Himoyaga ruxsat etildi


Riboning zamonaviy ko‘rinishlari hamda mazhablardagi mushtarak jihatlari



Download 154,67 Kb.
bet16/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

3.2. Riboning zamonaviy ko‘rinishlari hamda mazhablardagi mushtarak jihatlari
Pul. Fiqhiy manbalarda zakotning miqdorini belgilash va shu kabi pul bilan bog‘liq masalalarda tilla va kumushni mezon kilib olinishi ko‘rsatilgan. Chunki ikkisi pul vazifasini bajargan va ribo masalalari ham ularni bir-biriga almashtirish qoidalariga qaratilgan. Hozirda tilla va kumush muomaladan chiqan va ularning vazifasini qog‘oz pullar to‘laligicha bajarmoqda. Shu sababli hozirda ko‘pgina bahs-munozaraga sabab bo‘layotgan qog‘oz pullar masalasini o‘rganib chiqamiz.
“Pul” narsaga ega bo‘lish uchun xaridor tamonidan sarflanadigan narsa".
“Ayn” yoki “mabi’” savdo kelishuvida pulning muqobilida turadigan narsa34
Naqd pullar tizimining rivojlanishi. Ma’lumki, bashariyat hayotining boshlang‘ich bosqichida odamlar narsalarni ayriboshlash yo‘lini tutganlar. Lekin bu mashaqqatli uslub bo‘lib, undan umumiy yo‘l sifatida foydalanish qiyin edi, chunki hamma zamon va makonga to‘g‘ri kelmas edi.
Keyinchalik “naqd savdo mollari nizomi” (Commoditymoney system) deb ataldigan boshqa bir nizom yo‘lga qo‘yildi. Unda odamlar o‘zaro ayriboshlaydigan savdo mollaridan ko‘proq ishlatiladiganini naqd pul sifatida qabul qilishadi. O‘zaro moliyaviy ishlarida shuni o‘rtaga qo‘yishadi. Buning uchun iste’moli ko‘p bo‘lgan savdo mollaridan ba’zilarini tanlab olishadi. Savdoda pul o‘rniga odamlar ko‘proq ehtiyoj sezadigan mahsulotlar, misol uchun, ozuqa bo‘ladigan don, tuz, teri va shu kabi narsalarning ishlatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Lekin ayriboshlash jarayonida mazkur savdo mollarini ishlatishda ularni ko‘tarib yurish va shu kabi qiyinchiliklar kelib chiqdi. Insoniyat taraqqiy etib, ehtiyojlar ziyoda bo‘lib, ayriboshlash ko‘payganidan keyin, odamlar ko‘tarib yurish oson bo‘ladigan biron narsani tanlab olishga ehtiyoj sezdilar. Shu bilan birga, o‘sha narsa ishonchli bo‘lishi kerak edi.
Uchinchi bosqichda odamlar ayriboshlashda qiymat sifatida tilla va kumushni iste’mol qila boshladilar. Chunki tilla va kumush aslida qiymatga ega narsalar bo‘lib, ulardan zebu ziynat va idish-tovoqlar yasalar edi. Shu bilan birga, uni ko‘tarib yurish va saqlab qo‘yish oson edi. Ushbu ikki ma’dan keyinchalik qiymat o‘lchoviga aylandi va odamlar hamma yurtlarda shunga suyanadigan bo‘lishdi. Ushbu pul nizomi “ma’daniy pullar nizomi” (Metalic Money System) deb ataladi. Vaqt o‘tishi bilan bu nizomga ko‘p o‘zgartirishlar kiritildi35.
Albatta, qog‘oz pullar bir xil holatni boshdan kechirmagan, balki bir necha bosqichlardan o‘tgan. Shak-shubha yo‘qki, qog‘oz pullar bir paytlar dayn – birovning zimmasidagi moliyaviy majburiyatning hujjati sifatida ishlatilgan. Shuning uchun ham ko‘p ulamolar qog‘oz pullarni qarzning fakturasi deb qabul qilishgan. Ularni mol deb tushunishmagan. Alloma Sayyid Ahmadbek Husayniy o‘zining "Bahja al-mushtoq fi bayon hukm zakot al-avroq" kitobida quyidagilarni yozadi:
"Shuning uchun agar "banknot" so‘zining mohiyatini bahs qiladigan bo‘lsak, uni fransuzcha istilohda, fransuz tilidagi eng keng va mashhur Larus (Larousse) qomusida bank varaqalariga quyidagicha ta’rif berilgan: "Bank varag‘i pul birligi bo‘lib, uni ko‘tarib yurgan odam birovga uzatsa, qiymati tillada berilishi kerak va odamlar ma’dan pul orqali qanday muomala qilsalar, o‘sha varaq bilan ham shunday muomala yuritadilar. Faqat farq shundaki, odamlar ishonishlari uchun varaqning kafolati bo‘lishi kerak".
“Uni ko‘tarib yurgan odam birovga uzatsa, qiymati tillada berilishi kerak", degan gapdan ma’lum bo‘ladiki, shubhasiz, bu pullar daynning fakturasi hisoblanadi.
“Ma’dan pul orqali qanday muomala qilsalar, o‘sha varaq bilan ham shunday muomala yuritadilar”, degan gapdan “odamlar bu varaqni tilla-kumushning o‘rniga oladilar”, degan ma’no chiqmaydi. Mulohaza shuki, qog‘oz pullarning qiymati uni ko‘tarib kelgan shaxsga to‘lanadi degani, xolos. Chunki qog‘oz pullarning qiymatini to‘lash kafolatga olingan. Demak, qog‘oz pullarning barchasi daynning fakturasi hisoblanadi”.
Shuningdek, Hindistonning ko‘pchilik ulamolari o‘tgan asrda ushbu qog‘oz pullar daynning vasiqalari ekani haqida fatvo chiqarganlar. Uni berish bilan zakot ado bo‘lmaydi. Faqir uni sarf qilsagina zakot ado etilgan bo‘ladi. Mazkur qog‘oz pullar bilan tilla yoki kumush sotib olish ham joiz emas.
Lekin ba’zi ulamolar mazkur qog‘oz pullarni mol deb hisoblashgan va uning urfiy qiymati bor deb bilishgan. Bu to‘g‘rida alloma Ahmad Soatiy rahmatullohi alayhi batafsil so‘z yuritgan. Bu kishi imom Ahmadning mashhur "Musnad" kitobini tartibga solib, sharh qilgan. Mazkur kitobning “Kitob az-zakot” bo‘limida shunday deyiladi:
"Mening haq deb bilishimcha, Allohning dini deb e’tirof qilishimcha, zakotda qog‘oz pulning hukmi xuddi kumush va tillaning hukmidadir. Chunki qog‘oz pulda xuddi ikki naqd – tilla va kumushda muomala qilingandek muomala qilinadi. Ya’ni kishi qog‘oz pulga sotib olingan molni sarf qilishi va o‘zining foydasiga ishlatib, xohlagan vaqtida hojatini bitirishi mumkin. Kimning qog‘oz pullardan nisobga yetgan moli bo‘lsa va bu mol uning huzurida to‘liq bir yil tursa, zakot berishi vojib bo‘ladi"36.
Xuddi shu fikrni hindistonlik boshqa ulamolar ham qo‘llab-quvvatlashgan. “Atr al-hidoya” va “Xulosa at-tafosir”ning muallifi, Abdulhay Laknaviyning shogirdi, ko‘pgina islomiy ilmlarda qalam tebratgan olim, shayx Fath Muhammad Laknaviy shular jumlasidandir. Bu kishining o‘g‘illari muftiy Sa’iyd Ahmad Laknaviy “Atr al-hidoya” kitobining oxirida ustozining fikrlarini sharhlab, shunday deydi:
“Imom Abdulhay Laknaviy ham yuqoridagi fikrga muvofiq fikr bildirgan. U kishi aytgan fikrlarning xulosasi shuki, qog‘oz pullarning ikki jihati bor:
1. Mazkur qog‘oz pullar bilan oldi-sotdi, ijara va boshqa moliyaviy aqdlarda xuddi tilla, kumush yoki qiymatga ega bo‘lgan narsalar kabi muomala qilinadi. Balki davlatlar hamma odamlarni mazkur qog‘oz pullarni qabul qilishga, qarzlarni to‘lashga, xuquqlarni ado etishga majburlagan. Bugungi kunning qonuniga binoan, qarzdor mazkur qog‘oz pullarni qarzini uzish uchun bersa, qarz egasi olmayman, deyishi mumkin emas. Shu jihatdan qaraganda, mazkur qog‘oz pullar urfiy qiymatga egadir.
2. Albatta, qog‘oz pullar hukumat tarafidan chiqarilgan vasiqadir. Agar qog‘oz pul halokatga uchraydigan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini berishni hukumat o‘ziga lozim qilib olgan. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, qog‘oz pullar urfiy tilla va kumush pullarning teskarisi bo‘lib ko‘rinadi. Chunki o‘sha urfiy pullar – tilla va kumush halokatga uchrasa, hukumat to‘lab bermaydi. Qog‘oz pullar daynning sanadiga yoki moliyaviy vasiqalarga o‘xshagan narsadir.
Ikkinchi jihatga chuqurroq nazar soladigan bo‘lsak, bu jihat qog‘oz pullarning qiymatini botil qilmaydi. Chunki hukumat aslida mana shu qog‘oz pullarni urfiy qiymatga ega narsa sifatida chiqarmoqchi bo‘lgan edi. Shuning uchun ham daynlarni ado etish borasida odamlarni ularni qabul qilishga majburlagan. Lekin avvalgi tilla va kumush pullar hamda ramziy pullar moldan iborat edi, ularning e’tiborga olinadigan qiymati bor edi. Tilla va kumush pullar hamda ramziy pullarning mol deb hisoblanishi uchun buni hukumat e’lon qilishiga hojat yo‘q. Ularni ramziy qiymatga aylantirishning ham hojati yo‘q. Chunki ramziy pullar o‘zi gohida tilla, kumushdan, ba’zi vaqtlarda boshqa ma’danlardan, misol uchun, misdan yoki temirdan yasaladi. Qog‘oz pullardan boshqa pul birliklarining hammasi pul bo‘lishidan tashqari o‘zi ham mol hisoblanadi. Agar hukumat bularning pulligini botil qilib, qiymatini yo‘qotsa ham, ma’dan sifatida qiymati turaveradi.
Ammo qog‘oz pullar aslida mol emas. Uning mol bo‘lib, qiymatga ega bo‘lishi hukumatning qarori bilan bo‘lgan. Agar hukumat uning qiymatini bekor qiladigan bo‘lsa, mollik quvvati ham bekor bo‘lib qoladi. Qog‘oz pullarga nisbatan odamlarning ishonchi qolmaydi. Ma’danlardan tayyorlangan qimmatbaho pullarga esa ishonch hech qachon yo‘qolmaydi. Shuning uchun hukumatlar qog‘oz pullar halokatga uchrasa, ularning qiymatini to‘lab berishni o‘ziga lozim qilib olgan. U qimmatbaho bo‘lgani uchun emas, balki hukumat ularni pul deb e’tibor qilgani uchun, qolaversa, odamlarning pulga nisbatan ishonchi yo‘qolmasligi uchun shunday qaror qabul qilgan. Shuning uchun ham qog‘oz pulning qiymati saqlanadi, odamlar u bilan muomala qilaveradi va kishilar o‘rtasida e’tibori yo‘qolmaydi.
O‘sha qog‘oz pullarning vasiqa bo‘lishi uning qiymatini botil qilmaydi. Chunki qog‘oz pullar o‘z qiymatining hukumat tomonidan ado etilishini bildirib turadi. Biroq bu kafolat odamlar o‘rtasidagi muomalaga ta’sir etmaydi. Agar hukumat ana shu pullarni urfiy qiymatga aylantirishni istamaganida, odamlarni uni qabul qilasan, deb majbur qilmas edi. Mana shu jihatdan qog‘oz pullar ishonchga sazovor bo‘lgan, balki boshqa qimmatbaho narsalarga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra qog‘oz pullarga bo‘lgan ishonch yuqori bo‘lib ketgan. Chunki boshqa qimmatbaho narsalar halokatga uchrasa, hukumat ularning o‘rniga hech narsa bermaydi. Lekin qog‘oz pullar hatto yirtilib qolsa ham, hukumat uni almashtirib beradi"37.
Muhammad Taqiy al-Usmoniy: "Agar biz ushbu ikki fikr o‘rtasida hukm chiqaradigan bo‘lsak, men o‘ylaymanki, ikkala fikr ham o‘z zamonasiga nisbatan to‘g‘ri hisoblanadi. Yuqorida pullarning tarixiga nazar solib, qog‘oz pullar bizning zamonimizga qadar qancha o‘zgarishlarni boshidan kechirganligini aytib o‘tdik. Hech shak-shubha yo‘qki, qog‘oz pullar o‘zining ilk bosqichida qarzlarning sanadi bo‘lgan", deydilar38.
Britaniya ensiklopediyasida quyidagilar yozilgan:
“Albatta, banknot dunyoda bank cheklaridan oldin paydo bo‘lgan narsadir. Uni qarz beruvchi huzuridagi sanad deb e’tibor qilish, ya’ni bankda haqqi bor odamning qo‘lidagi hujjati deyish mumkin. Albatta, ushbu qog‘ozning haqqi bir odamdan ikkinchi odamga ko‘chib o‘tadi. Agar banknotning egasi uni boshqaga bersa, mazkur varaqni ko‘tarib yuruvchi odam bankdan haqdor bo‘lib turadi. Shuning uchun moliyaviy haqlarni ushbu varaqlar bilan ado etish xuddi bu haqlarni tilla va kumush bilan ado etishga o‘xshaydi. Albatta, katta mablag‘ni quyilgan tilla yoki kumush bilan ado etish juda qiyin. Uni sanash kerak, naqd berish kerak va uni ko‘tarib borish kerak. Qog‘oz pullarni ishlatish esa mashaqqatni yengillashtiradi”39.
Lekin ushbu pullarning rivojlanib borishiga nazar soladigan bo‘lsak, hozirda ham, kelajak zamonlarda ham bir holatda qolmasligini ko‘ramiz. Mazkur qog‘oz pullar o‘zining dastlabki bosqichida birovning shaxsiy maktubidan (fakturadan), ya’ni zargar yoki sarrof yozib bergan ishonch qog‘ozidan iborat bo‘lgan. Uning boshqa hech qanday rasmiylik sifati ham, uni chiqaradigan ma’lum bir muassasa ham bo‘lmagan. Biror kishi odamlarni uni qabul qilishga majbur ham qilmagan.
Lekin qog‘oz pullar keng tarqalib ketganidan keyin hukumat uni qonuniy pulga aylantirib qo‘ygan. Shaxsiy banklarga qog‘oz pullar chiqarishni man qilgan. Shunday qilib, uning moliyaviy vasiqa sifatidagi haqiqati boshqa tarafga o‘zgarib qolgan. Buhus fi qazoya fiqhiyya muosira kitobida aytilishicha ular quyidagi jihatlardan iborat:
1. Qog‘oz pullar qonuniy valyutaga aylandi. Odamlar urfiy qimmatbaho narsalarni qabul qilishga majbur bo‘lganlaridek, qog‘oz pullarni ham qabul qilishga majbur qilindilar. Shu bilan birga boshqa moliyaviy hujjat va qog‘ozlarni qabul qilishga hech kim majbur qilinmaydi. Daynni ado etish vaqtida hech kim “shuni olasan” deb ayta olmaydi. Misol uchun, banklardagi cheklarni olib ko‘raylik. Ular hozir taomilda bor, lekin hech kim biror kishiga “Shu chekni olasan, bo‘lmasa haqqingni bermayman”, deya olmaydi.
2. Qog‘oz pullar qonuniy valyutaga aylandi va chegaralanmadi. Boshqa ma’daniy ramziy pullar esa qonuniy pul hisoblansa ham, chegaralangandir. Qog‘oz pullar bilan daynni ado qilish mumkin va dayn qancha miqdorda bo‘lishining farqi yo‘q. Qarz egasi undan biror narsani qabul qilmayman, deb bosh torta olmaydi, hammasini olaveradi. Lekin tanga pullarga keladigan bo‘lsak, agar katta mablag‘da bo‘lsa, qarz egasi uni olmayman, deyishga haqqi bor. Bu esa shunga dalolat qiladiki, qog‘oz pullar shu ma’noda tanga pullardan yuqori turadi. Ular bilan muomala qilish keng tarqalgan, odamlar shunga suyangan va ularning qonuniy sifati ham yuqori turadi.
3. Dayn vasiqasini har bir odam yozishi mumkin. Bunda qonuniy man qiladigan omil yo‘q, uni shariat ham man qilmaydi. Qarzdor o‘zida haqqi bor kishiga vasiqa yozib, men qarzdorman, desa, hujjat bo‘laveradi. Uni olgan odamga iste’mol qilishida ham mone’lik yo‘q. Lekin qog‘oz pullarni faqat rasmiy tarafgina chiqaradi, ularni chiqarishga hammaning ham qudrati yetmaydi. Tanga pullarning hukmi ham shunday. Shuning uchun qog‘oz pulni daynning sanadi deyish mumkin bo‘lmaydi.
4. Qog‘oz pullarga nisbatan "naqd pul", "valyuta" va "qiymat" degan so‘zlar ishlatiladi. Bu hamma davlatlarda urfda ham, qonunda ham e’tirof qilingan narsa. Lekin ushbu lafzlarning hech biri boshqa vasiqalardan birontasiga o‘tmaydi.
5. Odamlar qog‘oz pullar bilan xuddi ma’daniy (tilla-kumush) pullar bilan muomala qilgandek muomala qiladilar. Qog‘oz pullarni ishlatayotgan paytda "Men daynning vasiqasini ishlatyapman" degan gap biror kishining xayoliga ham kelmaydi.
Bugungi kunda qog‘oz pullarni berib turib, evaziga tilla yoki kumush olaman, deb tama’ qiladigan biror odam yo‘q.
6. Qog‘oz pullarning rivojlanish jarayoni haqida so‘z yuritilganda aytib o‘tilganidek, hozirgi kunda qog‘oz pullarning ortida na tilla va na kumush qolgani yo‘q. Ularni hattoki xalqaro aloqalarda ham tillaga aylantirib bo‘lmaydi"40, deydilar.
Xulosa o‘rnida tilla va kumushning qog‘oz pul bilan munosabati haqida islom fiqhi akademiyasi tomonidan maxsus qarorning mazmun mohiyatini taqdim qilamiz.
Islom fiqhi akademiyasi qog‘oz pullar va uning shar’iy jihatdan hukmlari mavzusida taqdim qilingan bahsni o‘rganib chiqdi. A’zolar orasida muhokama qilingandan keyin quyidagilarga qaror qilindi:
Birinchi: aslida pul tilla va kumushdir. Hanafiylarda ikkalasida riboning yuzaga kelish illati vazn va jinsiyat bo‘lsa, shofi’iylarda pullik hisoblanadi. Pullik tilla va kumushda asl bo‘lsada, lekin faqihlar fikricha u ikkisi bilan cheklanmaydi. Qog‘oz pullar pullar (saman) sirasiga kiritilib, muomalada tilla va kumush maqomiga qo‘yilgan. Hozirgi kunda tilla va kumush asosida muomala qilish deyarli yo‘q bo‘lib ketgani uchun hamma narsa qog‘oz pullar bilan baholanmoqda. Birinchi qarordan kelib chiqib Islom fiqhi akademiyasi quyidagiga hukm qiladi:
Qog‘oz pullar o‘zi alohida pul hisoblanib, hukm jihatdan tilla va kumush qatorida turadi. Demak, unda zakot vojib bo‘ladi. Shuningdek, Tilla va kumushga qiyos qilinib, qog‘oz pullarda pullik e’tiborga olinishi sababli tilla va kumushda riboning ikki turi, ya’ni fazl va nasiya turlari yuzaga kelganidek, qog‘oz pullarda ham fazl ribosi va nasiya ribosi yuzaga keladi. Shunday qilib, shariat pullarda farz qilgan barcha vazifalarda qog‘oz pullar uning hukmlarini oladi.
Ikkinsi: tilla, kumush va boshqa pullarda pullik mavjud bo‘lganidek, qog‘oz pullar ham pul hisoblanadi. Shuningdek, qog‘oz pullar turli davdatlarda ishlab chiqarilganligi sababli hammasi har xil jinsda deb e’tiborga olinadi. Ya’ni, O‘zbekiston qog‘oz pullari bir jins bo‘lsa, Amerika qog‘oz pullari boshqa jinsdir. Demak, har bir qog‘oz pul alohida bir jins hisoblanib, tilla, kumush va boshqa pullarda bo‘lgani kabi unda ham ribonnig ikki turi, ya’ni fazl va nasiya ribolari yuzaga keladi. Demak:
a) Qog‘oz pullarni o‘zining jinsdagisiga yoki boshqa jinsdan bo‘lgan tilla, kumush yoki boshqa pullar kabilarga nasiya tarzda sotish mutlaqo mumkin emas. Masalan, o‘zbek so‘mini amerika dollariga birini ikkinchisidan ziyoda qilib nasiya sotish joiz emas.
b) Bir jinsdagi qog‘oz pulni birini ikkinchisidan ziyoda qilib, xoh nasiya bo‘lsin, xoh naqd bo‘lsin bir-biriga ayriboshlash mumkin emas. Masalan, o‘n ming so‘mni o‘n bir ming so‘mga nasiya yoki naqd sotish mumkin emas.
v) Qog‘oz pullarni boshqa jinsdagi pullarga sotish agar u naqd bo‘lsa, mutlaqo joiz. Masalan, Amerika bir dollorini bir ming sakkiz yuz so‘mga naqd ayriboshlasa joiz. Saudiyaning kumush riyolini qog‘oz pul bo‘lgan uch riyoliga yoki undan kam yo ko‘piga naqd shaklda sotish mumkin. Chunki, bu bir jinsni boshqa jinsga sotishdir. Mohiyati va haqiqati har xil bo‘lib, faqat nomdagina mushtaraklik mavjud bo‘lib, bunnig ta’siri yo‘q.
Uchinchi: qog‘oz pullarning qiymati tilla yo kumush nisobining eng oziga yetsa yoki boshqa pullar va tijorat maqsadida tayyorlangan tovarlar bilan qo‘shilib nisobi to‘liq bo‘lsa, undan zakot vojib bo‘ladi.
To‘rtinchi: qog‘oz pullarni salam bayi va sherikchiliklarda dastmoya qilish joiz41.
Doktor Vahba az-Zuhayliy aytadilar: “Tanga va hozirgi qog‘oz pullar narsalarning puli bo‘la olgani uchun ham ularda ribo bor, deb o‘ylayman. Bu hanafiylar mazhabiga muvofiq” 42.
Demak, o‘rganib chiqqan ma’lumotlarimizni qiyosiy tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, ko‘p faqihlar qog‘oz pullarni tilla va kumush o‘rniga o‘tib to‘laligicha ularning hukmida bo‘lishini aytishgan. Chunki, yuqorida aytib o‘tilganidek tilla va kumush pul bo‘lib shakillanishidan oldin insonlar ko‘proq muomalada bo‘lgan narsalar pul vazifasini bajarib kelgan. Bunga qo‘shimcha qilib qog‘oz pullar hozirda narsalarni sotib olish vazifasini to‘liq bajarmoqda. Shu sababdan qog‘oz pullar tilla va kumushning o‘rnida bo‘lib, ularning hukmi qog‘oz pullarda ham joriy bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisod sohasida ko‘plab ishlar qilingan va yangiliklar taqdim qilinmoqda. Fiqhiy asarlarning barchasida savdo boblariga alohida o‘rin ajratilgan. Xususan, keyingi asrlarda moliyaviy muomalalarga bag‘ishlangan alohida adabiyotlar keng tarqalmoqda. Ulardagi asosiy sahifalarni esa riboga bag‘ishlangan boblar band qilib kelmoqda. Chunki savdoni buzuvchi omillar asosini ribo orqali sodir bo‘ladigan kelishuvlar tashkil etadi.
Bitiruv-malakaviy ishini qilish davomida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1. Zohiriylar riboni hadisda kelgan narsalarga qaydlashgan. Abu Hanifa va imom Ahmad (zohiriy mazhablarida) r.a. larning mazhablarida o‘z jinsiga sotilgan har qanday kayliy va vazniy narsalarda ziyodasi harom bo‘ladi. Shofiiy va Ahmad (bir rivoyatda) r.a.lar narsa kayliy va vazniy bo‘lmasa ham pul yoki taomga xoslashadi. Imom Molik ozuqa va ozuqa o‘rniga o‘tuvchi narsalar bilan xoslaganlar.
Demak kayl, vazn, pul va taomdan boshqa narsalarda ziyoda qilib sotish mumkin, ularda ribo yo‘q. Chunki, insonlar u narsalarga ko‘p ehtiyoj sezmaydi va foyda olish katta zarar qilmaydi.

Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish