Hissiyotning fiziologik asoslari. - Emosional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekresiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Emosional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
- Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po’stida sodir bo’ladigan jarayonlardir.
- Bosh miya po’sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan birga kuchli ravishda hayajonga kela beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |