Sirt g’adir-budirligi
Sirt g’adir–budirligi detallarni xizmat vazifasiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga ko’ra konstruktor tomonidan tayinlanadi. Berilgan g’adir–budurlik parametrlari ishlab chiqarish jaryonida ta’minlanadi.
Tutashtirilgan yuzalarni ekspluatatsiya qilishning birinchi bosqichida ularning ishlovchanligi yuzaga keladi. Sirt g’adir-budirliklari o’zgaradi, tutashtiriluvchi detallar esa, o’zga sharoitda ishlay boshlaydilar. Ishlovchanlik jarayoni mashinalarning xizmat qilish muddatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Yuzalarga ishlov berish usuliga bog’liq holda ishlovchanlik jarayonining intensivligi har xil bo’ladi.
Кo’rinib turibdiki, mashina detallarini yuzalariga g’adir–budirlik parametrlarini tayinlash bilan konstruktor mashinalar va ularning detallarini sifatli tayyorlashga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham Rossiya standarti bo’yicha g’adir–budirlikning oltita parametri taklif etilgan.
Ғadir-budirlikka ta’sir qiluvchi faktorlarga: V–kesish tezligi, S– surish va keskichning – oldingi va – orqa burchaklari sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
2.28–rasmda g’adir–budirlikka V–tezlik va S–surilishlarning ta’sirini ifodalovchi grafiklar ko’rsatilgan.
Qovushqoq materiallarga ishlov berishda keskichlarda o’simtalar hosil bo’lganligi uchun Rz ning eng katta qiymati V = 20...25 m/min tezlikda hosil bo’ladi. Biroq, kesish tezligini oshirish bilan o’simta paydo bo’lish effekti pasayadi va g’adir–budurlik kamayadi.
S urish S g’adir–budirlikka, qo’llaniluvchi keskich asbobga va ishlov berish sharoitiga bog’liq holda ta’sir ko’rsatadi. Plandagi burchagi 45 standart keskichlar bilan yo’nishda va keskich uchi kichik radiusli doiralashda (2mm gacha) surish, g’adir–budurlikka sezilarli ta’sir qiladi (1– egri chiziq). Agar keng qirrali keskich bilan ishlov berilsa, g’adir-budurlikka ta’sir qilmaydi (2–egri chiziq). Parmalashda, zenkerlashda, toretsli va silindrik frezalashda surishni o’zgartirish g’adir – budurlikka bo’sh ta’sir etadi (3–egri chiziq). Кesish chuqurligi ham g’adir-budirlikka kam ta’sir
etadi. Кesish asboblarining geometrik parametrlari 2.30-rasm. Ғadir-budurlikning
(a)-kesish tezligiga va
turli darajada ta’sir ko’rsatadi. va burchaklarini (b)-surishga bog’liqligi grafigi
ta’sirida Ra va Rz parametrlar ham kam miqdorda
o’zgaradi. va 1 burchaklarini kichiklashtirishda esa, g’adir-budurlik sezilarli kamayadi.
Ғadir-budirlikka texnologik tizimning bikirligi ta’sirini qurollanmagan ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Bu tokarlik ishlov berish
misolida yaqqol ko’rinib turibdi (2.31–rasm). Кonsol qilib mahkamlangan tanavorga ishlov berishda (2.31,a–rasm) valning bo’sh chetida g’adir-budurlik o’zgarishsiz ortadi va Rz max/Rz min nisbat tanavor L uzunligini uning D diametriga nisbati bilan aniqlanadi. Bu nisbat 2,5...3 gacha etishi mumkin.
Markazlarda yoki tanavorni chap uchini patronga mahkamlab, o’ng uchini esa, markaz bilan tirab ishlov berilganda g’adir-budirlik epyurasi, shuningdek tanavor o’lchamlarining nisbatiga bog’liq (2.31,b–rasm). L/D=15 da eng katta g’adir–budirlik taxminan tanavorning o’rta qismida kuzatiladi, L/D=10 da esa o’ng chetiga yaqinroq joyida bo’ladi.
2.31–rasm. Texnologik tizim bikirligining sirt g’adir-budirligiga ta’siri
Amalda ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari (ishlov berish rejimlari, asbob parametrlari, tizim bikirligi va boshq.) g’adir-budirlikka bir vaqtda ta’sir ko’rsatadi. Bu hamma parametrlarini hisobga oluvchi g’adir–budirlikning Ra empirik ifodalari [5] da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |