Hisobotni bosmaga chiqarish Antiplagiat


Tаdqiqiоtdа qо’llаnilgаn metоdikаning tаvsifi



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/44
Sana12.07.2022
Hajmi2,7 Mb.
#780696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
UROQOVA IQLIMA FAYZULLO QIZI

Tаdqiqiоtdа qо’llаnilgаn metоdikаning tаvsifi:
Tаdqiqоt ishidа 
lаbоrаtоriyа vа dаlа tаjribаlаri, mоrfоlоgik, fenоlоgik, fiziоlоgik vа stаtistik 
usullаrdаn fоydаlаnilgаn.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Samarqand 
viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida bodroq makkajo‘xori kenja 
8
8
8
12



turining qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatlari va hosildorlik darajalari 
o‘rganildi va turli ranglardagi xillari o‘rtasidagi farqlar ilmiy asoslandi. Olingan 
natijalar asosida ishlab chiqarishga tavsiya berildi.
Tаdqiqоt nаtijаlаridаn fermerlаr vа qishlоq xо’jаligi xоdimlаri fоydаlаnishi 
mumkin. Shuningdek оliy оʻquv yurtlаridа biоlоglаr vа аgrоnоmlаr tаyyоrlаshdаgi 
о’quv jаrаyоnlаridа donli ekinlаrning biоekоlоgik vа fiziоlоgik xususiyаtlаrini 
tushuntirishdа foydalanishlar mumkin.

Ishning аprоbаsiyаsi. 
Mаgistr
 
оʻz tаdiqоtlаrining nаtijаlаrini fаkultet ITK 
kоmissiyаsigа hаr оlti оydа tаqdim etib bоrdi, hаr сhоrаkdа kаfedrа yig’ilishlаridа 
hisоbоt berdi, hаr yili bо’lib о’tаdigаn mаgistrlаr ilmiy kоnferensiyаsidа mа’ruzа 
qildi. Tаdqiqоt mаvzusi bоʻyiсhа 1 tа ilmiy mаqоlа vа 3 tа tezis сhоp etdi.



1. ADABIYOTLAR SHARHI 
 
1.1. Makkajo‘xorining kelib chiqishi va tarqalishi 
Makkajo‘xori – 
Zea mays
L. Poaceae oilasiga mansub. 
Zea 
L. turkumi 
monotiplardan bo‘lib, atigi bir turdagi Zea maysdan (2 n=20) iborat. 
Zea mays
– 
bir yillik madaniy o‘simlik. Evolyusiya jarayonida tabiiy va sun’iy tanlanishlar 
ta’siri ostida makkajo‘xorining ko‘p miqdorda turli shakllari vujudga keldi. 
Startevant tomonidan 1899-yilda ishlab chiqqan sistematikasining asosiga 
makkajo‘xori urug‘i endospermining morfologik xossalari va urg‘ochi gul 
to‘plamdagi boshoqcha qobig‘ining rivojlanish darajasi olingan. 
Makkajo‘xorining 
vatani 
Meksika 
bo‘lganligi 
isbotlangan. 
Buni
tasdiqlovchi dalil bo‘lib, Mexiko yaqinida o‘tkazilgan qazilmalar vaqtida 70 m 
chuqurlikda makkajo‘xorining changi topilgan, radioaktitv usuli qo‘llanilib uning 
yoshi 80 ming yildan ko‘p bo‘lganligi aniqlangan. Yana Meksika hududida ham 
o‘ta kechki davrdagi (eramizdan 5000 yil muqaddam) makkkajuxorining 
mahsuldor, ekin sifatida foydalanishga mos shakllari topilgan[36]. 
Euchlaena Schrad - teosinte turkumi makkajo‘xoriga yaqin (qarindoshlik 
bo‘yicha) o‘simlik. Eng ko‘p tarqalgani bir yillik T. mexicana Schad (2n=20) va 
ko‘p yillik teosinte E.pepennis Hitchc (2n=40) makkajo‘xori va bir yillik teosinte 
tabiiy sharoitda va sun’iy ravishda osonlik bilan chatishadi. Chunki genetik 
jihatdan yaqin bo‘lgan bir xromosom sonidan iborat. Morfologik belgilari bo‘yicha 
ham makkajo‘xori va bir yillik teosinte bir-biriga o‘xshash. Tripsacum L (2n=36)
trinsakum turkumi asosan Markaziy Amerika mamlakatlarida tarqalgan. Bu 
turkumning mavjud to‘qqiz turidan makkajo‘xoriga yaqin bo‘lib, diploid (2n=36)
va tetraploid (2n=72) darajasidagi T.dactyloides hisoblanadi. Tripsakumning 
hamma turlari ko‘p yillik o‘tsimon, ko‘p shoxli, shoxlarining balandligi 2 m gacha 
va yer osti ildizpoyalari kuchli rivojlangan o‘simlik. Tripsakumning erkak va 
urg‘ochi gulto‘plamlari makkajo‘xoridagidek alohida ajralmagan. Gulto‘plami – 
boshoq – so‘ta. Uning ustki qismida erkak gullari, ostki qismida urg‘ochi gullari 
joylashgan. Makkajo‘xorining filogenetik kelib chiqishi va evolyusiyasi hali 
yetarlicha aniqlanmagan, shuning uchun qator gipotezalar mavjud[33]. 


