Himoyaga ruxsat etilsin” Fakultet dekani p f. d. M. T. Mirsolieva


Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertak orqali muloqotchanlikni shakllantirish texnologiyasi………………………………………………………………….19-26 XULOSA



Download 79,76 Kb.
bet2/12
Sana29.04.2022
Hajmi79,76 Kb.
#594645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi Nafasova.J

2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertak orqali muloqotchanlikni shakllantirish texnologiyasi………………………………………………………………….19-26


XULOSA.........................................................................................................27-28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.................................29-30


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun hartomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon-e’tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona vataniga fidoiy, barkamol kishilar yetkazish uchun ular tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu vazifani amalga oshirishda asosiy ko‘makchi sifatida, xalqimizning milliy ma’naviy tarixi, milliy qadriyat, an’ana va urf odatlariga tayandik. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir1.
Xalq og‘zaki ijodida, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning, yaxshi va yomon so‘zning oqibati, adolat, halollikva to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob, ilm-u hunarni ardoqlash, chin insoniy fazilatlar, xislatlar, tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik didini shakllantirish va takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoni aholining keng qatlamida kitobga muhabbat uyg‘otish va aholi ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi orqali ongiga yetib borishi barchamizga ayon bo‘lgan oddiy haqiqatdir. Darhaqiqat, xalqning ko‘p asrlar mobaynida to‘plagan, sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir. Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko‘rgan, eng ezgu tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o‘rganish hamisha oldinda bo‘lib kelgan. Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi borligini ko‘ramiz. Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy kabi atoqli adiblarimiz asarlarida xalq og‘zaki ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz. Ular bolaligini eslashib bobo - buvilaridan ertak, hikoya va rivoyatlar ichida ulg‘ayganliklarini ko‘p bora eslashgan. Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, xalq pedagogikasi namunalari o‘sib voyaga yetayotgan har bir farzand (bola) hayotida muhim o‘ringa ega. Maktabgacha ta’limda bolalarga mashg’ulotlarni zamon ruhi bilan hamnafas olib borish O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi, o‘zbek tiliga e’tiborning kuchayishi ilm-fan sohasida ham katta tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu davrda milliy tilning nozik qirralarini bilish, undan nutq jarayonida unumli foydalanish madaniylik ko‘rinishlaridan biridir. Fan va texnika rivojlangan paytda hayotimizda matbuot, radio va televidenie ishlari tobora kengaymoqdaki, oqibatda adabiy tilga bo‘lgan e’tibor ham kuchaymoqda.
Umuman, hozirgi davr tilini va uning leksik, grammatik hamda stilistik xususiyatlarini chuqurroq bilishni davr talab etmoqda. CHunki tilni bilish dilni bilishga yo‘l ochadi, deb bejizga aytishmagan donishmandlar. Tilni bilish va uning nozik imkoniyatlarini o‘quvchi qalbida joylash o‘qituvchining hayotiy zaruriyatidir.

Download 79,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish