Kishining boshqa odamlarga munosabatini ifodalovchi hislar. - Kishining boshqa odamlarga munosabatini ifodalaydigan hislar juda xilma-xildir. Kishining boshqa odamlarni yoqtirish yoki yoqtirmaslik hislari, ya’ni ijobiy yoki salbiy munosabati mana shu hislarning asosiy, boshlang’ich bosqichidir. (O’ziga xos elementlaridir).
- Ba’zan ayrim kishilarga beparvo munosabatda bo’lindi, deb ham aytiladi. Haqiqatda esa bunda «beparvo» degan so’z, ko’pincha, yoqtirmaslik hislarining salkam ifodasidir.
- Mana shu boshlang’ich emosional hislar asosida murakkab, sermazmun va kuchli hislar – jamoatchilik, o’rtoqlik va do’stlik hislari, muhabbat, rashk, yoqtirmaslik, nafrat hislari, insonparvarlik, vatanparvarlik hislari paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |