Psixologiyada his-tuyg’ular - Ma’naviy- axloqiy his-tuyg’ular o’z mazmuniga ko’ra, kishining kishiga va kengroq ma’noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.Ma’naviy his-tuyg’ularga muhabbat, hamdardlik, xayrixohlik, insonparvarlik, sadoqat va hokazolar kiradi.
- Intellektual his-tuyg’ular shaxsning bilish jarayoniga, uning yutuq va muvaffaqiyatsizlikka munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi. Qiziqish, g’azablanish, qiziquvchanlik, shubhalanish, kashf etganidan shodlanish, haqiqatga ishtiyoqmandlik va hokazolar intellektual his-tuyg’ular qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |