Fenetiplk o'zgaruvchanlik. Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli orhillari ta'sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziqa muhitida o'sib ko'payganida kuzatiladi. Oziqa muhiti tarkibi va sifatining, muhit pH ning, temperaturaning o'zgarishi, kimyoviy moddalar (koixitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday o'zgarishlar nasldan-naslga o'tmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan omil-ning ta'siri to'xtashi bilan yo'qolib ketadi.
Muhitgapenitsillinqo'shiladigan bo'lsa, hujayralar cho'ziladi, ba'zan juda uzayib ketadi. Bakteriyalarda sporalar hosH bo'lishi muhit xarakteriga (quyuqyoki suyuqligiga), uning tarkibi, o'stirish temperaturasiga bog'liq.
Muhitga 0,1% pepton qo'shilganda, 48 soatdan keyin 100% spora hosil bo'lsa, 2% pepton qo'shilganda faqat vegctativ formalar bo'ladi. Ko'pgina bakteriyaiar va zamburug'lar turli oziqa muhitida va turli temperaturada o'stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o'zgartiradi. Chunonchi, «ajoyib tayoqcha» (qizil qon tayoqchasi) uy haroratida oziqa muhitida to'q qizil pigment hosil qiladi. 37°C da esa bunday pigment hosil qilmaydi. Bakteriyaiar quyuq oziqa muhitida o'stirilganda, hosil qiladigan koloniyalarning tipi ham o'zgarishi mumkin.
Ba'zi koloniyalar silliq, yumaloq shaklda, cheti tekis, yaltiroq, bir jinsli (gomogen), mayda bo'ladi. Bular S-formalardir. Bosh-qalari g'adir-budur, xira, ko'pincha, tiniqmas, cheti notekis, no-to'g'ri shaklli, quruqbo'ladi. Bular R-formalardir. Koloniyalarning oraliq formalari ham bo'ladi, bular shilimshiqlar, mittilar. Birtur-dagi bakteriyalarning o'zi har xil shakldagi koloniyalar hosil qilishi dissotsiatsiya (ajralish) deb ataladi.
Genotipik o'zgaruvchanlik. Hujayraning irsiy axboroti ona hu-jayradan qiz hujayraga o'tadigan xromosoma bilan genlarda joy-lashgan. Genlar xromosomalardajoylashgan. Jinssiz bo'linishda — mitoz jarayonida genlar ikkita hujayra o'rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (o'zidan oldingi) hujayraning to'liq genlar to'plamini oladi va bir xil to'ladi.
Genotipik o'zgaruvchanlik, mutatsiyalar va genotip rekombi-natsiyalari (konyugatsiya, transformatsiya, transduksiya) natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mutasiyalar. Turli omillar ta'sirida DNK molekuiasining o'zgarishi undagi axborotning ham o'zgarishiga olib keladi. Shun-day o'zgarishlar natijasida mutantlar paydo bo'ladi. Mutatsiyalar spontan va induksiyalangan bo'Ushi mumkin. Spontan mutatsiya-laraing kelib chiqish sabablarini aniqlab bo'lmaydi, induksiyalangan mutatsiyalamiki esa ma'lum bo'ladi. Mutasiyalarni keltirib chiqaradigan sabablardan jinsiy gormonlar (kolxitsin, etilamin, iprit, qoramoy, mineral moylar), o'sishni tezlashtimvchi moddalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Bularning ta'siri natijasida nuklcotidlar tasodifan qayta guruh-lanadi va yangi xossaga ega bo'lgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan mutatsiya organizm uchun foydaii bo'lsa, mutantlar ko'payib ketadi va, aksincha, vujudga kelgan o'zgarish foydaii boimasa, mutantlar nobud boiadi.
Mikroorganizmlarda mutatsiyalar kam uchraydi, millionta hujayraga bitta mutatsiya to'g'ri keladi. Masalan, antibiotiklarga chidamlilik, triptofan aminokislotasini sintezlash xususiyati, faglarga chidamlilik, koloniyalari shaklining o'zgarishi, pigment hosil qilish-ning o'zgarishi yoki kapsulali formalaming kapsulasiz bo'lib qolishi, xivchinlar hosil qihshning o'zgarishi va boshqalar mutatsiyalarga xosdir. Masalan, novvoychilikda ishlatiladigan achitqilarning yangi shtammlarining yoki ko'p miqdorda antibiotiklar sintezlovchi shtammlarning olinishi yoki Bl2 vitamin, moylar va lipidlarni sintezlovchi shtammlarning olinishi, sut kislota hosil qiluvchi shtammlarning yoki dizenteriya, paratif va tifga qarshi bo'lgan aktiv profilaktik formalaming olinishi va boshqalar mutatsiyalarga misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |