Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Imitasiya 
o’yin mohiyatini aks ettiruvchi asosiy tushuncha bo’lib, u 
borliqning nisbatan haqqoniy modelini yaratishni nazarda tutadi. Imitasiya o’yinda 
ishtirokchilar muayyan rol o’ynashini nazarda tutadi. O’yin ba’zi bir qoidalar bilan 
tartibga solinadi va ayni vaqtda erkin improvizasiyaga va yechimlarning 
individualligiga yo’l qo’yadi. Garchi o’yin faoliyati qoidalar bilan tartibga solinsa-
da, o’yinning eng muhim xususiyati ishtirokchilar xulq-atvorining erkinligida 
namoyon bo’ladi: o’yin faoliyatining o’zi ham, ishtirokchilarning o’yin qoidalarini 
bajarishga roziligi ham ixtiyoriydir. O’yin dinamikasi uning ishtirokchilari o’zaro 
almashuvi, o’yin vaziyatlarining mantiqiy tahlili va ularga emosional munosabat, 
psixologik himoyalanish va «raqib»ga faol hujum qilish bilan bog’liq bo’lib, bu 
o’yin faoliyati rivojlanishi va uning natijasi noaniqligini belgilaydi. Ayni vaqtda 
o’yin harakati qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi va uning natijasini taxmin 
qilish mumkin. Zikr etilgan qarama-qarshi tomonlardan birining yo’qligi o’yin 
buzilishiga sabab bo’ladi. O’yin jarayonida shaxsning o’z roliga bo’lgan 
munosabati o’zgaradi. Shu sababli o’yin amaldagi tajriba o’rnini to’ldirish, ijtimoiy 
munosabatlarni o’zlashtirish shakli hisoblanadi.
O’yin ishtirokchilarida qarama-qarshi mo’ljallar mavjudligi: birinchidan, 
o’yinda modellashtirilayotgan hayot vaziyatlari realligining tan olinishi, 
ikkinchidan, o’yinning o’zi reallik deb e’tirof etilishi uning muhim 
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. O’yinning bu ikki jihatliligi shunda namoyon 
bo’ladiki, o’yinchi o’z zimmasiga olgan rol bilan qisman tenglashtiriladi, qaysi 
shaxs rolini o’ynayotgan bo’lsa, o’zini shu shaxs sifatida anglaydi va ayni vaqtda 
o’zi undan nima bilan farq qilishini tushunib yetadi. O’yin uyg’otadigan murakkab 
tuyg’ular shu bilan izohlanadiki, o’yinchi o’z yutuqlari va kamchiliklarini teran his 
etadi va ayni vaqtda o’z roliga chetdan nazar tashlab, boshdan kechirilayotgan 
tuyg’ularning nojiddiyligini ko’radi.


O’yin obrazi.
O’yin jarayonida o’yinchilar bevosita idrok etuvchi va boshdan 
kechiruvchi o’yin obrazi yaratiladi. U jonlilik, ramziy tabiatga egalik va emosional 
«yuqumlilik» bilan tavsiflanadi. O’yin obrazining jonliligi borliqning 
modellashtirilishi va unda o’yinchilar muayyan rol o’ynashi bilan izohlanadi. 
Ramziylik o’yin harakatlarining ramziy tabiatida, qoidalarning shartliligida, 
shuningdek ma’nolar bir predmetdan boshqa predmetga o’tkazilishida namoyon 
bo’ladi. Masalan, bola qo’liga tayoqchani olib, u bilan xuddi qoshiq kabi 
manipulyasiya qiladi. O’yin obrazining emosional «yuqumliligi» uning qanday 
rivojlanishini oldindan aytib bo’lmasligi, shuningdek o’yinchi o’zini o’zi 
o’ynayotgan rolga bog’lashi bilan belgilanadi. Shaxsning ehtiyojlari, mayllari, 
maqsadlari va mo’ljallarini aks ettiruvchi va ularni qondirishning xayoliy usuli 
bo’lib xizmat qiluvchi o’yin obrazining qadriyat sifatidagi tabiati ishtirokchilarga 
ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish