Holiqberdiev t



Download 409,5 Kb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi409,5 Kb.
#628502
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5303071076140455150







ZAGATOVKALAR VA MAShINA DETALLARI SIRTQI QATLAMLARINING SIFATI
Talabalarda tanavorlar va mashina detallari sirtqi qatlamlarining sifati, g’adir-budirliklari, fizik-mexanik xossalari bo’yicha tushunchalar berib, bularning natijalarini mashinalarni ekspluatatsiya qilishiga ta’siri haqida bilimlarni shakllantirish, chizmalarda belgilab, amaliy mashg’ulotlar bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
A sosiy ma’lumotlar
Sirtqi qatlamlarning sifatini mashina detallarining ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri

Mashina detallarini ishlashining tahlili ishonchli ravishda shuni ko’rsatadiki, to’g’ri loyihalangan va ekspluatatsiya qilinuvchi buyumlar sinib buzilishi natijasida ishdan chiqmas ekan. Agar sinish, avariya, biron hodisa bo’lgan bo’lsa ham normal sharoitda ekspluatatsiya qilishdan emas, balki favqulotdagi vaziyatdan kelib chiqar ekan. Shu bilan birgalikda, mashinalarning xizmat qilish muddati doim cheklangan bo’ladi. Mashinalarning ishdan chiqish sababi, ularning detallarini sirtqi qatlamlarini takomillashmaganligida ekan. Aniqlik muammosi bilan bevosita bog’langan tanavorlarga ishlov berishning texnologik usullari, sirtqi qatlamlarning sifatiga eng hal qiluvchi obrazda ta’sir qiladi va mashina sifatini shakllantiradi.


“Sirtqi qatlamlarning sifati”– termini deb, uchta ko’rsatkichlarning birligiga tushuniladi: sirt g’adirbudirligi, uning to’lqinsimonligi va qatlamning fizikmexanik tavsiflari. Ular alohida–alohida ko’rilsa ham, ularning o’zaro ta’siri ravshan. Detalning xizmat vazifasiga bog’liq holda hali bir, hali jihoz ko’rsatkichi aniqlovchi bo’lib qoladi.
Sirtqi qatlamning sifatini baholashda uning tuzilishiga ahamiyat berish kerak. Shartli ravishda chegaralangan qatlam alohida qismini ajratish mumkin. Yig’ilgan mashinada tutashgan detallar bir–biri bilan kontaktda bo’ladi. Chegaralangan qatlamning o’zi bir nechta keltirilgan atomlar qatlamlaridan tashkil topgan. Ularning joyi chuqur qatlamlarda turgan atomlar joyidan sezilarli farq qiladi. Chuqur qatlamlarda joylashgan atomlar har tarafi jihoz atomlar bilan o’ralgan va kuchlar maydonlari bilan muvozanatlashgan. Bunday atomlar turg’un muvozanat holatida bo’ladi. Sirtda yotuvchi atomlar esa faqat qo’shni va pastda yotuvchi atomlar ta’sirini qabul qiladi (o’zida sinaydi). Shuning uchun ular turg’un bo’lmay, muvozanatlashmagan holatda bo’ladi, chegaraviy qatlam esa ozod sirtqi energiyalar zahirasiga ega. Sirtqi energiyalar qismi (potentsial energiya) kristallik reshyotkani deformatsiyalash uchun sarflanadi. Ikkinchi qismi (kinetik energiya) esa-chegaraviy qatlam atomlarini tebratish jarayoniga sarflanadi.
Sirtqi qatlam energetik aktivligining ortganligi uning xususiyatini xizmati bilan bevosita bog’langan, vaholanki bunday aktivligi uchun sirt atrof-muhit elementlarini, avvalam bor suv parlarini, gazlarni, yog’larni va boshq. adsorbtsiyalaydi. Bu muhit detallarni jihoz sirtlar bilan kontaktlashishiga ta’sir qiladi. Adsorbtsiyalangan qatlam qalinligi bir necha mikrometrdan tortib to ularning mingdan bir ulushigacha bo’lgan miqdorni tashkil etadi.
Sirtlarda turli kimyoviy birikmalar paydo bo’ladi. Ular ko’pchilik hollarda oksidlardan iborat.
Chegaralangan qatlamdan pastroqda kuchli deformatsiyalangan metall zarrachalaridan iborat qatlam joylashgan. Bunday deformatsiya oldingi amallarni bajarishda asbobni yuzaga texnologik ta’sir ko’rsatishidan paydo bo’ladi. Sirtqi qatlamni maydalangan kristallari oralig’ida shunday qatlamlar joylashgan bo’lib, joylashgan ko’p sonli asosiy metaldan va shuningdek donalarning chegaralari bo’yicha kontsentrattsiyalashtiriluvchi turli aralashmalardan tashkil topgan.
Metallardagi aralashmalar – bu sirtqi qatlamni hamma hajmi bo’yicha tarqalgan g’ayritabiiy atomlardan iborat. Ularning qatnashishi kristallik reshyotkani buzadi, ular detallar yuzalarini fizik, mexanik, magnitlik va jihoz xossalariga juda ham kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Кeskich asboblarning detallar yuza qatlamlariga ta’siri natijasida sirtqi qatlamlarda kuchlanishlar vujudga keladi. Bu kuchlanishlar detallarning xizmat qilish xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Sirtqi qatlamlarning yeyilishi detallar va mashinalar sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yeyilish natijasida 80% mashinalar ishdan chiqishi kuzatilgan.
Mashina detallarining yeyilishi sezilarli darajada tutashtiriluvchi yuzalarning g’adir-budurliklariga bog’liq. Amalda, har qanday materialdan tayyorlangan detallarning ishlovchanligi (prirabotka) davrida, yeyilish, yuzalarga mazkur ishlov berish usulining o’ziga xosligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun mashinasozlik texnologiyasi fani eng yuqori darajada yeyilishga turg’unlikni ta’minlash bilan bog’langan tadbirlar olib borishi lozim. Amalda g’adir-budurlikni optimal parametrlarini ta’minlash bilan ishlovchanlik davrini 2...2,5 marta kamaytirishga erishish mumkin.
Кo’p sonli tekshirishlardan o’rnatilgan, yuzalar charchaganligi oqibatida, buzilishlar sodir bo’la boshladi. Charchaganlik hodisasi, yuzalar g’adir-budurliklari va sirtqi qatlamni fizik-mexanik tavsiflari bilan uzviy bog’langan. Ғadir-budurlik qancha kichik bo’lsa jihoz har qanday teng holatlarda charchash mustahkamligi shuncha yuqori bo’ladi. Binobarin, har bir yuza notekisligi kuchlanishni to’plovchi va buzilishning o’chog’i hisoblanadi. Кuchlanishlarni to’planishi, ta’sir qiluvchi asbob mikroiz chuqurligiga, balki bu qatlamlar shakllariga ham bog’liqdir.
Sirtqi qatlamlarning tavsiflari kontakt bikirlik, titrash turg’unligi, zanglash turg’unligi, tutashmalar mustahkamligi, birikmalarning jipsligi, issiqlik aks etishi, qoplama bilan tutashish mustahkamligi, gaz oqimiga qarshilik ko’rsatishi va jihoz ekspluatatsion ko’rsatkichlar bilan bevosita bog’liqdir.

Download 409,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish