Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

O’yinning ma’nosi
. Inson va uning ijodiy imkoniyatlari shakllanishi va 
kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadigan o’yin mutlaqo noamaliydir. U 
iste’mol mahsulotlari, moddiy ne’matlar yaratilishiga olib kelmaydi, moddiy naf 
ko’rish bilan bog’liq amaliy samaraga erishish yo’lida amalga oshirilmaydi. O’yin 
stimuli uning o’zida mavjud. O’yinning ma’nosi – inson o’z hayot faolligini o’ziga 
quvonch baxsh etadigan tarzda erkin namoyon etishidir. O’yin faoliyatining asosiy 
xususiyati shunda.
O’yinning insonga ta’sirini kuzatar ekanmiz, biz uning o’yinchi uchun 
obyektiv va shaxsiy ma’nosini farqlashimiz lozim. Subyektiv nuqtai nazardan 
o’yin ishtirokchisi uchun uning ma’nosi o’yindan olinadigan tajribaning 
ahamiyatida, o’yin baxsh etadigan quvonch va lazzatda namoyon bo’ladi. Obyektiv 
ma’noda o’yin bolani ijtimoiy hayotga tayyorlash va kiritishning muhim 
shakllaridan biri hisoblanadi. O’yin real dunyo haqida aniq tasavvur hosil qilish 
imkonini beradigan ta’lim vositasi sifatida qaraladi. U insonni borliq bilan 
to’qnashuvga tayyorlaydi, kuchlarni sinovdan o’tkazadi, mehnat ko’nikmalarini 
shakllantiradi, dunyoqarashni kengaytiradi, ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga 
yordam beradi, shaxsning axloqiy mo’ljallariga ta’sir ko’rsatadi, qondirilmagan 
mayllar o’rnini to’ldirish shakli hisoblanadi, inson hordiq chiqarishi uchun 
imkoniyat yaratadi, uning emosional holatini uyg’unlashtiradi va h.k. Ammo 
o’yinning asosiy afzalligi shundaki, u insonni kundalik hayot andozalaridan 
uzoqlashtiradi, uning fantaziyasini faollashtiradi, mehnat va muloqotga, o’z 
turmushini tashkillashtirish va farzand tarbiyasiga nisbatan ijodiy munosabatni 
rag’batlantiradi. Eng muhimi, o’yin insonning ijodiy salohiyatini shakllantiradi, 
uni san’atni idrok etishga tayyorlaydi, uning xulq-atvoriga yengillik va mohirlik 
baxsh etadi. O’yinning jozibadorligini faqat ijod oliy shakllarining jozibadorligi 
bilan tenglashtirish mumkin.
Ijod.
Aksariyat odamlar ongida ijod tushunchasi faoliyatning hyech qanday 
rejalari va andozalariga bog’lab bo’lmaydigan sof shaxsiy jarayon bilan 
bog’lanadi. Ko’pincha u alohida odamlar, daholar anglash mumkin bo’lmagan 
tarzda ega bo’ladigan qandaydir ilohiy in’om sifatida qaraladi. Ijodda hamma narsa 
sirli va nomuayyan bo’lib, u kundalik hayotga xuddi to’fon yanglig’ kirib keladi, 
eskicha qarashlar, qotib qolgan andozalarni ag’dar-to’ntar qiladi. Ijodning mohiyati 


nimada, degan azaliy falsafiy savolga psixologlar va pedagoglar, sosiologlar va 
tarixchilar, faylasuflar va san’atshunoslar javob berishga harakat qilganlar, ammo 
ular ijod ustidagi sirli pardaning bir chekkasinigina ochishga muvaffaq bo’lganlar. 
Shunga qaramay ijodni ijodiy mehnat mahsullari natijalariga muvofiq ancha aniq 
tushuntirish mumkin; unga faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida prosessual tavsif 
berish mumkin; ijodning tabiati haqidagi savolga javobni ijodkorlarning ruhiy 
dunyosi, qobiliyatlari, dunyoqarashi va axloqiy mo’ljallaridan ham izlash lozim.
Mutlaqo yangi ijtimoiy muhim natijaga erishish ijodning muhim xususiyati 
bo’lib, u davomli tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, ijod hamisha o’sish, qo’shilish, 
ilgari dunyoda mavjud bo’lmagan yangilikni yaratishdir. Garchi insonning ijodiy 
faoliyati tabiat materialiga muhtoj bo’lsa-da, u to’laligicha tabiatda allaqachon 
mavjud bo’lgan narsa bilan belgilanishi mumkin emas. Ijod mahsulida material 
bilan belgilanmagan yangilik mavjuddir. Ijodga xos bo’lgan betakrorlik, 
nostandartlikni faqat asosiy materialning tor chegarasidan chetga chiquvchi 
ijodkorning o’ziga xosligi miqyosi bilan tenglashtirish mumkin. Ijod mahsulining 
yangiligi tufayli uni oldindan rejalashtirish mumkin emas. Ibn Arabiy ijodni ulkan 
muvaffaqiyatsizlik sifatida tavsiflaydi, chunki hatto mukammal mahsullarda ham u 
ijodiy g’oyaga kamdan-kam holda mos keladi. Bu ijodning o’ta shaxsiy intim 
jihatidir. Ijodkor shaxs imkoniyatlarining boyligini, odatda, ijod natijasining torligi 
bilan taqqoslab bo’lmaydi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish