Homo economicus


Ijod mehnat va o’yin sifatida



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Antropologiya

Ijod mehnat va o’yin sifatida
. Ijodning o’ziga xos xususiyati uni o’yin bilan 
yaqinlashtiradi. Zero o’yinga intilish shaxsning tashqi emas, balki ichki beg’araz 
motivlari, uning o’yin faoliyatidan lazzatlanish bilan bog’liq intim mayllari bilan 
belgilanadi. Bizning nazarimizda, ijodiy faoliyat va o’yin mexanizmlari 
umumiydir. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’yin «jiddiy» faoliyatning o’ziga xos 
ko’rinishi hisoblanadi. Har qanday faoliyat qarama-qarshi ehtiyojlar: amaliy 
natijaga erishishga bo’lgan ehtiyoj yoki faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan 
ehtiyoj mahsuli bo’lishi mumkin. Ijod faoliyatning shunday bir turiki, u mazkur 
omillarning ikkalasi bilan ham u yoki bu darajada belgilanishi mumkin.
Masalan, talabalarda o’qishdan maqsad har xil bo’lishi mumkin. Ayrimlar 
kasb o’zlashtirishni xohlaydi va o’z qiziqishlarini asosan ayni shu kasbga tegishli 
fanlarga qaratadi. Kimdir «diplom uchun» o’qiydi va «imtihonni topshirish» uchun 
darslikni qo’lga olishga o’zini katta qiyinchiliklar bilan majbur qiladi. Yana bir 
toifa talabalar bilish jarayonining o’zidan lazzat oladi. Ayni shu talabalar avvalo 
fanda ijodkor shaxslarning real zahirasi sifatida qaralishi mumkin.
Lekin olimning bilish faoliyati ham yo oldindan belgilangan maqsadlar bilan 
chegaralangan, fanga nisbatan tashqi amaliy vazifaga bo’ysundirilgan, yo ichki 
omil – bilish faoliyati bilan shug’ullanish ehtiyojining mahsuli bo’lishi mumkin. 
Bu holda bilish insonga faoliyatning o’zi bilan lazzat baxsh etadigan ijodiy 
kuchlarning beg’araz o’yini sifatida idrok etiladi. Boshqa olimlar e’tiborga loyiq 
emas deb qaragan muammoli vaziyatni mustaqil aniqlash aksariyat hollarda bilish 
faolligiga turtki beruvchi omil hisoblanadi. Sirtdan berilgan turtki bilan bog’liq 
bo’lmagan ayni shu faoliyat intellektual faollikning muhim belgisidir.
Har qanday faoliyatga shunday tavsif berish mumkin. Masalan, insonning 
ishlab chiqarish faoliyati, xususan jismoniy mehnat ijtimoiy muhim vazifalarni hal 
qilishga, odamlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo’ysundirilgan. Mehnat 
faoliyatida shaxs o’z intilishlari va kuchlari o’yinini o’z mehnatining sirtdagi 
maqsadi, predmeti va mahsuliga bo’ysundirishi lozim. Ammo bunyodkorlik 
mehnati mehnatga bo’lgan ehtiyojni sirtda namoyon etish zaruriyatidan xoli 
bo’lishi ham mumkin. Bunday mehnat insonning kayfiyatini ko’taradi, unga 
quvonch baxsh etadi. Obyektiv muhim va ayni vaqtda shaxs tomonidan kiritilgan 
yangi narsa yaratuvchi ijodiy mehnatda faoliyatning o’ziga xos, obyektiv va 
shaxsiy ahamiyati to’la mos kelishi mumkin. Bu holda shaxs ijodiy kuchlari o’yin 
orqali o’ziga keng yo’l topadi. Albatta, o’yinni o’z ichiga olgan mehnat o’zining 
asl mohiyatini yo’qotmaydi. Lekin ijodiy mehnatga xos bo’lgan o’yin omili shaxs 
o’zlashtirgan ajdodlar tajribasi bilan uning o’z tajribasi o’rtasida, faoliyatning 


qat’iy qoidalari bilan ularning ayni lahzada qo’llanilishi o’rtasida, bevosita 
erishiladigan amaliy maqsad bilan dastlabki qo’yilgan maqsaddan behad ortiq 
bo’lgan shaxsiy motivasiya o’rtasi erkin bog’lanishlarni yuzaga keltirib, fikrlash 
jarayonini faollashtiradi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish