مَا وُزِنَ مِثْلٌ بِمِثْلٍ إِذَا كَانَ نَوْعاً وَاحِداً وَمَا كِيلَ فَمِثْلُ ذَلِكَ فَإِذَا اخْتَلَفَ النَّوْعَانِ فَلاَ بَأْسَ بِه
“Vazniy agar bir turdan bo‘lsa o‘xshashiga o‘xshashi. Kayliy ham huddi shunday. Agar turlari har xil bo‘lsa zarari yo‘q”26.
Hanbaliylar hanafiylarga quyidagi masalalarda ixtilof qilishadi: Ribo fazl har qanday kayliy yoki vazniy narsa o‘z jinsiga juda oz miqdorda sotilganda ham bo‘ladi. Masalan bir dona xurmoni ikki dona xurmoga, tilla va kumushda oqushoqdan27 kam bo‘lganda ham ziyodasi harom bo‘ladi. Suvda va urfda vazniy bo‘lmagan tilla va kumushdan boshqa mis va temir kabi ishlov berilgan narsalarda ziyodasi harom emas.
Ikkichi rivoyat shofi’iylar mazhabiga muovfiq.
Uchunchi rivoyat. Tilla va kumushdan boshqa narsalar kayliy yoki vazniy bo‘lsa illati taomlik. Kayliy yoki vazniy bo‘lmagan narsalarda ribo yo‘q. Bunga olma, anor, shaftoli, tarvuz, behi, nok, bodring, yong‘oq va tuxumlarni misol qilish mumkin. Za’faron, ishqor, temir va qurg‘oshin kabi taom bo‘lmagan narsalarda ham ribo yo‘q. Bu Sa’id ibn Musayyibning gaplari. Unga Rasululloh s.a.v. ning
لا ربا إلا فيما كيل أو وزن مما يؤكل أو يشرب
“Ribo yeyiladigan yoki ichiladigan narsalardan kayliy yoki vazniy narsalarda bo‘ladi”28, degan so‘zlari dalil bo‘ladi.
Jinsi bir yoki boshqa bo‘lishi. Hanbaliylarning mazhabi bu mavzuda shofi’iylarning mazhabiga muovfiq. Chunki ular aytishadiki: “Ikki navga bir ism ishlatilsa ikkisi bir jins bo‘ladi, masalan xurmoning navlari turlicha bo‘lsada, lekin barchasi xurmo jinsi deb e’tibor qilinadi. Ikki narsada navi turlicha bo‘lsada jinsi bir bo‘lsa shari’at ularda ziyodasi haromligiga hukm qiladi. Rasululloh s.a.v. ning التمر بالتمر مثلا بمثل “... xurmoni xurmoga, o‘xshishiga o‘xshashi ... ”, degan so‘zlarida xurmo jinsida barobarlik e’tibor qilinmoqda. So‘ngra:
فَإِذَا اخْتَلَفَتْ هَذِهِ اْلأَصْنَافُ فَبِيعُوا كَيْفَ شِئْتُمْ إِذَا كَانَ يَدًا بِيَدٍ
“Qachon ushbu asnoflar ixtilofli bo‘lsa, agar qo‘lma-qo‘l bo‘lsa, qandoq xohlasangiz sotaveringlar”, dedilar.
Agar aslida turlicha, lekin maxsus ismda sherik bo‘lsa ikki jins deb e’tibor qilinadi. Ya’ni ikki narsaning asli bir bo‘lsa va turli maqsadda foydalansada bir jins bo‘ladi. Bu hanafiylarga xilof. Demak xurmoning barcha turlariga xurmo deb ishlatilgani uchun ularni bir jins deyiladi. Atirgul, binafsha, sunbul va yasmin yog‘lari bir narsadan olingani uchun barchasi bir jins yog‘ hisoblanadi. Un, non, yog‘, go‘sht, saryog‘, pishloq va turli narsalarning sharbatlari bularning barchasi asli boshqa boshqa bo‘lgani uchun turli jinsdir. Bug‘doyning uni va arpaning uni ikki jins. Shuningdek zaytundan olingan yog‘, paxtadan olingan yog‘, urug‘dan olingan yog‘, baliqdan olingan yog‘ turli jins”.
Do'stlaringiz bilan baham: |