Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Ehtimollar nazariyasi fanining asosiy vazifalaridan biri: tasodifiy hodisalar ehtimollarini hisoblashdir. Bu ehtimollarni hisoblashda esa ko‘pgina hollarda Bernulli sxemasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Shu maqsadda Bernulli sxemasi va uning ning turli xil umumlashmalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari: Bernulli sxemasi va uning turli xil umumlashmalarini о‘rganish;
Bu sxemani ehtimollar nazariyasining turli masalalariga tatbiqini o‘rganish.
Bog‘liqsiz va bog‘liq tajribalar ketma-ketligi uchun Bernulli sxemasining umumlashmasini ko‘rib chiqish.