadriga yetamizmi,
axir ular bizni deb sog‘liqlaridan kechishgan, tunlarni bedor
o‘tkazishgan.
Berilgan parchada olmoshning necha turi ishtirok etgan? A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
30.Bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da qirqqan edi. Gapda qo‘llangan ko‘chim turuni aniqlang.
A) vazifadoshlik B) sinekdoxa C) metonimiya
D) metafora
Do'stlaringiz bilan baham: |