10 
Makkajo‘xori pardali makkajo‘xoridan kelib chiqqanligi to‘g‘risida 
gumonlar mavjud. Bundash tashqari makkajo‘xorining kelib chiqishi amfidiploidli 
bo‘lib, ikkita un xromosomali Osiyoli turlaridan kelib chiqqanligi ko‘rsatib 
o‘tilgan. 
Bir qancha mavjud bo‘lgan gipotezalar yetarlicha asoslanmagan va bir-biriga 
qarama-qarshi bo‘lganligi uchun makkajo‘xorining kelib chiqishida filogenetik 
bog‘lanishlarini o‘rganishni va aniqlashni davom ettirish kerak deb hisoblanadi [4].
Makkajo‘xori juda qadimgi o‘simligi, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. 
Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi eramizdan 3400-2300 yil avval ekib kelgan. 
Makkajo‘xori XV-asrda Amerikadan Yevropaga keltirilgan, shu vaqtda 
rermigaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindiston, Hindi-Xitoy mamlakatlariga 
keltirilgan, XVII –asrda Gruziyada tarqalgan, XVIII –asrning oxiri XIX –asrning 
boshlarida u g‘arbiy Xitoydan Markaziy Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida
mmkkajuxori 137,5 mln gektar yerga ekiladi [3]. 
Makkajo‘xori eng qadimgi madaniy o‘simlikdir. Vatani Markaziy va 
Janubiy Amerika. G‘alladoshlar oilasining avlodiga mansub, bir yillik o‘tsimon 
o‘simliklar qatoriga kiradi [5,13].
Kelib chiqishi, tarqalishi jihatidan makkajo‘xori dunyo dеhqonchiligidagi
eng qadimiy ekinlardan biridir. Uning vatani Markaziy va Janubiy Amеrika
(Mеksika, Gvatеmala). Markaziy Amеrikaning maxalliy aholisi uni eramizdan 
oldin, 3400-2300 yillar muqaddam ekishgan. Bu xaqda arxеologik qazilmalar - 
changlar, ro‘vaklar, don va so‘tasining sodda shakllari hamda gеnеtik,
sitoembriologik tadqiqotlar guvoxlik bеradi. Amеrikaning kashf etilishi bilan 
(1492-y) makkajo‘xori Еvropaga (XV asr) , XVII asrda Gruziya orqali Rossiyaga, 
XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Urta Osiyoga G‘arbiy Xitoydan kеltirilgan (1-
rasm).

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish