Хўжаев Файзулла (1896-йил 1-июл, Бухоро – 1938-йил 13 ёки 15-март, Москва)


Abdurahmon (tug‘ilgan yili nom`alum)



Download 65,15 Kb.
bet10/10
Sana26.03.2022
Hajmi65,15 Kb.
#510596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Barcha jadidlar haqida ma\'lumot

Abdurahmon
(tug‘ilgan yili nom`alum)
(1750-1751-yillar, 6 oy)

Ming sulolasidan bo‘lgan Qo’qon xoni. Abdulkarimbiyning o‘g‘li. 1750-yilda Abdulkarimbiy vafot etgach xonlik taxtiga o‘tirgan va atigi olti oygina hukmronlik qilgan. Ammo, olti oy o‘tgach u Marg‘ilonga hokim qilib yuboriladi. Taxtga esa Erdona (Erdon) o‘tqaziladi.





Vikipediyada siz ham yoza olasiz!
Aʼzo boʻlingQanday yoziladi?
Yosh xivaliklar
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv
Yosh xivaliklar — Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa) (1914—21). Oʻz safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914 y. avg .da Yo. x. partiyasiga Polvonniyoz hoji Yusupov asos soldi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir Sholikorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan Devonov, Husaynbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxoʻja Abdullayev partiyaning faollari edi. Partiyaning eʼlon qilingan dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar oʻtkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, xalqni maʼrifatli qilish moʻljallangan. Xiva xonligidagi 1916 y. qoʻzgʻolonida faol qatnashgan Yo. x.ning rahbarlaridan biri qozikalon Bobooxun Salimov (1874— 1929) qoʻzgʻolonchilar faoliyatini yashirin ravishda boshqardi. 1917 y. fevral inqilobi Yo. x. faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatdi, ular ochiq kurash yoʻliga oʻtdi. 1917 y. 5 aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yo. x. takdim etgan manifestni imzolashga majbur boʻldi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda t. y., pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan taʼminlanishi, butun aholining shariat oldida tengligi taʼkidlangan edi. Isloxrtlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 vakildan iborat muvaqqat qoʻmita tashkil topdi. 8 aprel da mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida Majlis (raisi — Bobooxun Salimov) va Nozirlar Kengashi (raisi Husaynbek devonbegi Matmurodov) tuzildi. P. Yusupov (1861—1936) ga Rossiya hukumati va rus qoʻshinlari bilan munosabatlarni barkarorlashtirish vazifasi yuklatildi. Muvaqqat qoʻmita tarkibiga keyinchalik yana 19 kishi, shuningdek, 7 turkman kiritildi. Yo. x. Xiva xonligida hokimiyatni boshqaruvchi hukmron kuchga aylandi. 1917 y. mayda Majlis raisi Bobooxun Salimov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara oʻtkazish uchun Toshkentga joʻnadi. Asfandiyorxon Muvaqqat xukumatning Xivadagi vakili general Xoʻja Mirbadalov (millati tatar) boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyunda Majlisni tarqatib yubordi. Xon oʻziga maʼqul kishilardan yangi tarkibdagi Majlis (raisi — Ortiq Oxun) va Nozirlar Kengashi (raisi — Ishoqxoʻja Xoʻjayev)ni tayinladi, Yo. x.dan shafqatsiz oʻch olishga kirishdi. H. Matmurodov boshchiligidagi sobiq Majlisning 17 aʼzosi qamoqqa olindi, Bobooxun Salimov ustidan kuchli nazorat oʻrnatildi, Yo. x. partiyasining barcha aʼzolari kofir, deb eʼlon qilindi. 1917 y. sent.da Xivaga polkovnik Zaysev katta kazak otryadi bilan yetib keldi. 21 noyabrda Yo. x. ustidan "qozilarning shariat sudi" oʻtkazildi. 1917 y. noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda maglubiyatga uchragan Yo. x. mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1917 y. noyabr—dek.da P. Yusupov, N. Sholikorov (1881 — 1938) Toshkentga, mulla Jumaniyoz Sultonmurodov — PetroAleksandrovsk (hoz. Toʻrtkoʻl)ga yetib borishdi. Yo. x. partiyasining boshqa yetakchilari Husaynbek Matmurodov, Ishoqxoʻja Xoʻjayev, Abdusalom Hoji Islomxoʻjayev, Hoji Avazberdi Eshonov xon buyrugʻi bilan qatl qilindi (1918 y. 18 may). 1918 y. boshlarida Toshkentda Yo. x. qoʻmitasi tuzildi (raisi — Polvonniyoz Yusupov). Yo. x. taktik maqsadlarni koʻzlab, bolsheviklar bilan yaqinlashdi. Toʻrtkoʻldagi Yo. x. dan bir guruh inqilobchilar bilan ajralib, 1919 y. boshida kommunistik guruh (fraksiya) tuzganligini eʼlon qildi (raisi — Jumaniyoz Sultonmurodov). Yo. x. partiyasiga koʻplab aʼzolar kelib qoʻshildi. Uning yangi dasturi qabul qilinib, unda demokratik islohotlar dasturi bayon etildi. Xiva xoni, toʻralar va beklarga qarashli butun molmulkni xalqqa berish, katta boylarning yerlarini kambagʻallarga taqsimlash, bepul shifoxonalar va maktablar ochish, yoʻllar va koʻpriklar qurish, siyosiy erkinlik, milliy tengxuquqlilik, xonlik tuzumini agʻdarib tashlab, demokratik xalq hokimiyati — respublikani barpo qilish koʻzda tutildi. Rossiya va Turkistonning bolshevik rahbarlari Xiva xonligidagi barcha muxolif kuchlarni jipslashtirishga zoʻr berib intildi. 1919 y. noyabr
da Yo. x., Toʻrtkoʻldagi inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qoʻshmamedxon Sapiyev (? — 1920) va Gʻulomalixon Bahodir (taxm. 1885— 1925) boshchiligidagi turkman qabilalari Xiva xoni Sayd Abdullaxon (? — 1933) va turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonta karshi kurash boshlash uchun oʻzaro ittifoq tuzib, Xivani egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi. 1919 y. noyabr — 1920 y. yanvar oylaridagi keskin janglar natijasida Turkiston fronti Amudaryo (Xiva) guruhining qoʻshinlari (qoʻmondon — N. M. Shcherbakov, siyosiy rahbar — G. B. Skalov) 1920 y. 1 fevralda xonlik poytaxti Xivani bosib oldi. Xiva xoni Sayd Abullaxon taxtdan voz kechdi, Junaidxon janglar bilan Krraqumga chekindi. 2 fevral
da Muvaqqat inqilobiy qoʻmita tuzildi. Unga Toʻrtkoʻldagi Yo. x. inqilobiy qoʻmitasining boshligʻi Jumaniyoz Sultonmurodov — rais, Majlisning sobiq raisi Bobooxun Salimov, ulamolar vakili Odamoxun Ortiqov, yirik savdogar Matpanoboy Madrahimov, turkmanlar vakillari Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov va Mulla Navroʻz Roʻziboyev aʼzo boʻldi. 9 aprelda Muvaqqat inqilobiy qoʻmita ishini yaxshilash uchun uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq xukumati — Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Jumaniyoz Sultonmurodov (rais), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimovdan iborat hayʼat saylandi. 1920 y. 26—30 aprelda Butun Xorazm xalq vakillarining I qurultoyida Xorazm Xalk Sovet Respublikam (XXSR) tashkil topdi. Yo. x. dasturi qurultoyda kabul etilgan muvaqqat konstitutsiyaga asos qilib olindi. Unda Xiva xonligi tugatilganligi va Xorazm Xalq Respublikasi tuzilganligi eʼlon etildi. Qurultoyda 15 kishidan iborat respublika xukumati — Xalq Nozirlari Shoʻrosi tuzildi. Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi xukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (raisning 1muovini), Bobooxun Salimov (adliya), Bekjon Rahmonov (maorif), Eshchonqori Jabborqulov (xalq xoʻjaligi), Oʻroz Xoʻjamuhamedov (tashqi ishlar), Navroʻz Roʻziboyev (hukumat kotibi), Qoʻshmamedxon Sapiyev (raisning 2muovini), Gʻulomalixon Bahodir (ijtimoiy taʼminot), Shomurod Baxshi (sogʻliqni saqlash), Muhammadpanoboy Abdullayev (moliya), Xudoybergan Devonov (oliy mufattishnazorat), Rizo Shokirov (harbiy), Hakim Bobojonov (ziroatdehqonchilik), Nazir Sholikorov (ichki ishlar) nozir sifatida kiritildi. Nozirlarning aksariyati jadidlardan iborat boʻlgan va shu sababli hukumat Yo. x. hukumati deb yuritilgan. Yo. x. mamlakatda xonlikdan qolgan asoratlarni tugatish, respublikada demokratik tuzumni qaror toptirish, mustaqil Xorazm davlatini barpo qilish uchun kurashdi. Rossiya rasmiy doiralari, Turkkomissiya va Turkfront vakillari mustaqil siyosat yuritishga intilayotgan Yo. x. xukumatini badnom qilish uchun jonjaxdi bilan harakat qildi. Shoʻrolar davlatining qurolli igʻvogarliklariga qaramay, Yo. x. hukumati qariyb bir yil yashadi. 1921 y. 6 martda qizil askarlar Xivada 2marta davlat toʻntarishi yasab, Yo. x. xukumatini agʻdarib tashladi. Bolsheviklar xalq nozirlarini qamoqqa olib, koʻpchiligini otib tashladi. Ayrim nozirlar Junaidxon va istiklolchilar safiga qoʻshildi, baʼzilari chet ellarga oʻtib ketdi. Yo. x.ning bir qismi keyinchalik afv qilindi va ular Xorazmdagi shoʻro davlati qurilishida faol ishtirok etdi (1923 y. okt.gacha). Ularning aksariyat qismi 30y.lar qatagʻonlarida yosh buxoroliklar singari halok boʻldi. Ad.: Yusupov Polvonniyoz Hoji, Yosh xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganch, 1999; Xorazm tarixi, 1—2j.lar, Urganch, 1997; Matkarimov M., Xorazm respublikasi: davlattuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1993; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Alimova D. va b., Oʻzbekiston tarixi (19171991 i.), T., 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Mustabid tuzumning Oʻzbekiston milliy boyliklarini talash siyosati; tarix shohidligi va saboklari, T., 2000; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Oʻzbekistona, T., 2001.
Download 65,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish